13
qaraganda o’t pufagida ham yashashi mumkin. Ammo, sun’iy usulda o’stirilgan
lyambliya o’t suyuqligi pufagida yashamaydi.
Xozirgacha ham lyambliyalarning o’t yo’llarida, o’t pufagida yashashi noaniq.
L.I.Rogova va N.A.Dexqonxo’jaevalarning (1960) ma’lumotlari bo’yicha olib
tashlangan o’t pufaklarida hamda tajriba yo’li bilan zararlangan hayvonlarning o’t
pufagida lyambliyalar topilmagan.
XX asrning 20 yillarida lyamblioz yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda
keng tarqalgan edi. Ko’pchilik shifokorlarning fikri bo’yicha lyambliyalar odamga
o’tishi bilan lyamblioz kasalligini qo’zg’atadi. Ular ichakni, o’t yo’llarini jaroxatlaydi
degan fikr xozir ham bor. Lekin ayrim olimlar lyambliyalarni
shartli ravishdagi
patogen deb hisoblashadi. Chunki parazitlar sog’lom odamlarda ham uchrab turadi,
ularning soni ichakda ko’payib ketgandagina ichak faoliyatini o’zgartiradi. SHu
sababli moddalarning so’rilishi susayadi.
Professor N.A.Dexqonxo’jaeva tabiiy va tajriba yo’li bilan zararlangan
hayvonlarning
ingichka ichagini tekshirib, parazitlarni shilliq parda va shilliq osti
qatlamida hamda ichak tukchalarida topgan. Bunda ichak devorining shilliq pardasi
yallig’langan, ammo yaralar xosil bo’lmagan. SHifokorning
fikriga qaraganda
ichakning shilliq pardasidagi o’zgarishlar darajasi kasallikning muddatiga bog’liq
bo’ladi.
Kasallikning belgilari boshqa ichak kasalliklarining belgilariga o’xshash
bo’ladi. SHuning uchun ham lyambliozga tashxis qo’yishning asosiy ko’rsatkichi
parazitlarni aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12
barmoqli ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo’ladi. Bemorning axlat
surtmalarini yod bilan bo’yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo’qligi
aniqlanadi. Ularning axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va
xaftalab tirik qolishi mumkin. Sog’lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan oziq-
ovqat, ichiladigan suv yoki iflos qo’llar orqali yuqadi. Sistalar xazm yo’liga
tushganidan keyin o’n ikki barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur.
Buning uchun meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish,
suvni qaynatib ichish,
pishirilgan ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga
qarshi kurashish, ovqatdan oldin va xojatdan keyin qo’lni yuvish, parazit
tashuvchilarni,
ayniqsa,
oziq-ovqat
korxonalarida,
bolalar
bog’chalarida
ishlaydiganlarni o’z
vaqitda aniqlab, davolash, xojatxonalarni dorilab turish kabi
ishlarni amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: