1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari


Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#129938
1   2   3   4   5   6
Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari 


Pythonda, boshqa dasturlash tillaridagi kabi oʻzgaruvchilar aniq bir turdagi 
berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Pythonda oʻzgaruvchilar alfavit belgilari 
yoki tag chizigʻi belgisi bilan boshlanishi va tarkibi son, alfavit belgilari, tag chizigʻi 
belgilaridan iborat boʻlishi, ya`ni bir soʻz bilan aytganda identifikator boʻlishi kerak. 
Bundan tashqari oʻzgaruvchi nomi Pythonda ishlatiladigan kalit soʻzlar nomi bilan 
mos tushmasligi shart. Masalan, oʻzgaruvchi nomi and, as, assert, break, class, 
continue, def, del, elif, else, except, False, finally, for, from, global, if, import, in, is, 
lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield kabi 
kalit soʻzlar nomi bilan mos tushishi mumkin emas. 
Masalan, oʻzgaruvchini aniqlash (hosil qilish) quyidagicha amalga oshiriladi: 
Yuqorida a va name oʻzgaruvchilari yaratildi va ularga qiymat berildi. Shuni 
alohida ta`kidlash kerakki, Pythonda oʻzgaruvchini dastlab e`lon qilish degan 
tushuncha mavjud emas (masalan: c++ tilida int a kabi oʻzgaruvchi e`lon qilinadi), 
balki oʻzgaruvchi kiritiladi va unga qiymat beriladi (masalan: a=14). Berilgan 
qiymatga koʻra interpretator oʻzgaruvchining turini aniqlaydi. Pythonda 
oʻzgaruvchilarni nomlashning ikki turi: “camel case” va “underscore notation” 
turlaridan foydalanish tavsiya qilingan. 
“camel case” turida oʻzgaruvchiga nom berilganda, agar oʻzgaruvchi nomi 
alohida soʻzlar birikmasidan tashkil topgan boʻlsa, ikkinchi soʻzdan boshlab har bir 
soʻzning birinchi harfi katta harfda (katta registr) boʻlishi talab qilinadi. Masalan: 
“underscore notation” turida esa soʻzlar orasiga tag chizigʻi “_” belgisi 
qoʻyiladi. Masalan: 
Oʻzgaruvchilar biror bir turdagi berilganlarni saqlaydi. Pythonda bir necha 
xildagi berilganlar turlari mavjud boʻlib, ular odatda toʻrtta guruhga ajratiladi: 
sonlar, ketma-ketliklar, lugʻatlar va toʻplamlar: 
bool (boolean) – True va False mantiqiy qiymatlar uchun; 
int – butun sonlar uchun, butun turdagi songa kompyuter xotirasida 4 bayt joy 
ajratiladi; 
float – suzuvchan nuqtali sonlar (haqiqiy sonlar) uchun, haqiqiy sonlarni 
saqlash uchun kompyuter xotirasidan 8 bayt joy ajratiladi; 
complex – kompleks sonlar uchun; 
str – satrlar uchun, Python 3.x versiyasidan boshlab satrlar bu- Unicode 
kodirovkasidagi belgilar ketma-ketligini ifodalaydi; 
bytes – 0-255 diapazondagi sonlar ketma ketligi uchun 
byte array – baytlar massivi uchun; 
list – roʻyхatlar uchun; 
tuple – kortejlar uchun; 
set – tartiblanmagan unikal ob`ektlar kollektsiyasi uchun; 
frozen set – set singari, faqat u oʻzgartirilishi mumkin emas (immutable); 


dict – lugʻatlar uchun. Har bir element kalit soʻz va qiymat juftligi koʻrinishida 
ifodalaniladi. 
Python –dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Yuqorida 
aytib oʻtilganidek, Pythonda oʻzgaruvchi turi unga yuklangan qiymat orqali 
aniqlanadi. Agarda oʻzgaruvchiga bittalik (‘,’) yoki ikkitalik (“,”) qoʻshtirnoq 
yordamida satr yuklansa, oʻzgaruvchi str turiga ega boʻladi, agarda oʻzgaruvchiga 
butun son yuklansa – int, haqiqiy son yuklansa (masalan: 3.14) yoki eksponentsial 
koʻrinishdagi qiymat yuklansa (masalan: 11e-1) u float turiga ega boʻladi. Masalan: 
Pythonda haqiqiy (float) turidagi oʻzgaruvchilar [-10308 , +10308] oraliqdagi 
sonlar bilan hisoblash ishlarini amalga oshirsa boʻladi, lekin faqat 18 ta raqamlar 
ketma-ketligi koʻrinadi (konsol ekraniga chiqarilganda). Ixtiyoriy katta yoki kichik 
sonlarni oʻzgaruvchidagi ifodasi 18 ta belgidan oshib ketsa, u holda eksponentsial 
orqali yaxlitlab ifodalanadi. 
Shuni ham ta`kidlash kerakki, Pythonda oʻzgaruvchiga yangi qiymat berish 
orqali uning turi oʻzgartirilishi mumkin. Masalan: 
Ushbu dasturda dastlab age =17 ifodasi orqali age oʻzgaruvchisi int turiga ega 
edi. Keyingi age = "oʻn etti" ifoda bilan uning turi str turiga oʻzgartirildi. Bundan 
keyingi jarayonlarda age oʻzgaruvchisi eng ohirgi yuklangan qiymat turiga mos 
boʻladi. 
Oʻzgaruvchilarning turini aniqlashda type() – funksiyasidan foydalaniladi. 
Masalan: 
Konsol ekranidagi natija: 
 


 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin