P a r a z I t o L o g I ya


- mavzu. Parazit bir hujayrali hayvonlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
parazitolog ma\'ruza-конвертирован

2- mavzu. Parazit bir hujayrali hayvonlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar. 
Mavzu rejasi: 
1.
Odam va maxsuldor hayvonlarda parazitlik qiluvchi bir hujayralilar, ularning 
tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi va tasnifi. 
2.
Parazit bir hujayrali hayvonlarning qo’zg’atadigan kasalliklari. 
3.
Bir hujayrali hayvonlar qo’zg’atadigan kasalliklarning oldini olish choralari. 
Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa
) kichik olamiga 31 mingdan ortiq tur 
kiradi. Ko’pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim 
turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o’simliklar, hayvonlar hamda odam 
organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali 
hayvonlar nomidan ko’rinib turganidek morfologik jixatdan tanasi bitta hujayradan 
tashkil topgan bo’lsada, lekin fiziologik jixatdan mustaqil individlar bo’lib, aloxida 
xolda ko’p hujayrali hayvonlarga o’xshab, butun organizmga tegishli barcha 
vazifalarni o’zi bajaradi. 
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o’z navbatida 5 ta tipga bo’linadi. 1. 
Sarkomastigoforalar 
(Sarcomastigophora). 
2.Sporalilar 
(Sporozoa). 
3. 
Mikcosporidiyalar 
(Micsosporidia). 
4.Mikrosporidiyalar 
(Microsporidia). 
5. 
Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, mikcosporidiyalar va mikrosporidiyalar 
tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar 
va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar asosan erkin xolda hayot 
kechiradi. Lekin ularning orasida ham maxsuldor hayvonlar va odamda parazitlik 
qilib og’ir kasalliklar va xatto o’limga olib keladigan turlari bor. 
Sarkomastigoforalar tipiga 18 mingdan ortiq tur kirib, sarkodalilar va 
xivchinlilar sinflariga bo’linadi.
SARKODALILAR (SARCODINA)
sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit 
xolda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir. 
Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik 
qiladi. Ular orasida ichburug’ (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) 
odamlarning yo’g’on ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya’ni qonli ichburug’ bilan 
og’rishga sabab bo’ladi. Umuman odam organizmida amyobalarining 5 ta turi 
uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblib, asosan yo’g’on va ko’r ichaklardagi 
bakteriyalar hisobiga yashaydi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875 yilda rus shifokori A.F.Lesh 
aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo’lishini isbotlagan. Ichburug’ 
amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng. 
Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari 
bo’ladi. Vegetativ xolatining uch xil shakli aniqlangan: a). Kichik vegetativ shakli; 
b). To’qima shakli; v). Gematofag yoki eritrofag shakli. 
Amyobaning to’qima va eritrofag shakllarini ba’zan yirik vegetativ shakl ham 
deyiladi. Aslida bu ikki shakl o’zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq 



qiladi. Sista odatda yumaloq shaklga ega bo’lib, zich parda - sista qobig’i bilan 
o’ralgan. 
Etilgan sistada 4 ta, etilmaganida 1-2 ta yadro bo’ladi. Mayda vegetativ shakli 
kichkina (15-20 mkm) bo’lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda 
ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazmaga va donachali endoplazmaga bo’linadi. 
Endoplazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning 
yo’g’on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar 
keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya 
amyobasining to’qima shakli (20-25 mkm) odamning yo’g’on ichagi devorlarida 
yashab, yaralar xosil qiladi va ichak devoridagi to’qimalarni emirib, shuning hisobiga 
oziqlanadi. 
To’qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar 
yallig’lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon 
oqadi.
Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, 
eritrositlar bilan fagositoz xolida oziqlanadi. 
Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. 
Chunki u ko’payib to’qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar 
xo’jayini axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli 
bo’lib, xatto, xlorlangan suvda ham xalok bo’lmaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi 
moddalar ta’siriga ham chidamli bo’ladi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta 
yadro bo’ladi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda 
parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta 
mayda vegetativ shakl paydo bo’ladi. So’ngra ular mitoz yo’li bilan bo’linib soni ikki 
xissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli bo’lgan odamlar 
odatda sog’lom bo’lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa 
patogen shakliga, ya’ni to’qima shakliga aylanadi. To’qima shakli o’zidan 
proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar bo’lishiga olib keladi. Yaralardan 
qon oqadi, shu sababli bemorlarning axlatida qon bo’lishi kuzatiladi. Odatda, 
yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - eritrofag 
shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik bo’lib, ko’ndalang o’lchami 20-40 
mkm keladi. yolg’on oyoqlari kalta bo’lib, o’zi esa ancha harakatchan bo’ladi. 
Sitoplazmada ko’pincha eritrositlarni topish mumkin. SHuning uchun u eritrofag yoki 
gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi 
odamning boshqa a’zolariga (jigarga, o’pkaga) ham joylashishi mumkin. Agarda 
amyobaning to’qima shakli xosil qilgan yara qon tomiriga to’g’ri kelib qolsa, u qon 
orqali to’g’ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo’ladi. 
O`pkaning jaroxatlanishi esa jigar absessining o’pkaga diafragma orqali 
o’tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari asosan qorin og’rishi, 
ishtaxaning yo’qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug’ 
amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista 
chiqarishi mumkin.
Kasallikka tashxis qo’yish uchun bemorning najasi konservantga yig’iladi va 
tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A.Turdiev tomonidan taklif etilgan (1971 y.). 
Odamda 4-yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalolat 



beradi. Ichburug’ amyobasi er yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda 
odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10% dan 30% gacha etadi. Ichburug’ 
kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko’p uchraydi. U 
Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O`zbekistonda ham uchraydi.
Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qo’lni yaxshilab yuvish; 
xomligicha eyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlarni yaxshilab yuvish; pishirilgan 
ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash; pashshalarni yo’qotish (chunki ular 
dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi); bemor va sista 
tashuvchilarni aniqlash va davolash; jamoat umumiy ovqatlanish muassasalarida 
sanitariya xolatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va axoli 
o’rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish bo’yicha keng targ’ibot ishlarini 
olib borish kabilar kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin