1. Maruza: Qatlamli foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasining umumiy masalalari. Shaxtaning asosiy parametrlari. Qatlamli konlarni qazib olishning asosiy bosqichlari


Foydali qazilma zahiralarini tasnifi



Yüklə 136,46 Kb.
səhifə2/2
tarix25.09.2023
ölçüsü136,46 Kb.
#148165
1   2
1-MARUZA (1)

1.2. Foydali qazilma zahiralarini tasnifi


Kon maydoni doirasida aniqlangan foydali qazilmalar zahirasining hammasi geologik zahira deyiladi. Xalq xo'jaligi ahamiyatiga bog'liq holda geologik zahiralar ikki guruhga bo'linadi, balansdagi va balansga kiritilmagan, alohida hisob-kitob qilinadigan zahiralar.
Balans zahiralari - bu zahira sanoat konditsiyasini qoniqtiradigan, ya'ni qazib olishda iqtisodiy jihatdan manfaatli hisoblangan zahirasi.
Balansga kiritilmagan (balans tashqarisidagi) zahiralar, bunda foydali birikmalar miqdori kam bo'lib, ruda tanasini qalinligi kichik, ularni qazish sharoiti murakkab, hozirgi davrda qazib olishga yaroqsiz, lekin kelajakda sanoatda o'zlashtirish mumkin bo'lgan ob'ekt deb qaralmog'i kerak.
Balans va balans tashqarisidagi zahiralar belgilangan ruda konditsiyasining miqdori bilan cheklanadi. Bu konditsiya har bir alohida kon yoki geologik va iqtisodiy sharoitlar jihatini bir biriga o'xshash konlar guruhi uchun, tegishli bo'lib davlat organi tomonidan belgilanadi.
Konditsiya boshqa ko'rsatgichlar qatori ruda tarkibida foydali birikmalarining minimal sanoat miqdorini nazarda tutadi, ya'ni shu foydali birikmalarni belgilangan pastki chegarasi bo'lib, shundan past miqdordagi birikmali rudani qazib olish va qayta ishlash iqtisodiy jihatdan samarasizdir (hisoblanadi).
Minimal sanoat miqdorini o'lchash odatda alohida har-bir kon uchun belgilanadi, chunki rudani qazib olish va qayta ishlashga ma'lum miqdorda mablag' sarflanadi va u o'z navbatida konni xarakteriga va geografik sharoitiga bog'liq.
Konditsiyani aniqlash juda murakkab masala bo'lib, uni to'g'ri yechimini belgilash uchun yuqori malakali geologlar, konchilar, rudani boyituvchilar, metallurglar va iqtisod mutaxassislari ishtirokida birgalikda hal qilish kerak.
Balans zahiraga, ajratib olish zarur bo'lgan sanoat zahirasi va loyihada belgilangan rudaning miqdor yo'qotilishi, bu oxirigacha texnik sabablarga ko'ra qazib olinishi rejalanmagan zahiralar kiradi (masalan, muhofazalovchi jinslarda qoldirilgan rudalar).
Sanoat zahirasini qazib olish jarayonida rudaning bir qismi yo'qotiladi, bu yo'qotilishsh ekspluatatsion yo'qotilish deyiladi
Foydali qazilmani qazib olishda rudadan tashqari puch jinslar ham qazib chiqariladi. Ularning bir qismi saralanib rudadan ajratib yer yuzasiga alohida chiqariladi, ya'na boshqa bir qismi qazib olish jarayonida rudaga aralashib ketadi. Yer yuzasiga ruda bilan birga chiqarilayotgan aralashgan puch jinslarga ruda massasi deyiladi. Ruda va puch jinslarni alohida-alohida yer yuzasiga chiqarilgan qismiga "ruda massasi " va puch jinslarni esa kon jinslari deyiladi.





1-rasm. Qazib olingan kon massasidagi zahiraning bog’lanish sxemasi.


Qattiq foydali qazilmalar zahirasi o'rganilgan va razvedka qilinganlik darajasiga qarab A, B, S1 va avvaldagi baholangan S2 kategoriyalarga bo'linadi. Qattiq foydali qazilmalarni bashorat qilingan resurslarini asoslanganlik darajasiga bog'liq holda R1; R2 va R3 kategoriyalarga ham bo'linadi.
A - kategoriyasi - zahirasi razvedka qilingan; o'lchamlari belgilangan; foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan, foydali qazilma ichida joylashgan atrof tog' jinslarining tarhi ajratilgan; tabiiy sharoitda hosil bo'lgan minerallarning turlari aniqlangan; foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan; foydali qazilmaning sanoatga yaroqli turlari ajratilgan va belgilangan; foydali qazilmaning tarhi belgilangan va lahimlar yordamida aniqlangan zahiradir.
B - kategoriyasi- zahiralari razvedka qilingan va to'liq o'rganilgan; foydali qazilma yotqizig'ini asosiy xususiyatlari: joylashishi, shakli va foydali qazilmani tuzilish xarakteri aniqlangan; mineral xomash’yoni sanoat ahamiyati navlari, tabiiy turlari va ularni taqsimlash qonuniyatlari aniqlangan. Foydali qazilma tanasi orasidagi noruda va uning konditsiyasi me'yoriy hujjatda belgilangan miqdordan kam bo'lgan uchastkalarni chegarasi aniq bo'lmagan konning turi; foydali qazilmani asosiy texnologik xususiyati va tabiiy omillari aniqlanib, konni ekspluatatsiya qilishning asosiy shart-sharoitlari aniqlangan. Foydali qazilmalar zahirasining chegarasi razvedka lahimlari o'tishda olingan ma'lumotlar asosida belgilangan bo'ladi.
S1 kategoriyasi - zahiralari razvedka qilingan; foydali qazilmaning o'lchami va shakli belgilangan; foydali qazilmaning texnologik xususiyati sanoatga yaroqli deb baholash uchun yetarli darajada o'rganilgan; foydali qazilmaning tarxi aniqlangan va lahimlar yordamida belgilangan; ularning taqsimlanish qonuniyati aniqlangan; foydali qazilma tanasi, noruda va konditsiyasi past o'lchamdagi uchastkalarning xarakteri va asosiy ruda tanasi asosiga nisbati juda aniq bo'lmagan chegara bilan cheklangan; asosiy texnalogik xususiyatlari va boshqa omillarni, sifatini qo'shimcha aniqlash talab etiladi. Foydali qazilma zahirasini chegaralari razvedka ma'lumotlari asosida aniqlangan bo'lishi kerak.
S2 kategoriyasi - zahiralari oldindan baholangan; foydali qazilmani yotqizilish sharoiti, shakli va uni tarqalish doirasi, tabiiy turi geologik va geofizik ma'lumotlar asosida aniqlangan; foydali qazilmaning xususiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan; foydali qazilmalarni ma'lum nuqtalarini olib, o'xshash konlar uchastkalariga nisbatan aniqlangan; geologik ma'lumotlariga asoslanib foydali qazilmaga yo'l ochish mumkinligi belgilangan; foydali qazilmani sifati birlamchi namuna (proba) va yondosh kondan olingan ma'lumotlar asosida aniqlangan.
Yangi konchilik korxonasini qurish yoki ishlab turgan konni (qazib oluvchi korxonani) qayta qurish ishlarining loyihasini tuzish uchun foydali qazilma konlar zahirasini davlat zahira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan balans zahirasiga ega bo'lgandagina ruxsat etiladi, bunda ham A, B va S kategoriyalar bo'yicha zahira nisbati ma'lum bo'lgan holda.
Zahiralarni kategoriyalar buyicha loyihalash uchun nisbati % hisobiga quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish uchun loyihalashdagi har xil kategoriyadagi zahiralashning nisbati (%)
Jadval-1

Zahiralar kategoriyasi

Metalli va foydali qazilmalar

Ko'mir va yoquvchi slanslar

Geologik tuzilishi bo'yicha murakkab konlar guruhi

Oddiy

Murakkab

Juda murakkab

O’ta murakkab

Oddiy

Murakkab

Juda murakkab

A +B

30

20







50

50




Shu jumladan Ai kam boyimagan

10










20







S1

70

80

80

50

50







S2







20

50




50

100

SHaxta – foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olib, uni bevosita iste’molchilarga yoki boyitish fabrikalariga etkazib berish bilan shug‘ullanuvchi konchilik sanoati korxonasidir.
Boshqacha qilib aytganda, shaxta – bu shaxta maydoni chegaralaridagi foydali qazilmani qazib olishga muljallangan, er yuzida joylashgan inshoatlar va er osti kon lahimlari majmuidir.
SHaxta ishlab chiqarish quvvati, ishlash muddati, shaxta maydonidagi balans va sanoat zahiralari, shaxta maydoning chuziqlik va og‘ishi buyicha ulchamlari bilan tavsiflanadi.
Ma’lum vaqt birligi (sutka, yil) mobaynida qazib olinadigan, tonna(yoki kub metr) larda ulchanadigan foydali qazilma miqdori shaxtaning ishlab chiqarish quvvati deyiladi.
SHaxta maydonida joylashgan foydali qazilma sanoat zahirasini qazib olish davri shaxtaning ishlash yoki faoliyat kursatish muddati deyiladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish quvvati buyicha turli shaxtalar mavjud bulib, ularning yillik quvvati bir necha yuz ming tonnadan boshlab bir necha million tonnani tashkil qiladi. Masalan, «Raspadskaya» shaxtasining (Rossiya) quvvati 7,5 mln. t., «Reyland» shaxtasining (Olmoniya) quvvati 5 mln.t. tashkil qiladi. Uzbekistonda faoliyat kursatayotgan shaxtalar nisbatan kam quvvatli shaxtalar hisoblanadi va ularning yillik ishlab chiqarish quvvati 400-500 ming tonna (Angren 9-shaxta) va 200-250 ming tonnani (SHarg‘un shaxtasi) tashkil qiladi.
Konchilik korxonalari amaliyoti shuni kursatadiki, kon qazish korxonalarining ishlab chiqarish quvvati qancha katta bulsa, uning texnik-iqtisodiy kursatkichlari shuncha yaxshi buladi, ya’ni quvvati katta korxonalarda mehnat unumdorligi yuqori bulib, maxsulot tannarxi nisbatan kichik buladi. Bu esa, uz navbatida korxonaning foydasi, rentabellik darajasi va boshqa ishlab chiqarish kursatkichlarini oshishiga ijobiy ta’sir etadi. SHunga kura, MDX mamlakatlarida shaxtalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 0,6-1,2 mln. t. dan tortib 3,6-4,5 mln. t. bulishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi va tavsiya etiladi.. SHuningdek, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bulgan shaxtalarning ishlash muddati 40-50 yildan kam bulmasligi talab etiladi. SHaxtalarni loyihalashda ularning tuliq va hisobiy ishlash muddatlari aniqlanadi.
SHaxtalarning hisobiy ishlash muddati shaxta maydonidagi sanoat zahirasini ( ) shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga ( ) nisbati orqali aniqlanadi.
yil
SHaxtaning tuliq ishlash muddati ni aniqlash uchun hisobiy ishlash muddati ga shaxtaning loyihaviy quvvatiga erishish muddati va shaxtaning sunish (tugatish) muddati qushiladi.
, yil
va larning qiymatlari shaxtaning ishlab chiqarish yillik quvvatiga nisbatan aniqlanadi. Konchilik sanoati korxonalari amaliyotida asosan: yil, yil
Katta maydonda joylashgan konlarni alohida konchilik korxonalari tomonidan qazib olish uchun uni bir necha qismlarga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Katlamli konlar xaqida umumiy ma’lumotlar, kumir sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi urni .


Energiya bilan ta’minlanish muammosi doimo insoniyatning nazarida bulib, har bir tarixiy davrda uning uziga xos masalalari namoyon bulib kelmoqda.
XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda kumir (65%), utin (16%), usimlik va hayvonot chiqindilari (16%) ishlatilgan. YOqilg‘i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni tashkil qilgan. Tabiiy gaz umuman ishlatilmagan.
XX asrning 30-nchi yillariga kelib energobalansdagi kumirning ulushi kamayib (55%), neftning ulushi kupaydi (15%) va yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960-1980 yillar) yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energobalans strukturasi keskin uzgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta kupaydi, qattiq yoqilg‘ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi. Bu davrda barcha turdagi yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t. shartli yoqilg‘ini tashkil qildi.
Keyingi yillarda jahon miqyosida kumirdan foydalanish, umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq usib bormoqda. 1980 yillarda umuman energiyadan foydalanish (1970 yilga nisbatan) 17% ga kupaygan bulsa, kumirdan foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi kumir va neftning ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi buyicha) bir-biriga tenglashib qolgan (4.1 - jadval).

4.1-jadval





YOqilgi-energetika resurslarining turi

YOqilgi-energetika resurslaridan foydalanish va ularning ulushi

1980 yil

2000 yil

mln. tonna shartli yoqilg‘i

%

mln. tonna shartli yoqilg‘i

%

Neft

3915

37,8

5000

29,4

Gaz

2169

20,9

2750

16,2

Kumir

3016

29,1

4800

28,2

YAdro yoqilg‘isi

270

2,6

3000

17,6

Gidroresurslar

690

6,7

750

4,4

Har xil yoqilg‘ilar

298

2,9

300

1,8

YAngi turdagi yoqilg‘ilar (tabiiy issiqlik manbalari)

-

-

400

2,4

Jami

10358

100

17000

100

Kelajakda qattiq yoqilg‘i (kumir, yonuvchi slanetslar, torf) konlarini qazib chiqarishni kupaytirib borish kuzda tutiladi. CHunki ular dunyo miqyosida zahiralari hajmi buyicha 90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda ularning yonish issiqligini hisobga olinadigan bulsa, u holda qattiq yoqilg‘ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26%ni tashkil qiladi.Hozirgi vaqtda er bag‘rida topilgan kumir basseynlari va konlarining soni 3600 dan kuproqni tashkil qiladi. Ulardan ettita basseyn gigant-basseyn hisoblanadi va ularning har birining geologik zahirasi 500 mlrd. tonnadan kuproqni tashkil qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: Lensk, Tungusk, Taymirsk, Konsko-Achinsk, Kuznetsk (Rossiya), Alma-Amazonka (Braziliya), Apalchansk (AQSH). Turtta basseyn - Nijnereynsko-Vestfalsk (GFR), Donetsk (Ukraina), Pechersk (Rossiya), Illinoysk (AQSH) basseynlarining zahiralari 200-500 mlrd. tonnani tashkil qiladi. 210 ga yaqin basseyn va konlar har birining zahiralari 0,5-200 mld. tonnani tashkil qiladi. Qolgan barcha kumir basseyn va konlarining zahiralari 0,5 mlrd. tonnadan oshmaydi.


Hozirgi vaqtda qit’alar buyicha 600 metrgacha chuqurlikdagi hisoblangan kumir zahiralari quyidagi jadvalda keltirilgan (4.2-jadval).
Qit’alar buyicha toshkumir va qung‘ir kumir zahiralari quyidagicha taqsimlangan: Osiyo – 57%, Amerika – 30%, Ovrupoda – 9%, Avstraliya va Afrikaning har birida 2%.
Uzbekiston Respublikasida kumir asosiy energiya manbalaridan biri va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan va katta kumir zahiralariga ega bulgan kumir konlari kelajakda kumir qazish hajmini yanada kupaytirishga imkon yaratadi.

4.2-jadval



Qit’alar

Kumir tiplari(rusumlari)

Umumiy geologik zahiralar

Razvedka qilingan zahiralar

Hammasi

Jumladan ishonchliligi

mlrd. t.

%

mlrd. t.

%

Mlrd. t.

%

Ovrupo

Toshkumir

1024

11

435

18

231

24

Qung‘ir kumir

326

7

144

11

87

28

Jami:

1346

9

579

16

318

23

Osiyo

Toshkumir

5933

63

757

32

213

22

Qung‘ir kumir

2176

44

195

14

106

33

Jami:

8109

57

952

26

319

24

SHimoliy Amerika

Toshkumir

1922

20

796

34

477

47

Qung‘ir kumir

2238

46

888

66

72

23

Jami:

4160

29

1684

45

549

40

Janubiy Amerika

Toshkumir

81

1

21

1

3

1

Qung‘ir kumir

10

-

5

-

-

-

Jami:

91

1

26

1

3

0

Afrika

Toshkumir

244

3

177

5

66

3




Qung‘ir kumir

2

-

-

-

-

-

Jami:

246

2

177

3

66

5

Avstraliya

Toshkumir

230

2

230

10

42

3

Qung‘ir kumir

129

3

115

9

68

16

Jami:

359

2

345

9

110

8

Hammasi

Toshkumir

9428

100

2356

100

1033

100

Qung‘ir kumir

4883

100

1348

100

334

100

Jami:

14311

100

3705

100

1367

100

Kumir qazish korxonalarida (shaxta va razrezlar) shaxta maydonini ochish va uni qazishga tayyorlashda turli usullar hamda qazish tizimlari, shuningdek, mexanizatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Biroq mavjud korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarining texnik darajasi va asosiy texnik-iqtisodiy kursatkichlari MDH mamlakatlarining rivojlangan kumir qazish regionlari kursatkichlaridan ancha past. SHu sababli kumir qazish ishlarini muttasil takomillashtirib borish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda Uzbekistonda qator kumir konlari topilgan bulib, razvedka ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Bular jumlasiga, Angren qung‘ir kumir koni, SHarg‘un toshkumir koni, Boysun toshkumir koni va boshqalar kiradi.
Angren kumir koni Toshkent viloyatida Angren daryosi vodiysida joylashgan bulib, uning maydoni 70 km2 ni tashkil qiladi va zahirasi buyicha eng katta kumir havzasi hisoblanadi. SHarg‘un va Boysun kumir konlari Surxondaryo viloyatining tog‘liq hududlarida joylashgan bulib, geologik va kon-texnik sharoitlari ancha murakkab hisoblanadi. Bu konlar kumirining sifati yuqori bulganligi sababli respublika xalq xujaligida katta ahamiyatga egadir.

Uzbekiston respublikasi kumir konlarining zahiralari.


4.3-jadval

SHaxta, razrez, konning uchastkalari

Balans zahiralari, ming tonna

Sanoat zahiralari, ming tonna

Eslatma

1. SHaxtalar
Angren 9-shaxta
SHarg‘un shaxtasi
2.Razrezlar
Angren razrezi

Naugarzon uchastkasi


Opartog‘ uchastkasi


Obliq maydoni


CHuchqabuloq maydoni


Nishbosh maydoni
Janubiy Boysun koni
Boysun konining Markaziy uchastkasi

Boysun konining SHarqiy uchastkasi





65831
27715


779110

6919

374670

188668

125467
250408


5759

12870

bashorat
zahirasi 20 mln. tonna


35816
8318


492458

3074

150694

-

-
-
-


-


-

Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.


Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.


Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qidiruv va razvedka ishlari olib borilmoqda.


Uzbekiston respublikasi hududida joylashgan kumir konlarining zahiralari mamlakat xalq xujaligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi va ularning miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (4.3-jadval).
YUqorida keltirilgan kumir konlaridan tashqari, Uzbekiston bilan Turkmaniston chegaralarida joylashgan Kogurtong kumir koni ham sanoat ahamiyatiga egadir. Bu kon Termez shahridan 110 km shimolda va «Bozir» temir yul stansiyasidan 50 km masofada joylashgan. 1940-1957 yillarda ushbu konning er yuziga yaqin joylashgan qismi maxalliy sanoat shaxtalari tomonidan qazib olingan bulib, hozirga vaqtda konservatsiya qilingan. Konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, kumirning sifati yaxshi bulganligi uning kelgusida ishlatish samaradorligini ta’minlaydi. Respublika hududida yangi kumir konlarini izlash va razvedka qilish ishlari davom etmoqda.

Energiya bilan ta’minlanish muammosi doimo insoniyatning nazarida bulib, har bir tarixiy davrda uning uziga xos masalalari namoyon bulib kelmoqda.


XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda kumir (65%), utin (16%), usimlik va hayvonot chiqindilari (16%) ishlatilgan. YOqilg‘i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni tashkil qilgan. Tabiiy gaz umuman ishlatilmagan.
XX asrning 30-nchi yillariga kelib energobalansdagi kumirning ulushi kamayib (55%), neftning ulushi kupaydi (15%) va yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960-1980 yillar) yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energobalans strukturasi keskin uzgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta kupaydi, qattiq yoqilg‘ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi. Bu davrda barcha turdagi yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t. shartli yoqilg‘ini tashkil qildi.
Keyingi yillarda jahon miqyosida kumirdan foydalanish, umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq usib bormoqda. 1980 yillarda umuman energiyadan foydalanish (1970 yilga nisbatan) 17% ga kupaygan bulsa, kumirdan foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi kumir va neftning ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi buyicha) bir-biriga tenglashib qolgan (4.1 - jadval).
4.1-jadval



YOqilgi-energetika resurslarining turi

YOqilgi-energetika resurslaridan foydalanish va ularning ulushi

1980 yil

2000 yil

mln. tonna shartli yoqilg‘i

%

mln. tonna shartli yoqilg‘i

%

Neft

3915

37,8

5000

29,4

Gaz

2169

20,9

2750

16,2

Kumir

3016

29,1

4800

28,2

YAdro yoqilg‘isi

270

2,6

3000

17,6

Gidroresurslar

690

6,7

750

4,4

Har xil yoqilg‘ilar

298

2,9

300

1,8

YAngi turdagi yoqilg‘ilar (tabiiy issiqlik manbalari)

-

-

400

2,4

Jami

10358

100

17000

100

Kelajakda qattiq yoqilg‘i (kumir, yonuvchi slanetslar, torf) konlarini qazib chiqarishni kupaytirib borish kuzda tutiladi. CHunki ular dunyo miqyosida zahiralari hajmi buyicha 90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda ularning yonish issiqligini hisobga olinadigan bulsa, u holda qattiq yoqilg‘ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26%ni tashkil qiladi.


Hozirgi vaqtda er bag‘rida topilgan kumir basseynlari va konlarining soni 3600 dan kuproqni tashkil qiladi. Ulardan ettita basseyn gigant-basseyn hisoblanadi va ularning har birining geologik zahirasi 500 mlrd. tonnadan kuproqni tashkil qiladi. Ularga quyidagilar kiradi: Lensk, Tungusk, Taymirsk, Konsko-Achinsk, Kuznetsk (Rossiya), Alma-Amazonka (Braziliya), Apalchansk (AQSH). Turtta basseyn - Nijnereynsko-Vestfalsk (GFR), Donetsk (Ukraina), Pechersk (Rossiya), Illinoysk (AQSH) basseynlarining zahiralari 200-500 mlrd. tonnani tashkil qiladi. 210 ga yaqin basseyn va konlar har birining zahiralari 0,5-200 mld. tonnani tashkil qiladi. Qolgan barcha kumir basseyn va konlarining zahiralari 0,5 mlrd. tonnadan oshmaydi.
Hozirgi vaqtda qit’alar buyicha 600 metrgacha chuqurlikdagi hisoblangan kumir zahiralari quyidagi jadvalda keltirilgan (4.2-jadval).
Qit’alar buyicha toshkumir va qung‘ir kumir zahiralari quyidagicha taqsimlangan: Osiyo – 57%, Amerika – 30%, Ovrupoda – 9%, Avstraliya va Afrikaning har birida 2%.
Uzbekiston Respublikasida kumir asosiy energiya manbalaridan biri va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan va katta kumir zahiralariga ega bulgan kumir konlari kelajakda kumir qazish hajmini yanada kupaytirishga imkon yaratadi.

4.2-jadval



Qit’alar

Kumir tiplari(rusumlari)

Umumiy geologik zahiralar

Razvedka qilingan zahiralar

Hammasi

Jumladan ishonchliligi

mlrd. t.

%

mlrd. t.

%

Mlrd. t.

%

Ovrupo

Toshkumir

1024

11

435

18

231

24

Qung‘ir kumir

326

7

144

11

87

28

Jami:

1346

9

579

16

318

23

Osiyo

Toshkumir

5933

63

757

32

213

22

Qung‘ir kumir

2176

44

195

14

106

33

Jami:

8109

57

952

26

319

24

SHimoliy Amerika

Toshkumir

1922

20

796

34

477

47

Qung‘ir kumir

2238

46

888

66

72

23

Jami:

4160

29

1684

45

549

40

Janubiy Amerika

Toshkumir

81

1

21

1

3

1

Qung‘ir kumir

10

-

5

-

-

-

Jami:

91

1

26

1

3

0

Afrika

Toshkumir

244

3

177

5

66

3




Qung‘ir kumir

2

-

-

-

-

-

Jami:

246

2

177

3

66

5

Avstraliya

Toshkumir

230

2

230

10

42

3

Qung‘ir kumir

129

3

115

9

68

16

Jami:

359

2

345

9

110

8

Hammasi

Toshkumir

9428

100

2356

100

1033

100

Qung‘ir kumir

4883

100

1348

100

334

100

Jami:

14311

100

3705

100

1367

100

Kumir qazish korxonalarida (shaxta va razrezlar) shaxta maydonini ochish va uni qazishga tayyorlashda turli usullar hamda qazish tizimlari, shuningdek, mexanizatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Biroq mavjud korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarining texnik darajasi va asosiy texnik-iqtisodiy kursatkichlari MDH mamlakatlarining rivojlangan kumir qazish regionlari kursatkichlaridan ancha past. SHu sababli kumir qazish ishlarini muttasil takomillashtirib borish talab etiladi.
Hozirgi vaqtda Uzbekistonda qator kumir konlari topilgan bulib, razvedka ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Bular jumlasiga, Angren qung‘ir kumir koni, SHarg‘un toshkumir koni, Boysun toshkumir koni va boshqalar kiradi.
Angren kumir koni Toshkent viloyatida Angren daryosi vodiysida joylashgan bulib, uning maydoni 70 km2 ni tashkil qiladi va zahirasi buyicha eng katta kumir havzasi hisoblanadi. SHarg‘un va Boysun kumir konlari Surxondaryo viloyatining tog‘liq hududlarida joylashgan bulib, geologik va kon-texnik sharoitlari ancha murakkab hisoblanadi. Bu konlar kumirining sifati yuqori bulganligi sababli respublika xalq xujaligida katta ahamiyatga egadir.
Uzbekiston respublikasi kumir konlarining zahiralari.
4.3-jadval

SHaxta, razrez, konning uchastkalari

Balans zahiralari, ming tonna

Sanoat zahiralari, ming tonna

Eslatma

1. SHaxtalar
Angren 9-shaxta
SHarg‘un shaxtasi
2.Razrezlar
Angren razrezi

Naugarzon uchastkasi


Opartog‘ uchastkasi


Obliq maydoni


CHuchqabuloq maydoni


Nishbosh maydoni
Janubiy Boysun koni
Boysun konining Markaziy uchastkasi

Boysun konining SHarqiy uchastkasi





65831
27715


779110

6919

374670

188668

125467
250408


5759

12870

bashorat
zahirasi 20 mln. tonna


35816
8318


492458

3074

150694

-

-
-
-


-


-

Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.


Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.


Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qushimcha razvedka ishlari davom etmoqda.
Qidiruv va razvedka ishlari olib borilmoqda.

Uzbekiston respublikasi hududida joylashgan kumir konlarining zahiralari mamlakat xalq xujaligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi va ularning miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan (4.3-jadval).
YUqorida keltirilgan kumir konlaridan tashqari, Uzbekiston bilan Turkmaniston chegaralarida joylashgan Kogurtong kumir koni ham sanoat ahamiyatiga egadir. Bu kon Termez shahridan 110 km shimolda va «Bozir» temir yul stansiyasidan 50 km masofada joylashgan. 1940-1957 yillarda ushbu konning er yuziga yaqin joylashgan qismi maxalliy sanoat shaxtalari tomonidan qazib olingan bulib, hozirga vaqtda konservatsiya qilingan. Konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, kumirning sifati yaxshi bulganligi uning kelgusida ishlatish samaradorligini ta’minlaydi. Respublika hududida yangi kumir konlarini izlash va razvedka qilish ishlari davom etmoqda.


Nazorat savollari:
1.Foydali qazilma deb nimalarni aytiladi va ular fizikaviy holatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
2. Rudali va rudasiz qazilmalarni farqlaydigan asosiy belgisi nimalardan iborat.
3. Balansga kiritilgan va balansga kiritilmagan foydali qazilma zahiralari nima bilan biri ikkinchisidan farq qiladi?
4. Rudani minimal sanoat miqdorining o'lchami nimalarga asoslanib belgilanadi?
5. Razvedka qilingan, zahira komissiyasi tasdiqlangan, zahiralari A, B, S1, va S2 kategoriyalarga bo'linadi, ulardan biri ikkinchisidan qanday belgilari bilan farq qiladi?
Yüklə 136,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin