1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə48/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Ishni bajarish:
1. Mikroskopning kichik va katta obyektivlari yordamida qoramol va cho’chqa solityorlarining tuxumlari, lichinkalari, yosh germafrodit va yetilgan bug’imlarining tuzilishini ko’rish.
2. Formalinda fiksasiyalangan qoramol va cho’chqa solityorlarining strobilasi, go’sht orasida joylashgan finnalarini ko’rish. Rangli jadvallardan foydalanib solityorning hayot siklini sxematik rasmlarini chizish.
3. Amaliyot mashg’ulotida ko’rilgan barcha ma’lumotlarni daftarga xulosa qilib yozib qo’yish.


AMALIY MASHG’ULOT ISHI-11
Mavzu: Nashtarsimon (lansetsimon) va mushuk (sibir) so’rg’ichlilari. Tuzilishi va hayot sikllari xususiyatlari
Ishning maqsadi. Chorva, uy va yovvoyi hayvonlari, shuningdek ba’zan odamda parazitlik qiluvchi, keng tarqalgan nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlilarining tuzilishi va hayot siklining ayrim xususiyatlari hamda ularning asosiy xo’jayinlarda keltirib chiqargan trematodozlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
Kerakli jihozlar. O’quv uslubiy adabiyotlar va ko’rgazmalar, jadvallar, trematodalarning turli bosqichlarini ifodalovchi mikropreparatlar, mikroskoplar, nashtarsimon va mushuk so’rg’ichlisining fiksasiyalangan namunalari va hokazolar.
Umumiy tushunchalar. Nashtarsimon so’rg’ichli - Dicrocoelium lanceatum ko’pgina o’txo’r uy hayvonlari, ba’zan odamning jigari hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Gavda shakli nashtarga o’xshash cho’ziq, 5-15 mm uzunlikda, gavda eni 1,5-3 mm ga teng. Nashtarsimon so’rg’ichlining ichki tuzilishida ham ayrim xususiyatlar mavjud, ya’ni ichagi ikki shoxli, naysimon o’rta ichagi, bir juft urug’doni qorin so’rg’ichining pastki yonida, undan keyin toq tuxumdon joylashgan. Nashtarsimon so’rg’ichli ham jigar qurti singari biogelmint. Hayot sikli ikkita oraliq xo’jayinlar (mollyuska, chumoli) bilan bog’liq. Birinchi oraliq x o’jayinlari quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalardan Helicella, Zebrina, Theba va Fruticicola avlodlarining turlari va ikkinchi oraliq xo’jayinlari Formica va Proformica chumolilar avlodlarini turlari hisoblanadi. Asosiy xo’jayin (qo’y, echki, ot, eshak,cho’chqa, qoramol, quyon kabilar) ning jigar va o’t yo’llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetgan so’rg’ichli tuxumlari tashqi muhitga chiqariladi. Tuxum ichida mirasidiy lichinkasi shakllangan bo’ladi. Bunday mirasidiyli tuxumlar mollyuskalar tomonidan iste’mol qilinganda uning hazm organlarida tuxumdan mirasidiy chiqadi va jigarga o’tib, kipriklarini tashlab sporosistaga aylanadi. Nashtarsimon s o’rg’ichlining hayot siklida rediya lichinkasi shakllanmaydi, balki sporosista ikki marta p o’st tashlab, partenogenetik yo’l bilan ko’payib serkariylarni hosil qiladi. Hosil bo’lgan serkariylar mollyuska o’pkasiga, undan nafas yo’llariga borib, 100-300 tadan g’uj to’plamlarni hosil qilib, tashqi muhitga chiqariladi. Ushbu serkariyli tugunchalarni chumolilar iste’mol qiladi va 1-2 oy davomida ularning tanasida metaserkariylarga aylanadi. Yetilgan metaserkariylar chumolilar tanasidan tashqi muhitga chiqib o’tlarga tushadi. Asosiy xo’jayinlari metaserkariyli chumolini yoki tashqariga chiqarilgan metaserkariyni o’t va suv, sabzavot va mevalar bilan iste’mol qilganda o’ziga yuqtiradi. Asosiy xo’jayin tanasiga tushgan lichinkalar jigar va o’t yo’llariga borib, 1,5-3 oy davomida rivojlanib voyaga yetadi. Asosiy xo’jayin (jigar o’t yo’llari va o’t xaltasi)da 7 yilgacha yashaydi. Nashtarsimon so’rg’ichlisining paydo qilgan kasalligi dikroselioz deb ataladi.Mushuk so’rg’ichlisi - Opisthorchis felineus tuzilish jihatdan nashtarsimon so’rg’ichlisiga o’xshash. O’lchami 8-10 mm, gavda eni 1,2-2 mm. Lekin jinsiy organlarining joylashishi bilan farq qiladi, ya’ni bir juft urug’donlari va bir dona tuxumdoni gavdaning orqa uchiga yaqin joylashgan. Sariqdon lar gavdaning ikki cheti bo’ylab shoxlangan. Jinsiy teshiklari qorin so’rg’ichining old tomonida tashqariga ochiladi. Tuxumlari ancha mayda sarg’ish rangli, ovalsimon, uzunligi 0,026 -0,030 mm, yuqori qutbda qopqoqchasi joylashgan. Hayot sikli, nashtarsimon so’rg’ichlinikiga o’xshash 3 ta xo’jayinda o’tadi. Asosiy xo’jayinlari mushuk, it, tulki, bo’ri, sher, cho’chqa kabilar hamda odam. Asosiy xo’jayinlarining jigari, o’t yo’llari, oshqozon osti bezida parazitlik qiladi. Birinchi oraliq xo’jayini chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskasi –bitiniya (Bithynia leachi), ikkinchi oraliq xo’jayini zog’ora baliq (sazan), tovon baliq (karas), okcha (leщ) va boshqalar. Mushuk so’rg’ichlisining tuxumlari o’t suyuqligi bilan ichakka tushadi. Ichakdan axlat bilan tashqi muhitga chiqariladi. Har xil yo’llar bilan suvga tushgan tuxumlarni mollyuska yutganda, uning tanasida kiprikli mirasidiy chiqib, ichak devorini teshib gavda bo’shlig’iga o’tadi va bir oy davomida sporosistaga aylanib, mollyuskaning jigariga joylashib, ichida rediyalarni hosil qiladi. Rediya ichida esa dumli serkariylar yetiladi. Serkariyalar o’zlari faol harakatlanib mollyuska tanasidan suvga chiqadi va ikkinchi oraliq xo’jayinlari terisiga, jabralariga yopishib, terini teshib -muskullar va biriktiruvchi to’qimalar orasiga joylashib, dumini tashlab, po’stga o’ralib, 5-6 hafta davomida invazion metaserkariy lichinkasiga aylanadi. Metaserkariy bilan zararlangan baliqni iste’mol qilgan asosiy xo’jayinlari parazitni o’ziga yuqtiradi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin