1. Maruza: Qatlamli foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasining umumiy masalalari. Shaxtaning asosiy parametrlari. Qatlamli konlarni qazib olishning asosiy bosqichlari
№1. Maruza: Qatlamli foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasining umumiy masalalari. Shaxtaning asosiy parametrlari. Qatlamli konlarni qazib olishning asosiy bosqichlari.
Reja:
1. Qatlamli foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasining umumiy masalalari.
2. Shaxtaning asosiy parametrlari
3. Qatlamli konlarni qazib olishning asosiy bosqichlari
Foydali qazilmadeb, yer qobig'ida mavjud bo'lgan tabiiy mineral moddalarni hozirgi davr texnikaviy-iqtisodiy rivojlanish sharoitida yer ostidan ajratib olib, sanoatda foydalanish maqsadga muvofiq kelgan turlariga aytiladi.
Foydali qazilma koni deb, foydali minerallarni yer qa’rida tabiiy to'plangan joyiga aytiladi.
Sanoat ahamiyatiga ega kon deb berilgan iqtisodiy-geologik sharoitida, texnikaning hozirgi davr taraqqiyoti darajasida qazib olish maqsadga muvofiq keladigan konga aytiladi.
Foydali qazilmalar o'zining fizikaviy holatiga ko'ra uch xil holatda bo'lishi mumkin: qattiq (ko'mir, metall rudalari, kon kimyo sanoatida va qurilishda ishlatiladigan xomash'yolar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi gazlar).
Qattiq foydali qazilmalar sanoatdagi vazifasiga va xalq xo'jaligida foydalanish xarakteriga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
yonuvchi, yoki yoqilg'i - ko'mir, yonuvchi slanes, torf,
metall - metalli rudalar (temir, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, oltin, kumush va h.);
Foydali qazilmalarni rudali va noruda deb bo'lish ham qabul qilingan.
Rudali foydali qazilmalarni farq qiladigan asosiy belgisi, ularga qayta ishlov berish uning tarkibidagi foydali birikmalarni ajratib, metall konsentrati olinishidir. Kon atrofidagi yondosh kon jinslari va ularni oralariga kirib qolgan, tarkibida metall (foydali minerallar) bo'lmagan, qayta ishlash uchun yaroqsiz bo'lgan jinslarni rudasiz (puch) jinslar deb atash qabul qilingan.
Ruda va noruda qazilmalarning chegarasi shartli chegaradir. Ko'p foydali qazilmalar ilgari qazib olinganidan keyin bevosita foydalanilgan bo'lsa, hozirgi davrda foydali birikmalarni kompleks (birgalikda) qayta ishlab, sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan foydali birikmalar ajratib olinadi. Shuning uchun "ruda"degan termin o'zining boshlang'ich tor doiradagi ahamiyatini yo'qotmoqda. Uni boshqa ko'pgina ruda bo'lmagan foydali qazilmalarda ham qo'llaniladi. Shu ma'noda "ruda" tushunchasidan bundan keyin ham foydalaniladi.
Foydali qazilma zahiralarini sanoat ahamiyatiga ega yoki ega emas deb bo'lish ham shartlidir.
Tarkibiy qismi va rudani sifati bir xil o'lchamda bo'lgan konlardan, biri qazib olish uchun qulay kon-geologik sharoitga ega bo’lganligi uchun (masalan ruda tanasining qalinligi katta o'lchamda, yer yuzasiga yaqin joylashgan), ikkinchisi sanoat ahamiyatiga ega emas. Uni qazib olish ancha qiyin, transport yo'llarini va sanoat markazlarini uzoqda joylashganligi uchun va boshqa sabablarga ko'ra.
Navoiy, Olmaliq kon metallurgiya konbinatlari tarkibidagi ba'zi konlarni tarkibidagi metall miqdori sanoat ahamiyatiga ega bo'lmaganligi uchun maxsus ag'darmalarga to'planadi, ruda hozirgi davrga kelib, metallni ajratib olishda yangi texnologiyalarni joriy etilganligi sababli ular ham sanoat ahamiyatiga ega bo'lib, qayta ishlashga jalb etildi.
Ko'p miqdorli temir metallaridan zahiraga ega bo'lgan Krivorog xavzasidagi tarkibiy qismi 30-35% temirli kvarsdan iborat bo'lgan ruda ilgari qayta ishlashga yaroqsiz deb hisoblangan qismi, hozirgi kunda qazib olishda samarali texnika qo'llanilganligi sababli qazib olish rentabelli ishlab, katta miqdordagi ruda zahirasini qayta ishlatishga jalb etildi. Shu sababga ko’ra tarkibiy qismida 16-17% temir bo’lgan Uraldagi Kachkanar koni rudasini qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ravishda ishlatish imkoni yaratildi. Kochkanar ruda konini rentabelli ishlashiga uning rudasi tarkibida legiruyushiy "vannadiy" metallining mavjudligidir.
Germaniya, Fransiya va Angliyaning qo'ng'ir temir ruda konlaridagi rudaning tarkibida 28-30% temir bo'lgan rudalarni metallurgiya sanoatida ularning qayta ishlash imkonini yuqori bo'lganligi va shulardan bo'lak tarkibiy qismidagi metallni miqdori yuqori bo'lgan ruda konlarini yo'qligi sababli ham rudani qazib olib, samarali texnologiyadan foydalanib metall ajratib olinmoqda.
Domna pechlarida metall eritishda "flyus" sifatida foydalaniladi, ohaktosh qora metallurgiya zavodlariga yaqin bo'lgan maxsus karvonlar katta miqdorda qazib olinsa, qo’rg’oshini ruda konlariga yondosh joylashgan ohaktoshlar esa puch jinslar deb hisoblanadi.
Metall sof holda ruda tarkibida juda siyrak uchraydi, ularning ko'pchilik qismi kimyoviy birikma sifatida ruda minerallari tarkibida bo'ladi. Masalan: temir ruda tarkibida gematit (Fe2O3),magnetit (Fe2O4);mis xalnotiriti (SuFeS2) ko'rinishida; qo’rg’oshin-galenit (PbS); kaliy-kasiterit (SnO2) ko'rinishlarida uchraydi.
Ruda minerallari rudada odatda boshqa minerallar bilan aralash holda uchraydi, ular sanoat ahamiyatiga ega emas. Bunday aralash minerallarni rudalijinslardeyiladi.
Qazib olish texnalogik jarayonlarni bir-biriga yaqin o'xshashlikda bo'lgan foydali qazilma konlarini shu belgilari asosida bo'lish katta ahamiyatga ega.
Shu belgilar bo'yicha foydali qazilma konlarining quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: neft va gaz konlari, torf konlari, ko'mir va yonuvchi slanes konlari, ruda va noruda konlar, sochma konlar.
Konni ochish sharoitida, foydali qazilmalarni va puch jinslarni fizik-mexanik xususiyatlariga ko'ra boshqa-boshqa usullar bilan aniqlansada, qazib olishda bu guruhlarni ichidagi o'xshashligi, ularning turidan qat'iy nazar yaqindir. Masalan, rudali va sochma oltin konlarini qazib olish texnologiyasi biri ikkinchisidan juda katta farq qilsada temir rudalari va apatitlarni qazib olishdan keskin ajralib turadi.
Bundan keyin faqat bitta guruhga mansub bo'lgan ruda konlarini qazib olish masalasini o'rganamiz.