25
2.
Nomidan ma’lumki, yassi chuvalchanglarning ko’pchiligini gavdasi elka-
qorin
tomonga qarab yassilangan, uzun tasmasimon yoki bargsimon
ko’rinishda bo’ladi.
3.
Yassi chuvalchanglarda tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Organlar orasidagi
bo’shliqlarni parenxima hujayralari to’ldirib turadi.
SHuning uchun ham
ularni bo’shliqsiz parenximali hayvonlar ham deyiladi.
4.
Yassi chuvalchanglarning ovqat xazm qilish organlari faqat ikki bo’limdan
iborat, ya’ni ko’pincha tomoq deb ataladigan oldingi ichakdan hamda
endodermadan xosil bo’lgan ko’pincha shoxlanadigan va uchlari berk o’rta
ichakdan iborat. Ularda orqa ichak va chiqaruv teshigi bo’lmaydi.
Tasmasimon chuvalchanglarda esa ovqat xazm qilish sistemasi butunlay
reduksiyalangan.
5.
Yassi chuvalchanglarda bo’shliqichlilarda bo’lmagan
yangi organ-ayiruv
organlar sistemasi paydo bo’lgan.
6.
Ayiruv organlari sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan. Bu sistema
murakkab shoxlangan naylardan iborat bo’lib, nay bitta amyobasimon yoki
yulduzsimon hujayradan boshlanadi. SHuning uchun uni bitta hujayradan
boshlanadigan, ya’ni protonefridiy sistemasi deb ataladi.
7.
Tana qoplami erkin yashovchilarida
kiprikli epiteliy hisoblansa, parazitlik
qilib yashaydiganlarida yadrosiz qavatli botiq epiteliy bilan qoplanadi.
8.
qon aylanish va nafas olish organlari yo’q.
9.
Parazit turlarida odatda tanasining oldingi yoki orqa qismida yopishuvchi
organlari: ilmoqli so’rg’ichlari, klapanlari va so’ruvchi o’simtalari bo’ladi.
10.
Nerv sistemasi bir juft bosh miya nerv tugunidan (gangliyadan) va tananing
ikki yon tomoni bo’ylab ketuvchi 2 ta nerv ustunlaridan iborat. Erkin xolda
yashovchilarida muvozanat organi, ko’zchalari kabi sezuvchi organlari ham
rivojlangan.
11.
Yassi chuvalchanglar asosan germafrodit hayvonlar bo’lib,
jinsiy organlar
sistemasi murakkab tuzilgan. SHuni ham aytib o’tish kerak-ki, yassi
chuvalchanglar tipining so’rg’ichlilar, ya’ni trematodalar
sinfiga kiruvchi
ayrim vakillari ayrim jinsli (shistosomalar) hisoblanadi.
Umuman, yassi chuvalchanglar tipiga kiruvchi hayvonlar o’rtasida dengiz va
chuchuk suv xavzalarida erkin hayot kechiruvchi kiprikli chuvalchanglar yoki
turbellariyalar bilan bir qatorda turli hayvonlar va odamlarning
har xil organlarida
parazitlik qiluvchi juda ko’plab turlari mavjud.
Parazitlik bilan hayot kechiradigan yassi chuvalchanglar tuzilishi va
biologiyasida bu hayvonlarning yashash sharoiti ta’sirida vujudga kelgan juda ko’p
o’ziga xos xususiyatlari bor. Ularning ayrimlarining rivojlanish sikli ancha murakkab
kechadi.
Yassi chuvalchanglar tipi o’z navbatida 5 ta sinfga bo’linadi: 1.Kiprikli
chuvalchanglar
yoki
turbellariyalar
(Turbellaria)
sinfi.
2.Monogeniyalar
(Monogenoidea) sinfi. 3.So’rg’ichlilar yoki trematodalar (Trematoda) sinfi.
4.Tasmasimon chuvalchanglar yoki sestodalar (Cestoda) sinfi. 5.Sestodasimonlar
(Cestodaria) sinfi.
26
Kiprikli chuvalchanglar sinfi vakillari erkin xolda dengizlarda,
chuchuk
suvlarda va tuproqda yashaydi. Ularning barchasi yirtqichlar bo’lib, bir hujayrali
hayvonlar, chuvalchanglar, mayda qisqichbaqasimonlar
va xasharotlar bilan
oziqlanadi.
Dostları ilə paylaş: