P a r a z I t o L o g I ya


partenogenetik yo’l bilan ko’payish xususiyatiga ham ega. Mirasidiy gavdasining



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован


partenogenetik yo’l bilan ko’payish xususiyatiga ham ega. Mirasidiy gavdasining 
oldingi uchi biroz kengaygan, orqa qismi esa toraygan. Oldingi uchida harakatchan 
muskulli xartumi bo’lib, uning yordamida oraliq xo’jayini (ko’pincha mollyuskalar) 
to’qimasini teshib ichkariga kiradi. Ko’pchilik mirasidiylarda bir juft maxsus 
ko’zchalari, nerv gangliyasi va juda sodda tuzilgan 2 ta protonefridial ayiruv 
organlari bo’ladi. Mirasidiy gavdasining ikkinchi yarmida har xil kattalikdagi 
embrion hujayralar joylashgan, ya’ni mirasidiylar partenogenetik usulda rivojlanadi 
va keyin ulardan yangi avlod lichinkalar chiqadi. Mirasidiylar o’zlarining keyingi 
rivojlanishi uchun albatta oraliq xo’jayin ichiga kirishi kerak. Bir gurux 
trematodalarda mirasidiylar umuman tuxumdan tashqariga chiqmaydi. Bunda 
mollyuskalar mirasidiylari bor tuxumlarni eyishi bilan ularni o’zlariga yuqtiradi. 
Mirasidiylar 
suvda 
kipriklari 
yordamida 
harakat 
qiladi. 
Umuman, 
trematodalarning rivojlanishi anchagina murakkab, ularning rivojlanishi xo’jayinlar 
va bo’g’inlar gallanishi orqali boradi. Demak, so’rg’ichlilar bitta ba’zan ikkita oraliq 
xo’jayin orqali rivojlanadi. Bunday xollarda ularning birinchi oraliq xo’jayinlari 
albatta suvda va quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Ikkinchi oraliq 
(qo’shimcha) xo’jayinlari har xil xasharotlar (chumolilar), ularning lichinkalari 
(ninachi lichinkalari), baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning vakillari 
bo’lishi mumkin. So’rg’ichlilarning asosiy xo’jayinlari esa har xil turdagi 
sutemizuvchilar, qushlar va boshqa umurtqali hayvonlar hamda odamlar hisoblanadi. 
Trematodalarning rivojlanishini oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) misolida 
ko’rib chiqamiz. Jigar qurti, odatda, mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa 
hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Jigar 
qurtlarining uzunligi 2-7,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Jigar qurti biogel’mint 
hisoblanadi, ya’ni rivojlanishida 2 ta xo’jayin qatnashadi. Bunda rivojlanishining 
boshlang’ich davri o’tishi uchun oraliq xo’jayin, parazitning to’liq rivojlanishi uchun 
esa asosiy xo’jayin bo’lishi kerak. Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli 
mollyuskalardan kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) jigar qurtining 
oraliq xo’jayini, qo’y, echki, qoramol, tuya, ot, cho’chqa, kemiruvchilar va ba’zan 
odamlar parazitning asosiy xo’jayini bo’lib xizmat qiladi. Xozirgi vaqtda fassiolaning 
oraliq xo’jayini bo’lib 18 turga kiruvchi chuchuk suv mollyuskalari hisoblanadi. Jigar 
qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir xafta davomida bir milliontagacha tuxum 
qo’yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo’lganda 17-18 kunda usti mayda 
kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-mirasidiy chiqadi. Mirasidiylar 2-
3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo’jayini-
qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska chig’anog’ini teshadi va 
uning ichiga kiradi. So’ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga o’rnashib, kiprikli ustki 
qavatini tashlab, qopga o’xshash shaklga ega bo’lgan keyingi lichinkalik davri-
sporosistaga aylanadi. Sporosista ichidagi embrion hujayralari partenogenez 
(otalanmasdan) yo’li bilan ko’payib, lichinkaning navbatdagi generasiyasi - 
rediyalarni xosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o’xshash ichagi bo’ladi. Bitta 


29 
sporosistada 10-15 ta rediyalar etiladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska 
tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo’lib, ularda og’iz, shoxlanmagan 
to’g’ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo’ladi. Bunday 
rediyalar sporosista po’stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom 
ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho’ziq shakldagi rediyalar 
ham partenogenetik yo’l bilan ko’payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri - 
serkariylarni xosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi 
tuxum shaklida, 2 ta so’rg’ichi, ya’ni og’iz va qorin so’rg’ichi, 2 shoxchaga bo’lingan 
o’rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar 
boshlang’ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo’ladi. Serkariylar 
ana shu dumi orqali suvda suzadi. Demak, serkariylar ma’lum darajada voyaga etgan 
jigar qurtiga o’xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska 
tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham mirasidiylar singari oziqlanmaydi. Ma’lum 
vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so’ngra yumaloqlanadi, dumi tushib ketadi va 
o’zidan chiqqan po’stga, ya’ni sistaga o’ralib adoleskariy deb ataladigan keyingi 
lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko’pincha 
suv o’tlariga yopishgan xolda suv ostiga cho’kib uzoq vaqt tiriklik xususiyatini 
saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) xolat hisoblanadi. Ular o’t va suv 
orqali asosiy xo’jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga o’tadi. 
Xo’jayini ichagida sistaning qobig’i eriydi, yosh parazit hayvonning ichak 
devorlariga yopishib qon kapilyarlari orqali jigar o’t yo’llariga o’tadi va u erda jinsiy 
voyaga etib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi. 
Ba’zi so’rg’ichlilarda (shistosomatida turkumi vakillarida) adoleskariy xosil 
bo’lmaydi va serkariyning oldingi uchida maxsus moslamasi (xartumi) bo’lib, uning 
yordamida serkariylar asosiy xo’jayini tanasiga kiradi. 2 ta oraliq xo’jayin orqali 
rivojlanadigan so’rg’ichlilarda birinchi oraliq xo’jayini albatta, birorta suv yoki 
quruqlikda yashaydigan mollyuska bo’ladi. Birinchi oraliq xo’jayindan tashqariga 
chiqqan serkariylarning ikkinchi oraliq yoki qo’shimcha xo’jayinga kiruvchilarida 
to’qimani emiruvchi bezlar ancha rivojlangan. Bunday serkariylar ikkinchi oraliq 
xo’jayinlariga (ninachi lichinkalariga, baliqlarga) kirib, bu erda ular adoleskariy 
davriga to’g’ri keladigan lichinka metaserkariyga aylanadi. Bunda asosiy xo’jayin 
metaserkariysi bo’lgan ikkinchi oraliq xo’jayinlarni yutib yuborsa, ular o’zlariga 
metaserkariyni yuqtiradilar. 
SHunday qilib, mirasidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga 
aylanganga qadar 60-90 kun kerak bo’ladi. Partenogenetik yo’li bilan ko’payib, bitta 
mirasidiydan 600-800 tagacha serkariylar etishib chiqadi. Asosiy xo’jayini 
organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga etadi va ular 
asosiy xo’jayinlar organizmida o’rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba’zan esa 10 
yildan ortiq hayot kechiradi. 
Jigar qurti asosan qon va jigar to’qimasi bilan oziqlanib, o’z xo’jayiniga katta 
zarar etkazadi. Bu parazit jigardagi o’t yo’llarida oxak to’planishi va uning berkilishi 
tufayli jigarda og’ir kasallik tug’diradi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik 
fassiolyoz deyiladi. Bu kasallik qo’zg’atuvchilari ko’proq sersuv to’qayzorlarda, 
chuchuk suvlari ko’p bo’lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni 
almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o’zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz 


30 
keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o’z tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumini 
chiqarib turadi. Umuman, fassiolyoz er yuzida keng tarqalgan. Professor 
N.V.Demidovning ma’lumotiga qaraganda MDX mamlakatlarida har yili chorva 
mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo’lishi natijasida 1500-2500 tonna go’sht 
va bir million tonnadan ortiq sut yo’qotiladi. Bu kasallik O’zbekistonda ham keng 
tarqalgan bo’lib, maxsuldor mollarning 35,9-65,5% fassiolyoz bilan kasllangan. 
Respublikamizda fassiolaning 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va 
ulkan jigar qurti (Fasciola gigantica) uchraydi. Odamlar ham fassiolyoz bilan 
kasallanishi mumkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko’zga ko’rinmas 
lichinkalari (adoleskariylari) bor bo’lgan xovuz, ko’l va xalqob suvlarni ichganda 
yoki har xil suv o’tlarini yuvmasdan iste’mol qilganda ularni o’zlariga yuqtiradi. 
Masalan, Fransiyaning Leon shaxri yaqinida 500 dan ortiq kishi fassiolyoz kasalligi 
bilan og’rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o’sadigan krest-
salat o’tini iste’mol qilib, bu kasallikni o’zlariga yuqtirganlar. 
Respublikamizda 1928-1976 yillar mobaynida 40 dan ortiq odamlar fassiolyoz 
bilan og’riganligi qayd qilingan. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og’rimasligi 
uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda 
o’suvchi o’tlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar 
albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim. 
Jigar qurti bilan kasallangan hayvonning ishtaxasi yo’qoladi, ichi ketadi, suti 
kamayadi. Kasal hayvonning qorni, ko’kragi va tomog’i atrofida shishlar paydo 
bo’ladi. Kasallik davolanmasa o’lim bilan tugaydi. 
Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga 
fassiolalarni o’ldiradigan va ularni hayvon tanasidan xaydab chiqaradigan dorilar 
(antgel’mintlar) beriladi. Bunday dorilarga uglerod IV-xlorid, geksaxlor - paraksilol, 
filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B" va boshqalar kiradi. 
Hayvonlarga fassiolyoz yuqtirmaslik uchun avvalo yaylov va suv manbalarida 
jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, fassiola yuqishidan saqlash, 
tezaklarni zararsizlantirish, irrigasiya va meliorasiya tarmoqlarini tartibga solish, 
botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarning 
biotoplarini mis kuporosi (1:5000), dixlosalisilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan 
ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko’rish kerak. 
Trematodalarning keng tarqalgan turlaridan yana biri bu 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin