1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#129938
  1   2   3   4   5   6


1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. Oʻzgaruvchilar 
va berilganlar turlari. 
Python dasturlash tili 
 Pythonni oʻrnatish 
 Pythonda dastur kodini yozish 
 Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari 
Python dasturlash tili 
Python - yuqori bosqichli dasturlash tili hisoblanib, tirli xil ilovalarni yaratish 
uchun moʻljallangan. Ya'ni Python dasturlash tili yordamida veb-ilovalar, oʻyin 
ilovalari, oddiy (nastol'niy) dasturlar yaratish hamda berilganlar bazasi bilan ishlash 
mumkin. Ayniqsa Python dasturlash tilining tezlik bilan tarqalishiga uning 
mashinali oʻrgatish va sun'iy intellekt sohalaridagi tadqiqot ishlarida keng 
qoʻllanilishi sabab boʻlgan. 
Python dasturlash tiliga 1991-yil Golland dasturchisi Grido Van Rossu asos 
solgan. Shundan beri ushbu til rivojlanishning ulkan yoʻlini bosib oʻtdi va 2000 yilda 
2.0 versiyasi, 2008 yil esa 3.0 versiyalari chiqarildi. Versiyalar orasidagi 
muddatning uzoqligiga qaramasdan doima versiya ostilari chiqariladi. Shunday 
qilib, ushbu material eng oxirgi 3.9 versiyasi asosida tuzilgan. 
Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
Skriptli til. Dastur kodi skriptlar koʻrinishida boʻladi; 
Turli dasturlash paradigmlarni, xususan ob'ektga yoʻnaltirilgan va funksional 
paradigmlarni oʻzida mujassamlagan; 
Skriptlar bilan ishlash uchun interpretator kerak boʻlib, u skriptni ishga 
tushiradi va bajaradi. 
Portativlik va platformaga bogʻliqmaslik. Kop'yuterda qanday operasion tizim 
- Windows, Mac OS, Linux boʻlishidan qat'iy nazar, ushbu operasion tizimda 
interpretator mavjud boʻlsa, foydalanuvchi tomonidan yozilgan skript kod bajariladi. 
Xotiraning avtomatik boshqarilishi; 
Turlarga dinamik ajratilishi; 
Pythonda dasturning bajarilishi quyidagicha boʻladi: Dastlab mant 
muharririda ushbu dasturlash tili asosida ifodalar ketma-ketligidan iborat skript kod 
yoziladi. Ushbu yozilgan skript kod barajirilish uchun interpretatorga uzatiladi. 
Interpretator skript kodni oraliq baytkodga tarjima qiladi. Keyin virtual mashina 
baytkodni operatsion tizimda bajariladigan instruksiyalar (mashina buyruqlari) 
toʻplamiga oʻtkazadi. 


Pythonda dasturning bajarilishi jarayoni 
Shuni ta'kidlash lozimki, rasman interpretator tomonidan dastlabki kodning 
baytkodga tarjima qilinishi va virtual mashinaning ushbu baytkodni mashina 
buyruqlari toʻplamiga oʻtkazilishi ikkita turli jarayon boʻlsada, ammo amalda ular 
bitta interpretatorning oʻzida birlashtirilgan. 
Python juda oddiy dasturlash tili boʻlib, u ixcham shu bilan bir vaqtda sodda 
va tushinarli sintaksisga ega. Shu sababli Python oʻrganish uchun juda oson til 
sifatida butun dunyoda eng tez tarqalayotgan tillardan biri sifatida e'tirof etiladi. 
Bundan tashqari ushbu tilda hozirgi kunga kelib, turli sohalarga (veb, oʻyin, 
mul'timediya, ilmiy tadqiqot) moʻljallangan katta hajmdagi kutbxonalar majmui 
yaratilgan boʻlib, uning tobora mashhurlashib borishiga sabab boʻlmoqda. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin