P a r a z I t o L o g I ya


toksoplazmalar (Toxoplasma gondii)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

toksoplazmalar (Toxoplasma gondii)
va qushlar hamda sutemizuvchilarning 
muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go’sht 
sporalilari avlodlari ham kiradi. 
Tug’ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan xomilaga o’tadi va 
xomilaning nerv sistemasi, ko’zlari va boshqa a’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki 
o’lik yoxud mayib-majrux bo’lib tug’iladi. Toksoplazmada tirik tug’ilgan bola aqlan 
va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnevmaniya, 
meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og’ir kasalliklar kuzatiladi. 
Orttirilgan o’tkir toksoplazmoz esa terlamaga o’xshash kechib, bemor isitmalaydi, 
tomog’i og’riydi, jigari va talog’i shishadi yoki ko’pincha nerv sistemasi zararlanib, 
boshi og’riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemorning 
gavda harorati uzoq vaqt yuqori bo’ladi, boshi, tomog’i, mushaklari og’riydi, limfa 
tugunlari va jigari shishadi. Mexnat faoliyati susayadi. SHuningdek, bemor 


17 
psixikasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko’zi, yuragi zararlanishi 
mumkin. Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini 
olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, xomilador ayollarni 
tibbiyot ko’rigidan o’tkazish zarur. 
Hayvonlardan - qo’y, echki, cho’chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar, 
parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvonlardan bolasiga sut 
orqali, bir-biriga yaqin bo’lish hamda turli kemiruvchi va xasharotlar orqali o’tadi. 
Kasal hayvonda yo’ldosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy xolsizlanish, organizm 
uvishishi va teri zararlanishi kuzatiladi. 
Toksoplazmalar (Toxoplasma)
urug’iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi. 
Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka 
ichagida murakkab rivojlanish davrlarini o’tib, undan 2 ta sporali oosista - 
sporozoitlar xosil bo’lishi bilan tugaydi. 
Parazitni dastlab 1908 yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda 
aniqlashgan. 
Toksoplazmalarning rivojlanishi xo’jayin almashtirish bilan boradi, ya’ni 
mushuklar parazitning asosiy xo’jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa 
parazitning oraliq xo’jayinlari hisoblanadi. Umumiy po’st bilan o’ralgan merozoitlar 
to’plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar 
so’lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo’ladi.
Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni eganida parazitni 
yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jaroxatlangan joylaridan ham o’tishi mumkin. 
Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo’ldosh orqali ona organizmidan embrionga 
o’tadi. Ayrim xollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. 
Toksoplazmalarning jinsiy ko’payishi faqat mushuklar organizmida o’tadi. 
Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o’zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida 
toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo’lganidek jinsiy ko’payish va 
sporosistalar xosil bo’lishi bilan tugallanadi. 
Toksoplazmalarning rivojlanishida jinssiz ko’payish ustun turadi.
Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo’zg’atadi. 
Toksoplazmalar odamga ovqat maxsulotlari (go’sht, sut, tuxum) va kasal uy 
hayvonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o’tib, meda - ichak yo’llariga 
tushadi. Parazitlar ichak devorlarini teshib limfa va qon tomirlari orqali turli organlar 
(bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, mushak va bosh.) hujayralari 
sitoplazmasida rivojlanib, to’qimalarni yallig’lantiradi. 
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko’rsatadi. Ayrim hayvonlar 
kasallikka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli xalok bo’lishi mumkin. 
Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, 
mushuklar katta o’rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv 
sistemasi va ko’zning shikastlanishiga sababchi bo’ladi. Odam va boshqa 
sutemizuvchilar embrioni ona qornida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib 
ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og’ir jaroxatlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin