Kirish: Cho’kindi jinslar haqida



Yüklə 337,19 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü337,19 Kb.
#127303
Davlet


Mavzu: Cho’kindi hosil bolishida tektonik harakatlar ahamiyati

Kirish:


    1. Cho’kindi jinslar haqida

    2. Cho’kindi tog’ jinslarining turlari

1.3 Cho’kindi tog’ jinslarining insoniyatrivojlanishidagi o’rni.
Asosiy bolim:

    1. Tektonik harakatlar

    2. Tektonik harakatlar klassifikasiyasi

    3. Gorizontal va vertical tektonik xarakatlar

Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


    1. Cho’kindi jinslar haqida

Cho‘kindi tog‘ jinslari kelib chiqishi va moddiy tarkibi ho'yicha tasniflanadi. Ular kelib chiqishi bo‘yicha terrigen (siniq hoMakli), biogen, xemogen va xemobiogen sinflarga boMinadi. Moddiy tarkibi bo‘yicha esa alyumosilikatli, karbonatli, silisitli, galogenli, allitli, temirli, marganesli, fosforitli tog‘ jinslari va kaustobiolitlar singari sinflarini tashkil qiladi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining kelib chiqishi va moddiy tarkibi bo‘yicha lasniflanishi ulami guruhlarga ajratishda tadqiqotchilaming turlicha yondoshishidan kelib chiqqan. Har ikkala tasnif ham o'zining yetuk va kamchilik tomonlariga ega. Terrigen jinslar struktura hosil qiluvchi boMaklarining oMchami, ulaming dumaloqlanganligi va sementlanganligiga qarab tasniflanadi (6-jadval). Ko'p hollarda bu boMakli (terrigen) jinslarda har xil fraksiyalar aralashgan holda uchraydi. Bunday hollarda tog4 jinsining nomi qaysi fraksiya hajmi jihatdan ko'p boMsa uning nomi bilan ataladi va qo‘shimchasi oldin ko‘rsatiladi. Masalan: graviyli qumtosh. Bunda qum donalari graviyga nisbatan ko‘pligini bildiradi.
Gilli jinslar mineral tarkibi bo'yicha guruhlarga bo'linadi. Ular kaolinitli, gidroslyudali, montmorillonitli, paligorskitli va boshqa guruhlami tashkil etadi. Karbonatli jinslar tarkibiga qarab ohaktoshlarga, dolomitlarga va mergellarga (keyingisi gil va ohaktoshning deyarli teng aralashmasidan iborat) bo‘linadi. Kelib chiqishi bo‘yicha organogen va kimyoviy bo'ladi. Strukturasi bo'yicha siniq bo‘lakli (karbonatli konglomerat, kalkerinitli qumtosh va h.k.), detritli, shlamli va pelitomorfli va boshqa guruhlardan tashkil lopgan bo‘ladi. Silisitli jinslar kelib chiqishi bo‘yicha kimyoviy va biogen lurlarga bo‘linadi (diatomitlar, radiolyaritlar, yashmalar, ftanitlar va b.). Galogen jinslar faqat kimyoviy yo'l bilan hosil bo‘ladi va ular xloridli (galit, silvin), sulfatli (gips, angidrit) va aralash tarkibli bo'lishi mumkin. Kaustobiolitlar faqat biogen yo'l bilan hosil boiadi. Ularga ncft va gaz, torflar, ko‘mir, sapropel, yonuvchi slanes va boshqalar kiradi. Allitli (alyuminiy oksidlari), temirli (tyemir oksidlari), marganesli (marganes oksidlari), fosforitli jinslar kimyoviy nurash, kimyoviy va biogen cho'kish yo‘llari bilan hosil bo‘ladi. Ko‘p hollarda mazkur cho‘kindi jinslar vulqonogen materiallar bilan aralashgan holda uchraydi. Agar vulqonogen materiallaming xissasi ko‘p bo‘lsa tuffitlami, kam bo'lsa tufli cho'kindi jinslami tashkil qiladi. Masalan: tufli konglomerat, tufli ohaktosh va h.k. Cho‘kindi jinslar tog‘li hududlar yuzasida ochilib yotuvchi birlamchi tog‘ jinslarining tashqi muhit ta’sirida nurashi va nurash mahsulotlarining suv va havo oqimlari yordamida cho‘kindi havzalariga ko‘chirib yotqizishi tufayli hosil bo‘ladi. ( ho'kindi yotqiziqlaming bir qismi kimyoviy va biogen jnrayonlar natijasida vujudga keladi. Bu yotqiziqlar aksariyat hollarda alohida qatlamlar sifatida shakllanadi. Qumli jinslar yirik-maydaligi 2mm dan 0,05mm gacha bo’gan zarrachalardan tashkil topgan. Tarkibiga ko’ra qum asosan kvarts, slyuda, dala shpsti, xlorit, magnetit, pirit, kaltsit va boshqa minerallarning aralashmasidan iborat. Zarrachalarining yirik-maydaligiga ko’ra qum, yirik (2-0,5mm); urta (0,5-0,25mm); mayda (0,25-0,1mm) va changsimon (0,1-0,05mm) xillarga bo’linadi.
1.2 Changsimon va gilli jinslar. Changsimon va gilli zarralar qumloq tuproq, kumloq tuproq va gil tuproq jinslarining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Gilli jinslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, cho’kindi jinslarning 50% dan ortig’ini tashkil etadi.
Lyoss va lyossimon jinslar tuzilishi jixatidan o’ziga xos fizik va mexanik, kimyoviy mineral tarkibli xamda yer yuzasining ma'lum sharoitdagi ulkalarida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsidir. “Lyoss” so’zi nemischa yumshoq uvalanadigan ma'noni bildiradi.
Lyoss sergovak, sariq yoki bo’z-sariq rangda, qatlamlanmagan, qulda siqilganda tez uvalanadigan jins bo’lib, uning 70% 0,05 - 0,001mm li zarralardan tashkil topgan.
Lyosslar quyidagi xususiyatlariga qarab ajratiladi: 1. Rangi sarg’ish, och malla sarg’ish. 2. Serg’ovak. G’ovaklarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin, diametri 3mm gacha. G’ovaklik jins xajmining 45-50% ni tashkil etadi 3. Kaltsiy va magniy karbonat tuzlari jins massasining 5% dan ko’prog’ini tashkil etadi. 4. Lyoss qatlamida qum va shag’al linzalari bo’lmasligi kerak. 5. Jinsni tashkil qiluvchi zarrachalarning 50% dan ko’pi 0,05mm dan 0,001mm gacha bo’lishi, 0,001mm dan kichik zarrachalar 10% gacha bo’lishi va 0,25mm li zarrachalarning bo’lmasligi. 6. Jarliklarda vertikal tarzda ajralish xususiyatiga ega. 7. Uzoq vaqt suv ta'sir etganda o’z massasi ta'sirida cho’kishi. 8. uqori darajada suv o’tkazuvchanligi. 9. Quruq xolda qattiq, namlanganda tez ivib loy xoliga kelishi. 10. Tarkibida tez eriydigan tuzlarning ko’p miqdorda bo’lishi.
Lyoss va lyossimon jinslar paydo bo’lish va olib borib yotqizilishi sharoitiga qarab eol, prolyuvial, elyuvial, delyuvial, allyuvial va flyuvio-glyatsial turlarga ajratiladi.
Tsementlangan cho’kindi jinslar. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan, balki yer ostida siljiyotgan suvlar eritib olib kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta'sirida tsementlanishi xam mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho’kishi, natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib tsementlaydi. Natijada konglomerat (shagaltosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar hosil bo’ladi.
Konglomyerat (shag’altosh) - silliqlangan shag’al, brekchiya - qirrali (sheben) jinslarining temir, fosfor, oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan tsementlanib birikishidan hosil bo’ladi. Xajmiy og’irligi 1500 - 2900 kgG`m3. Mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha.
Qumtoshlar qumlarning tsementlanishi natijasida paydo bo’ladi. Ayniqsa, kremniy oksidi yordamida birikkan, tsyementlangan qumtoshlar mustaxkam va nurash jarayoniga chidamli bo’ladi. Xajmiy ogirligi 1800 - 2500 kgG`m3, mustaxkamligi 5...200 MPa.
Alyevrolitlar qumoq tuproqning tsementlanishidan hosil bo’ladi. Alevrolitlar jichlashgan jins bo’lib, suvda ivimaydi va o’z xossalariga ko’ra qumtoshlarga yaqin turadi.
Argillitlar - tsementlangan gil tuproq bo’lib, suvda ivimaydi. Tsementlanish va yangi jins hosil bo’lish jarayonida birlamchi gilli moddalarning bir qismi xlorit, muskovit va boshqa minerallarga aylanadi.
Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari. Kimyoviy tog’ jinslari eritmalardagi kimyoviy moddalarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida, qurib borayotgan suv xavzalarida, sho’r suvli buloqlarda kuzatiladi. Kimyoviy tog’ jinslariga oxaktosh, dolomit, angidrit, gips osh tuzi kiradi.
Oshtuzi - qatlamlar xolida sho’r kullar va dengiz kultiklaridagi yotkiziklar orasida uchraydi. Osh tuzining rangi hosil bo’lish sharoitiga va tarkibidagi aralashmalarga qarab, oq, sariq, qizil, havo rang bo’ladi. Suvda oson eriydi. Asosan u galit (NaCl) mineralidan tashkil topgan.
Gips va angidrit bug’lanish kuchli bo’lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan dengiz qo’ltiqlarida tuzlarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Gips mayda donli zich yoki tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og’irligi 2200 kgG`m3. mustaxkamligi 20MPa
Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi. Ularning tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko’ra - kulrang, oq, sariq yoki qo’ng’ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko’ra loyqa aralashsa loyqali, qum aralashsa ko’li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli oxaktosh deb ataladi. Hosil bo’lishiga qarab organogen, xemogen, chaqiq va aralashma oxaktoshlar bo’ladi.
Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig’anoqlari, marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o’simlik qoldiqlaridan paydo bo’ladi. Bunday jinslar tuzilishi serg’ovak va g’alvirak bo’lib, keng tarqalgan. Xajmiy og’irligi 1200 dan 3100 kgG`m3 gacha o’zgaradi.
Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo’lib, panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg’ish yoki bo’zrang bo’ladi.
Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining cho’kishidan hosil bo’ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi.
Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo’lgan yer osti suvlarining yon bag’irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to’planadigan serg’ovak jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa.
Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo’lib, qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa.
haqiq ohaktoshlar turli tarkibli ohaktosh bo’laklarining kaltsiyli tsement bilan mustahkamlanishidan hosil bo’lib, hosil bulishiga ko’ra ikkilamchi jins hisoblanadi.
Aralash ohaktoshlar dengiz va ko’l to’blarida keng tarkalgan bo’lib, organogen, hemeogen va chakik ohaktoshlardan hosil bo’ladi. bularga mergel misol bo’la oladi. Mergel tarkibi doimiy bo’lmagan ohak va gildan iborat jinsdir.
Tyemirli jinslar yoki fyerrolitlar. Tarkibida temir moddasi ko’p bo’lgan bu jinslar loyqa-ko’ykalardan hosil bo’ladi. bu guruhga turli temir rudalari, jumladan, temir tufi, botqoqlik rudalari, siderit konkretsiyalari kabi cho’kindi jinslar kiradi. Temir tufi limonit, fosfor marganets tuzi birikmasidan iborat, rangi sari-qo’ngir, teksturasi asosan govak bo’lib, dengiz hamda ko’llarga temir gidroksidlarining cho’kishidan hosil bo’ladi.
Fosfatli jinslar yoki fosforitlar. Bunday jinslar dengizlarning sayoz joylarida biohimik jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ayniqsa, qumtosh, gil, karbonatlar ichida R2O5 ning miqdori 20 - 45% ga yetsa, ular fosforitlar deb ataladi.
Organik (cho’kindi) tog jinslari. Dengiz va okeanlar tubida hayvon, o’simlik hamda halok bo’lgan organizmlar qoldigining to’planishidan organogen jinslar hosil bo’ladi. organogen jinslar sergovak bo’lib, suvda eriydi, tashki kuch ta'sirida siqiladi. Bu guruhdagi jinslarga kremniyli jinslar - diatomit, trepel, opoqa va kaustobiolitlar - tosh ko’mir, qo’ngir ko’mir, antrotsit, ozokerit, yonuvchi slanetslar, torf, neft, asfalt va boshqalar kiradi.
Diatomit - bo’shroq tsementlangan diatom suv o’tlaridan tarkib topgan, sergovak, oq, och ko’lrang sargish kremniyli jins. Har doim tarkibida gil loyqalari uchraydi. Kremniyning miqdori 80 -95 % ni tashkil etadi.
Tryepyel tashqi ko’rinishidan diatomitdan uncha farq qilmaydigan, oq, och kulrang yoki sarg’ish tusli, ko’lda tez uqalanadigan, namni o’ziga tez yo’tuvchi kremniyli jins. Trepel yengil, tuproqsimon jins bo’lib, gil zarralari bilan aralashgan opal mineralidan tarkib topgan. Hajmiy og’irligi 250 - 1000 kgG`m3 .
Opoka trepelga nisbatan zich va qattiq, och hamda to’q bo’zrangli, g’ovakli jins. Tarkibi asosan, opal minerali zarrachalaridaan iborat bo’lib, ba'zan bunga juda ko’p qum kremniyli organizm qoldiqlari aralashgan bo’ladi.
Ko’mir tarkibidagi uglerod strukturasi va miqdoriga ko’ra ko’ngir ko’mir, toshko’mir va antratsitga bo’linadi.
Ko’ngir ko’mir tarkibida 69 % karbon bo’lib, qolgan qismi vodorod, kislorod, azotdan iborat. U tarkibida o’simlik qoldiqlari saqlangan torfning tosh ko’mirga o’tish bosqichida to’planadi. U qo’ngir-qora, qo’ngir-jigarrang bo’lib, yahshi maydalanadi.
Toshko’mir tarkibida karbon 80%, kislorod 13%, vodorod 5%, azotning miqdori juda ham kam. Tuzilishi zich, qo’ngir ko’mirga nisbatan qattiq, sirti moylangandek, yaltiraydi, rangi qora, qoramtir kulrang.
Antratsit tarkibida 95 % karbon bo’lib, qolgan qismi kislorod va vodoroddan iborat. Uning tarkibida azot juda oz bo’ladi. toshko’mirga nisbatan juda ham qattiq bo’lib, tuzilishi zich va qat-qat,juda yaltiroqdir. Rangi qora bo’lib, ko’lga yo’qmaydi.
Nyeft-mutloq himiyaviy tarkibga ega bo’lmagan murakkab, o’ziga hos hidli suyo’qlik. Neft parafin, naftalin va aromatik qatoriga qiruvchi suyo’q uglevodorodlarning aralashmasidan iborat. Bundan tashqari neft tarkibida ozroq oltingugurt, azot, neft kislotasi, suv noorganik moddalar aralshmasi ham bo’ladi. u sargish, yashil, qo’ngir rangli bo’lib, moyga uhshab yaltiraydi. Neft tabiatda tarqalgan hamma geologik davr yotqiziqlari ichida uchraydi.
Asfalt (tog simolasi) - qo’ngir-qora rangli bitumsimon jins. Himiyaviy tarkibi 80% karbon, 10% kisloraddan iborat. Zichligi 1 - 1,23 . Rangi qora bo’lib, smoladik yaltiraydi, bitumning hidini beradi.
1.3 Magmatik metomorfik va qadimgi cho’kindi tog’ jinslari vaqt o’tishi bilan nuraydi va nurash jarayonida ular yemiriladi va keskin o‘zgaradi. Yemirilgan maxsulotlar har xil o’simlik bo’lakcha va zarrachalaridan, suvda eriydigan kimyoviy elementlardan iborat bo’ladi. Ana shu bo’lakcha va zarralar suv xavzalari tubida yoki quruqlikda to’planib cho’kindi hosil qiladi. Bu cho’kindilar esa asta-sekin o’zgarib tog’ jinslarini hosil qiladi va bu tog’ jinslari cho’kindi tog’ jinslari deb ataladi. Ular yer qobig’ining eng yuqori qismini 3 % ni tashkil etib, quruqlikning 80 % ni qoplab olgan. Ularning qalinligi bir necha sm dan bir necha km gacha yetadi.
Cho’kindi tog’ jinslari tarkib topish sharoitiga qarab 4 guruhga bo’linadi.

  1. Mexanik cho’kindi to’g’ jinslari

  2. Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari

  3. Organik cho’kindi tog’ jinslari

  4. Aralash cho’kindi tog’ jinslari

I. Mexanik cho’kindi to’g’ jinslari. Mexanik cho’kindi to’g’ jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o’z joyida to’planishi yoki suv, muzlik va shamol ta’sirida boshqa joylarga ko’chirilib yotqizilishidan hosil bo’ladi.
Mexanik yo’l bilan hosil bo’lgan cho’kindi jinslar zarrachalarning katta-kichikligi, sementlanganligiga qarab 3 asosiy guruhga bo’linadi.

  1. Chaqiq jinslar

  2. Gilli jinslar

  3. Sementlangan yoki toshqotgan cho’kindi jinslar

1. Chaqiq jinslar-xarsangtosh, katta tosh, shag’al sheben, graviy dresva va qum.
Bu jinslarning qurilish xossalari asosan ularning zichligiga, zarracha va bo’lakchalarning bir xilligiga bog’liqdir.
2. Gilli jinslar – chang va gil zarrachalaridan iborat boladi. Bularga lyoss, supes, suglinok va glinalar kiradi.
3. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan balki yer ostida xarakat qiladigan suvlar eritib olib ketgan ohak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta’sirida sementlanishi ham mumkin. Bu holda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho’kindi cho’kish natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib sementlaydi. Natijada konglomerat (shag’altosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argellit va boshqa jinslar hosil bo’ladi.
II. Kimyoviy cho’kindi tog’ jinslari Kimyoviy tog’ jinslari eritmadagi kimyoviy moddalarning cho’kishidan hosil bo’ladi. Bunday jarayon dengiz va okean suvlarida qurib borayotgan suv havzalarida, sho’r suvli buloqlarda kuzatiladi.
Kimyoviy tog’ jinslarga ohaktosh, dalomit, angidirit, gips, osh tuzi kiradi. Bunday jinslar suvda erishi natijasida g’ovaklar, bo’shliqlar va darzlar hosil qiladi.
III. Organik cho’kindi tog’ jinslari. Dengiz va okeanlar tubida hayvon, o’simlik hamda halok bo’lgan organizmlar qoldig’ining to’planishidan organogen jinslar hosil bo’ladi. Organogen jinslar serg’ovak bo’ib, suvda eriydi, tashqi kuch ta’siridan siqiladi. Bu gruppadagi jinslarga kremniyli jinslar-diotomit trepel, opoka, torf, toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir ontrosit, ozokerit yonuvchi slanislar, torf, neft, asfal’t va boshqalar kiradi.
Ikki yoki undan ko’p, hil jinslar aralashmasidan ham cho’kindi jinslar hosil bo’ladi. Ko’pincha chaqiq materiallar bilan kimyoviy va organogen mahsulotlar aralashmasidan jinslar paydo bo’ladi. Ular asosan suv kam bo’lgan ko’l va dengizlarda uchraydi.
Cho’kindi tog’ jinslarini imorat va inshootlar poydevori zamini yoki qurilish materiali sifatida ishlatishda ularning fizik, mexanik xossalarini va mineralogik tarkibini yaxshi o’rganish lozim. Asosiy cho’kindi jinslar 3-jadvalda berilgan.
Cho’kindi jinslarni aniqlash
Zaruriy material va jihozlar; tog’ jinslarining namunalari, tog’ jinslarining aniqlagichi.
Mashg’ulot o’tkazish tartibi. Jins namunasi olinadi va uning qanday jins ekanligi aniqlanadi. Tog’ jinsini aniqlash uchun uning zarrachalarining o’zaro joylashuviga (qatlamlanishiga, kovaklari bor yoki yo’qligiga), tuzilishiga, tarkibiga, rangiga, qattiqligiga, sinishiga, solishtirma og’irligiga, katta-kichiklik o’lchamiga va boshqa belgilariga e’tibor berib, ular daftarga yoziladi. Jinslarning to’liq tavsifiga qarab ularning turi, paydo bo’lish yo’li va sifati aniqlanadi
2.1 Er qobig’idagi moddalarning (tog’ jinslarining) siljishi har xil struktura shakllarini keltirib chiqaradi. Er qobig’i va uning ichki qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan moddalar siljishi (harakati) tektonik harakatlar deb aytiladi. Demak tektonik harakatlar geologik struktura hosil qiluvchi yoki ularning tuzilishini o’zgartiruvchi er moddasining mexanik siljishidir. Tektonik harakatlarni yuzaga keltiruvchi asosiy manba ichki energiyadir. Bundan tashqari tektonik harakatlarni kelib chiqishida erning aylanishi va quyosh sistmasining ham ta’siri bo’lishi mumkin.
Tektonik harakatlarning namoyon bo’lishi litosferaning geologik tuzilishini o’zgartiribgina qolmay balki foydali qazilma konlarini hosil bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun tektonik harakatlarni o’rganish, uning shakllari, hosil bo’lish sabablarini o’rganish katta axamiyatga ega.
Tektonik harakatlarni birinchi klassifikasiyasi amerikalik geolog Gilbert (1890 y) tomonidan keltirilgan. U tektonik harakatlarni 2 ga bo’ladi: kontinent hosil qiluvchi * epeyrogenik va tog’ hosil qiluvchi – orogenik harakatlar. Rossiyada bunday tasnif birinchi marta Tetyaev tomonidan berilgan va uni Belousov mukammallashtirilgan. Ular tektonik harakatlarni tebranma, burmachang va uzilmali harakatlarga bo’linadi. Tektonik harakatlar qaerda hosil bo’lishiga qarab: yuzaki yoki qobiq usti, qobiq yoki umumqobiq, chuqur va o’ta chuqur harakatlarga bo’linadi. Siljish yo’nalishi bo’yicha tektonik harakatlar (Xain, Belousov) 2 ga bo’linadi: vertikal va gorizontal tektonik harakatlar.
Tektonik harakatlar juda xilma xil. Turli xildagi tektonik harakatlar yig’indisi tektogenez deyiladi. Ular asosan 3 ga bo’linadi: qadimgi, Yangi va hozirgi zamon harakatlariga bo’linadi.
Hozirgi zamon harakatlari har xil priborlar yordamida aniqlanadi. Yangi harakatlar erning hozirgi relefini hosil qilgan. Yangi harakatlar neogen davrining boshlarida boshlangan. Hozirgi zamon va Yangi harakatlar er yuzasidagi yoki chuqurlikdagi nuqta yoki chiziqning tezligi va siljish traektoriyasi bilan xarakterlanadi. Qadimgi xarakatlarni o’rganish uchun aktualizm prinsipidan, fasiyalar analizidan va qaliklarini o’rganish usullaridan foydalaniladi.
Vertikal xarakatlarni xarakterlash uchun dunyo okeanining yuzasi boshlang’ich daraja sifatida qabul qilingan. Bu yuza 150 m gacha o’zgarishi mumkin. Vertikal harakatlarni o’rtacha tezligi orogen (harakatchan) viloyatlarda 0,3 mm/yil, platformalarda esa 0,05 mm/yil (Pomirda 2 sm/yil).
Gorizontal harakatlarning hosil bo’lishiga sabablar ko’pdir. Bulardan biri erning yadrosi, mantiyasi va po’stining har xil tezlikda aylanishidir. Bu harakatlar natijasida geosinklinal mintaqalarda burmali va uzilmali strukturalar hosil bo’ladi.
2.2 Er qobig’idagi moddalarning (tog’ jinslarining) siljishi har xil struktura shakllarini keltirib chiqaradi. Er qobig’i va uning ichki qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan moddalar siljishi (harakati) tektonik harakatlar deb aytiladi. Demak tektonik harakatlar geologik struktura hosil qiluvchi yoki ularning tuzilishini o’zgartiruvchi er moddasining mexanik siljishidir. Tektonik harakatlarni yuzaga keltiruvchi asosiy manba ichki energiyadir. Bundan tashqari tektonik harakatlarni kelib chiqishida erning aylanishi va quyosh sistmasining ham ta’siri bo’lishi mumkin.
Tektonik harakatlarning namoyon bo’lishi litosferaning geologik tuzilishini o’zgartiribgina qolmay balki foydali qazilma konlarini hosil bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun tektonik harakatlarni o’rganish, uning shakllari, hosil bo’lish sabablarini o’rganish katta axamiyatga ega.
Tektonik harakatlarni birinchi klassifikasiyasi amerikalik geolog Gilbert (1890 y) tomonidan keltirilgan. U tektonik harakatlarni 2 ga bo’ladi: kontinent hosil qiluvchi * epeyrogenik va tog’ hosil qiluvchi – orogenik harakatlar. Rossiyada bunday tasnif birinchi marta Tetyaev tomonidan berilgan va uni Belousov mukammallashtirilgan. Ular tektonik harakatlarni tebranma, burmachang va uzilmali harakatlarga bo’linadi. Tektonik harakatlar qaerda hosil bo’lishiga qarab: yuzaki yoki qobiq usti, qobiq yoki umumqobiq, chuqur va o’ta chuqur harakatlarga bo’linadi. Siljish yo’nalishi bo’yicha tektonik harakatlar (Xain, Belousov) 2 ga bo’linadi: vertikal va gorizontal tektonik harakatlar.
Tektonik harakatlar juda xilma xil. Turli xildagi tektonik harakatlar yig’indisi tektogenez deyiladi. Ular asosan 3 ga bo’linadi: qadimgi, Yangi va hozirgi zamon harakatlariga bo’linadi.
Hozirgi zamon harakatlari har xil priborlar yordamida aniqlanadi. Yangi harakatlar erning hozirgi relefini hosil qilgan. Yangi harakatlar neogen davrining boshlarida boshlangan. Hozirgi zamon va Yangi harakatlar er yuzasidagi yoki chuqurlikdagi nuqta yoki chiziqning tezligi va siljish traektoriyasi bilan xarakterlanadi. Qadimgi xarakatlarni o’rganish uchun aktualizm prinsipidan, fasiyalar analizidan va qaliklarini o’rganish usullaridan foydalaniladi.
Vertikal xarakatlarni xarakterlash uchun dunyo okeanining yuzasi boshlang’ich daraja sifatida qabul qilingan. Bu yuza 150 m gacha o’zgarishi mumkin. Vertikal harakatlarni o’rtacha tezligi orogen (harakatchan) viloyatlarda 0,3 mm/yil, platformalarda esa 0,05 mm/yil (Pomirda 2 sm/yil).
Gorizontal harakatlarning hosil bo’lishiga sabablar ko’pdir. Bulardan biri erning yadrosi, mantiyasi va po’stining har xil tezlikda aylanishidir. Bu harakatlar natijasida geosinklinal mintaqalarda burmali va uzilmali strukturalar hosil bo’ladi.
2.3 ektonik harakatlar va tektonik strukturalar
Tektonik harakatlar
Zilzilalar qabilida kechadigan jarayonlar majmuasi tektonik harakatlar deyiladi. Tektonik harakatlar uzlukli-uzluksiz ravishda kechadi, ya'ni uning intensivligi geologik vaqt davomida goh kuchayib, goh susayib turadi. Ular yer po‘stining relьefi, materiklarning paydo bo‘lishi, umuman Yerning paleogeografik taraqqiyotida yetakchi o‘rinda turadi.
Yer taraqqiyoti tarixida tog‘ hosil qiluvchi kuchli tektonik harakatlar ro‘y bergan tog‘ burmalanishi epoxalari ajratiladi. Masalan, baykal tog‘ burmalanishi proterozoyning oxiri-paleozoyning boshlanishida, kaledon va gertsin tog‘ burmalanishlari paleozoyning o‘rtasida va oxirida, kimmeriy tog‘ burmalanishi mezozoy erasida, alьp tog‘ burmalanishi esa kaynozoy erasida sodir bo‘lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik) va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo‘linadi.
Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo‘lgan tektonik harakatlar kiradi. Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gertsin) va mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlari esa kaynozoy (alьp) erasidagi tog‘ burmalanishlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o‘rganiladi.
Yer po‘stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini o‘zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta'sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil qilib, bo‘laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko‘tarilib, ikkinchi qismi cho‘kishi mumkin.
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o‘zgarishi ichki harakatga bog‘liqdir. Bu harakatdan cho‘kish, ko‘tarilish, burmalanish, yer yorilishi, katta - katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xil - orogen va epeyrogen harakatlarga bo‘linadi. Orogen harakatlar o‘z navbatida plikativ (burmalanish) va diz'yunktiv (uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar yer po‘stining asriy tebranishida o‘z ifodasini topgan.
Dengiz yotqiziqlarining barcha qit'alarda topilishi o‘tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po‘stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda.
Epeyrogen harakatlar qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba'zi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining ko‘tarilishida ro‘y beradi.
Quruqlikning cho‘kishi yoki dengiz sathining ko‘tarilishi natijasida dengiz transgressiyasi ro‘y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.
Yer po‘stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Frantsiyaning ayrim joylari, Alьp tog‘larining etaklari va Boden ko‘li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko‘li sohillari, Tinch okeandagi ko‘pchilik marjon orollari ham asta - sekin cho‘kmoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Yer po‘stidagi hozirgi harakatlarni aniq o‘lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog‘ jinslari qatlamlarining yotish holatini o‘lchash bilan epeyrogen harakatlarning yer po‘stiga ko‘rsatgan ta'siri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog‘ jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi.
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko‘rilganda, Himolay tog‘lari bilan Gang daryosi o‘rtasida joylashgan Shimoliy Hindistonning ko‘p qismi bir yilda 18,2 mm ko‘tarilganligi aniqlangan. Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko‘p ko‘tarilganligi ma'lum. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent hududining pastkam joylari (Chirchiq daryosi, Qoraqamish va Bo‘zsuvning quyi oqimlari) cho‘kayotgan bo‘lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o‘tgan joylar, Yunusobod) ko‘tarilayotganligini ko‘rsatdi.
Yer po‘stining tik (vertikal) tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog‘lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Yer tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan.
Neotektonik harakatlar. Neotektonik harakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik harakatlarni o‘z ichiga. Yosh tektonik xa-rakatlar golotsen davridan, ya'ni keyingi 10000 yildan boshla¬nadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o‘rganiladi. Hozirgi zamon tektonik harakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo‘lib, ular geodezik asboblar yordamida o‘rganiladi.
Neogen va to‘rtlamchi davrlardagi tektonik harakatlarni va ular hosil qilgan strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi sohasi o‘rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo‘lib umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Yer po‘stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik harakatlar bo‘lib turganligidan darak beradi. Bunday harakatlar tog‘ jinsi qatlamlarining yotish holatini, tuzilishini, relьefini o‘zgartiradi. Yer qatlamlaridagi, ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o‘zgarishlarni aniqlash, ularni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular hozirgi relьef shakllarini hosil qilgan bo‘lib, neft, gaz, ko‘mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda yetakchi mezon hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar kechgan joylarni bir necha xil us-ullar yordamida aniqlash mumkin.
Tektonik harakatlar tufayli neogen, to‘rtlamchi davr yotqiziqlarida darz ketgan, bukilgan strukturalar hosil bo‘lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish yuzalari kabi qoldiq relьef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tahlil qilinib, neotektonik harakatlarning tezligi va yo‘nalishi, qanday geologik strukturalarni hosil qilganligi hamda ularga relьefning qanday shakllari mos kelishi aniqlanadi.
To‘rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Yer po‘stining ko‘tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog‘larning 1800 - 2000 m mutlaq balandliklarida, ya'ni daryo o‘zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg‘og‘idagi nanay supasi (Q1) bunga misol bo‘laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog‘ oralig‘ida qolib ketishi neotektonik harakat kechganligidan darak beradi. Masalan, Chotqol, Pskom tog‘lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan.
Neotektonik va hozirgi zamon tektonik harakatlar vulkan otilishi, zilzila harakatlarida namoyon bo‘ladi (zilzila bobiga karang). To‘rtlamchi davrning boshlarida yer yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko‘llari, Qizil dengiz va O‘lik dengizlar hosil bo‘lgan. Rossiya hududidagi Baykal ko‘li ham antropogen davrida xosil bo‘lgan deb hisoblanadi.
Neotektonik harakatlar tufayli hozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi asosiy relьef shakllari: tog‘lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo‘lgan.
Hozirgi zamon tektonik harakatlarini bevosita o‘rganishimiz va asboblar orqali ularning qiymatini o‘lchashimiz mumkin. Shu kabi yo‘nalishini ham aniqlash mumkin. Masalan: vetikal harakatlar musbat – ko‘tariluvchi va manfiy – cho‘kuvchi bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik harakatlarni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, ularning o‘rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu harakatlar yuz ming va millionlab yillar davomida to‘xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko‘tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo‘lgan tog‘ni hosil qiladi. Bu Himolaydan ham baland!
Geologik o‘tmishdagi tektonik harakatlar to‘g‘risida ularning natijalari bo‘yicha fikr yuritish mumkin.
Tog‘ jinslarining deformatsiyasi

Tog‘ jinslari tektonik kuchlar ta'sirida turli deformatsiyaga uchraydi. Tog‘ jinslariga chetdan ta'sir qiluvchi kuchlar tashqi kuch-lardir. Deformatsiya turlari tog‘ jinslariga ta'sir qiluvchi shu tashqi kuchlar kattaligi va yo‘nalishi, deformatsiyalanish sharoiti hamda tog‘ jinslarining fizik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.


Tog‘ jinslarining deformatsiyasi deganda ularning tashqi kuchlar ta'sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirish xususiyatiga aytiladi. Tog‘ jinslarining deformatsiyasida ularning ichki fizik xususiyatlari: mustahkamligi, elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi kabi xossalari asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining mustahkamligi deb tashqi kuchlar ta'siriga ko‘rsata oladigan qarshilik qobiliyatiga aytiladi.
Tog‘ jinslarining elastikligi tashqi kuchlar ta'sirida o‘z shakli va hajmini o‘zgartirishi va bu kuchlar ta'siri to‘xtagandan so‘ng birlamchi holatiga qaytish xususiyatiga ega bo‘lishini ifodalaydi. Deformatsiya turlarining chegarasi.
Tog‘ jinslarining plastikligi tashqi kuchlar ta'sirida shakli va hajmining qaytmas o‘zgarishi bilan belgila-nadi.
Tog‘ jinslarining mo‘rtligi deb tashqi kuchlar ta'sirida yax-litligi buzilib, parcha-lanish xususiyatiga aytiladi.
Deformatsiya tur-lari. Tog‘ jinslarining deformatsiyasi hosil bo‘lishi bosqichlari ketma-ketligi bo‘yicha elastik, plastik va mo‘rt deformatsiyalarga bo‘linadi . Ular tog‘ jinslarining elastikligi, plastikligi va mo‘rtligi xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Elastik deformatsiya tashqi kuchlar ta'sirida tog‘ jinslari shakli va hajmining o‘zgarishi va shu kuchlar ta'siri to‘xtagandan keyin birlamchi holatiga qaytishidan iborat bo‘ladi. Bunday deformatsiya tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan oshmaganda sodir bo‘ladi.
Agar tog‘ jinslariga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlar kattaligi elastiklik chegarasidan ortiq bo‘lib, bunda ularning yahlitligi buzilmasa, tashqi kuchlar ta'siri to‘xtagandan keyin hajmiy va shakliy o‘zgarishlar birlamchi holatiga qaytmasa, qoldiq deformatsiya hosil bo‘ladi va u plastik deformatsiya deb yuritiladi. Bu deformatsiya kristalli jinslardagi minerallar kristall panjaralari qatlamlarining bir biriga nisbatan qaytmas siljishi bilan bog‘liq. Tashqi kuchlar ta'siri to‘xtagandan keyin ular yangi muvozanat sharoitida hosil bo‘lgan vaziyatini saqlab qoladi.
Qoldiq deformatsiya tog‘ jinslari yaxlitligining buzilishi (darzliklar hosil bo‘lishi, parchalanish) orqali sodir bo‘lsa mo‘rt deformatsiya rivojlanadi.
Deformatsiya turlarini aniqlash uchun misol qilib olingan jism-lar: a-rezina tasma, b-plastilin parchasi, v-qog‘oz varag‘i.
Deformatsiya turlarini ko‘rgazmali tasavvur etish uchun rezina tasma, plastilin parchasi va bir varaq qog‘oz olamiz. Ushbu jismlarga bir xil cho‘zuvchi kuchi ta'sir etayotgan bo‘lsin. Bunda rezina tasma va plastilin parchasi cho‘ziladi, ammo qog‘oz varag‘i yirtilib ketadi. Demak qog‘oz varag‘i uchun mo‘rt deformatsiya xosdir. Cho‘zuvchi kuch ta'siri to‘xtagandan so‘ng plastilin parchasi keyingi cho‘zilgan holdagi shaklini saqlab qoladi. Bu esa plastik deformatsiya uchun yaqqol misoldir.Cho‘zuvchi kuch ta'siri to‘xtagandan so‘ng rezina tasmasi o‘zining dastlabki shakliga qaytadi.
Cho‘zuvchi kuch ta'sirida rezina tasma va plastilin parchasi cho‘ziladi, qog‘oz varag‘i esa yirtiladi.
Tog‘ jinslariga faqat cho‘zuvchi tektonik kuchlar emas, balki siquvchi va burovchi xarakterdagi tektonik kuchlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Bularning natijasida murakkab tuzilishdagi turli tektonik strukturalar vujudga keladi. Ularni o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega.
TEKTONIK tuzilmalar sayyoramizning qattiq tashqi qobig'ining katta maydonlari. Ular chuqur kamchiliklar bilan chegaralanadi. Korteksning harakatlari va tuzilishi tektonikalar kabi bir intizom doirasida o'rganiladi. 

UMUMIY MA'LUMOT


TEKTONIK tuzilmalar geografik xaritalar, geofizik usullar (xususan, seysmik qidiruv ishlari) va burg'ulash usullari yordamida o'rganiladi. Ushbu uchastkalarni o'rganish qabul qilingan tasnifga muvofiq amalga oshiriladi. Geologiya o'rta va kichik shakllarni, kesimida taxminan 10 km ni, tektonikani - 100 km dan ortiq katta bo'laklarni tekshiradi. Birinchisiga turli xil dislokatsiyalar (kesilmaydigan, in'ektsiya va h.k.) deyiladi. Ikkinchisida kattalashgan joylarda sinxliniya va antiklinoriya, avlakogeniya, sineklise, plitalar ichida anteklise, qalqonlar, peritritorial quyqalar kiradi. Ushbu turkumda qit'alar, platformalar, geosinklinal kemalar, okeanlar, orogenlar, o'rta okean tizmalari, yoriqlar va boshqalardagi suv osti passiv va faol chegaralari mavjud. Bu eng yirik tektonik tuzilmalar qattiq qobiq va litosferani qoplaydi va chuqur deb nomlanadi.

TASNIFI


Superglobal antik tektonik tuzilmalari o'n millionlab kvadrat metrga etadi. Km maydoni va ming kilometr uzunligi. Ular sayyoramiz tarixining butun geologik bosqichida rivojlanadi. Global tektonik tuzilmalar - 10 mln. Kvadrat metrgacha ega. Km. Ularning uzunligi bir necha ming kilometrga etadi. Ularning mavjudligi davomiyligi oldingi bo'limlarga to'g'ri keladi. Yer qobig'ining Subglobal tektonik tuzilishi ham farqlanadi . Ular bir necha million kvadrat metr maydon egallaydi. Km va minglab kilometrlarga cho'zilib ketadi. Ularning rivojlanish davri 1 milliard yildan ortiq. 

ASOSIY TEKTONIK TUZILMALAR


Harakatning birligi asosida qiyosiy monolitlik, litosfera plitalari ajratiladi . Bugungi kunga kelib, 7 yirik va 11-13 kichikroq saytlar mavjud. Avvalo Avrasya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Indo-Avstraliya, Tinch okeani, Antarktika tektonik tuzilmalari mavjud. Kichikroq tuzilishlarga Filippin, Arab, Karib orollari, Hindiston yong'og'i, Nasca va boshqalar kiradi.

YORIQLAR


Ushbu tektonik tuzilmalar litosfera plitalarini ajratib turadi. Ularning orasida birinchi navbatda yoriqlar tashxis qilinadi. Ular qit'a va okean okeaniga bo'linadi. Ularning uzunligi 64 ming km dan ortiq bo'lgan global tizimni tashkil etadi. Bunday joylarning misollari Sharqiy Afrika (sayyoradagi eng katta), Baykaldir. Yomon tuzilishlarning yana bir turi - yoriqlarni perpendikulyar kesuvchi konvertatsiya hududlari. Ularning sathida litosfera plitalari uchastkalari yonidagi gorizontal smenalar mavjud.

PLATFORMALAR


Ular korteksning sekin-harakatlanuvchi bloklari. Ushbu saytlar juda uzoq rivojlanish bosqichidan o'tdi. Platformalar uch bosqichli. Ularning tarkibida bazalt va granit-gneys qatlamlari hosil bo'lgan kristall bazal mavjud. Plitkalarda cho'kindi qoplama ham mavjud. Kristall bazalt qatlamlarga ajinadigan metamorfik jinslarning qatlamlari tomonidan hosil bo'ladi. Bularning barchasini qiyinlashtiradigan qalinligi (ularning ko'pchiligi o'rtacha va kislota tarkibiga ega bo'lgan) intruziyalar bilan buziladi. Tuzilish yoshiga qarab, platformalar yosh va qadimiy tektonik tuzilishlarga bo'linadi. Ularning asosiy qismini egallagan qit'alarning yadrosiga aylantiriladi. Kichik shakllar o'zlarining atroflarida joylashgan. Cho'kindi qopqoq, asosan, lagunani, rafni va juda kam hollarda qit'a cho'kindilarining cho'ktirilmagan yotoqlarini o'z ichiga oladi. 

QALQON VA PLITALAR
Ushbu turdagi tektonik tuzilmalar geologik tuzilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qalqon - bu kristalli zamin yuzasida joylashgan platformaning bir qismidir, ya'ni ular orasida cho'kindi qatlam yo'q. Yengillashtirishda qalqonlar qoida sifatida platolar va balandliklar bilan ifodalanadi. Plitalar kuchli qoldiq qatlam bilan tavsiflangan platformalar yoki ularning qismlari. Ularning shakllanishi tektonik suzish va dengizda transgression bilan bog'liq. Yengillashtirishda plitalar odatda balandliklar va pastki qismlarga to'g'ri keladi.

ANTECLISE


Ular slab maydonlaridagi eng katta ijobiy shakllarni ifodalaydi. Asoslarning yuzasi konveksdir. Elkaning qopqog'i juda kuchli emas. Anteklise shakllanishi hududning tektonik ko'tarilishiga bog'liq. Shu munosabat bilan, qo'shni salbiy sohalarda mavjud bo'lgan ko'pgina ufqlar ular ichida ko'rinmasligi mumkin. 

ARRAY VA PROTRUSIONLAR


Ular antislise mintaqaviy tuzilmalari. Arrays ularning yuqori qismlari bilan ifodalanadi. Ularda poydevor yoki tekislikda yoki Kvaterner yoshdagi cho'kindi hosilalar bilan qoplangan. Nutqlarni massiv qismlari deyiladi. Ular 100 km diametrli zinapoyaning uzun va izometrik ko'tarilishlari bilan ifodalanadi. Shuningdek, ko'milgan joylar ham bor. Ularning ustida cho'kindi qatlam keskin qisqartirilgan qism shaklida namoyon bo'ladi.

SYNECLISE


Ular plastinka shakllanishining salbiy eng katta mintaqaviy tuzilmalaridir. Bodrumning yuzasi konkavdir. Ular tekis pastga, shuningdek, yamaqlardagi qatlamlarning ko'payib ketgan burchaklari bilan ajralib turadi. Sineklislar hududning tektonik ko'chishi davrida shakllanadi. Shu munosabat bilan ularning cho'kindi qatlami yuqori quvvatga ega. 

MONOKLINS


Ushbu tektonik tuzilmalar qatlamlarning bir tomonlama moyilligi bilan ajralib turadi. Ularning burchagi kamdan-kam uchraydi. Monoklinning chegaralari orasida bo'lgan salbiy va ijobiy tuzilmalar darajasiga qarab uning toifasi boshqacha bo'lishi mumkin. Cho'kindi qoplamaning mintaqaviy tuzilmalaridan grabens, horstlar va egarlar qiziqish uyg'otadi. Ikkinchisi sirt balandligi oraliq joyini egallaydi. Eshaklari atrofidagi salbiy tuzilmalar ustida joylashgan, ammo ularning ijobiy jihatlari.

KATTALASHGAN JOYLAR


Ular korteks qalinligida keskin o'sish bilan tavsiflanadi. Tog'li qatlamlar litosfera hududlari yaqinlashganda hosil bo'ladi. Ularning aksariyati, ayniqsa yoshlar, yuqori seysmik harakatlar bilan ajralib turadi. Formatlarning yoshi tog 'kattalashgan maydonlarni tasniflashning asosiy printsipidir. U eng kichik burmalangan qatlamlar tomonidan o'rnatiladi. Tog'lardagi tog 'tizmalari quyidagilarga bo'linadi:

  1. Hersiniyan.

  2. Kaledoniya.

  3. Alpin.

  4. Jimmy.

Bu tasnif juda shartli hisoblanadi, chunki ko'pchilik olimlar qatlamlikning davomiyligini tan oladilar. 

KATLAMALI BLOKLI BLOKLAR


Bu hosilalar gorizontal va vertikal tektonik harakatlarning ilgari paydo bo'lgan va tez-tez vayron qilingan tizimlar chegaralarida qayta jonlanishiga bog'liq. Shu munosabat bilan katlama-blok tuzilishi Paleozoy va undan oldingi bosqichlar uchun yanada xosdir. Masiflarning yorilishi, asosan, tosh shakllanishining tuzilishiga o'xshaydi. Biroq, bu har doim katlama-bloklar joylarida ko'rinmaydi. Masalan, yosh tog'larda antiklinor tuzilmalari tog' tizmalariga mos keladi, va sinxlinikalar tog'lar oralig'iga to'g'ri keladi. Qatlamli bo'linmalarda va ularning atrofida o'z navbatida marginal va rivojlangan vodiylar va vodiylar ajralib turadi. Ushbu formasyonlar yuzasida tog 'hosilalari - Molaslar vayron bo'lishidan kelib chiqadigan yirik mahsulotlarga egadirlar. Taglik toshlari shakllanishi litosfera joylarining subduktsiya natijasidir.

MARKAZIY ROSSIYA


Har bir katta tabiiy kompleks katta maydonning yagona geostrktriy maydoni sifatida namoyon bo'ladi. Bu muayyan geologik yoshdagi platforma yoki katlama tizim bo'lishi mumkin. Har bir shakllanish relyefda mos tushunchaga ega. Ularning barchasi iqlim sharoitida, tuproq va o'simlik qoplamining xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uralsning tektonik tuzilishi asosiy e'tiborga loyiq. Zamonaviy davlatda bu megalitlinoriya, bir necha antiklinorlardan tashkil topgan bo'lib, cho'zilgan meridyenlik va sinxlinika bilan ajralib turadi. Ikkinchisida uzunlamt vodiylarga, birinchi tog' tizmalariga to'g'ri keladi. Urtalt asosiy antiklinori asosiy ta'limdan o'tadi. Rifiy konlarining tarkibiga ko'ra, ularning to'planishi vaqtida intensiv pasayish sodir bo'lgan. Shu bilan birga, u bir necha bor qisqa muddatli tovushlar bilan almashtirildi. Rifiy okeanining oxiriga kelib, Baikalning katlamlari paydo bo'ldi . Kambriyaliklar ko'tarila boshladi. Bu davr mobaynida deyarli barcha hududlar erga aylandi. Bu quyi Kambriyen shakllanishi, marmar va kvartsitlarning yashil slanetslari bilan ifodalanadigan cho'kindilarning juda cheklangan taqsimlanishi bilan ko'rsatiladi. Uralning quyi qatlamdagi tektonik tuzilishi, shu bilan birga, Baikal katlamini shakllantirishni tugatdi. Natijada, keyinchalik paydo bo'lganlardan farqli bo'lgan joylar paydo bo'ldi. Ular Sharqiy Evropa platformasida Timan-Pechora marginining asosini tashkil qilishda davom etmoqdalar.

SIBIR TEKTONIKASI TARKIBI: ALDAN TOG'LARI


Ushbu hududda hosilalar oldindan gnayslar va Proterozoy shistlaridan tashkil topgan. Ular Prekambriya Sibir Platformasiga tegishli. Biroq, tektonik struktura ega bo'lgan ba'zi xususiyatlar haqida gapirish kerak. Aldan tog'lari janubiy shimolidagi janubiy shimoliy okeanlari va platformalar o'rtasidagi Meso-Senozoy tarixi davomida rivojlangan. Ko'pgina joylarda kristall bazalt toshlar yuzaga keladi. Ular nozik granitlar, qadimgi kvartsitlar, marmar va gnayslar bilan ifodalanadi. Shimoliy tog' yonbag'rida asos bo'lib, uning asoslari taxminan 1,5 km chuqurlikda joylashgan. Uning jinslari geologik rivojlanishning turli bosqichlarida granit aralashuvi bilan parchalanadi.

EVROPA QISMI


Bu erda Khibin tog'lari qiziqish uyg'otmoqda. TEKTONIK struktura yassilashib ketgan parchalanib ketgan tekisliklar bilan ifodalanadi. Kola yarimoroli va Kareliya hududlarini egallaydi. Khibiny tog'larini hosil qilgan tektonik strukturlar zilzilalar va chiqindilar shaklida paydo bo'ldi. Ular erni oldindan belgilab oldilar. Hududning gidroksidi massivi ko'p fazali murakkab intruziyalardan biri bilan ifodalanadi. Gneiss Archaean kompleksi va Varzuga-Imandra formasining Proterozoy tuzilmalari chegarasida, shuningdek, r bo'ylab harakatlanadigan asosiy transvers yoriq zonasida joylashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b.T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.

  1. Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.

5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru

Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin