1-ma’ruza “Raqamli iqtisodiyot” fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 453,95 Kb.
səhifə3/10
tarix04.01.2023
ölçüsü453,95 Kb.
#78381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma’ruza Raqamli iqtisodiyot..

6. Vositachilarsiz ishlash – vositachilarda ehtiyoj bo‘lmaydi. Ko‘plab tashkilotlar o‘z mijozlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi, bu esa yetkazib beruvchilar va mijozlar o‘rtasida axborot almashinuvini yengillashtiradi.

  • 6. Vositachilarsiz ishlash – vositachilarda ehtiyoj bo‘lmaydi. Ko‘plab tashkilotlar o‘z mijozlari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi, bu esa yetkazib beruvchilar va mijozlar o‘rtasida axborot almashinuvini yengillashtiradi.
  • 7. Konvergensiya – iqtisodiyotning yetakchi sohasi hisoblanadi, aloqa va Internet texnologiyalarining yaqinlashuvi sifatida yaratilgan. Bular birgalikda raqamli iqtisodiyot bog‘liq bo‘lgan platformalardan biri bo‘lgan interfaol multimedia yaratadilar.
  • 8. Innovatsiya – Raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsiyalarga asoslanadi. Innovatsion iqtisodiyotda inson tasavvuri va ijodkorlik qiymatning asosiy manbai hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy muammo innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yaratish murakkabligi.
  • 9. Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi munosabatlarining o‘zgarishi – sanoatlashgan jamiyatida muhim jihatlardan biri ommaviy ishlab chiqarish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida asosiy yo‘nalish

mahsulot (mahsulot yoki xizmat) ni tashkil etishdir. Ayni paytda, iste’molchilar o‘zi sotib olayotgan tovar yoki xizmatlari ishlab chiqaruvchisiga o‘sha mahsuloti haqida o‘z fikrini bildirishi, takliflar bildirishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni bildirishi mumkin.

  • mahsulot (mahsulot yoki xizmat) ni tashkil etishdir. Ayni paytda, iste’molchilar o‘zi sotib olayotgan tovar yoki xizmatlari ishlab chiqaruvchisiga o‘sha mahsuloti haqida o‘z fikrini bildirishi, takliflar bildirishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni bildirishi mumkin.
  • 10. Samaradorlik - mijozlar ko‘proq ma’lumotga ega va sifatli xizmatni xohlashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tufayli mahsulotni buyurtma qilish, ishlab chiqarish va yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i keskin kamayadi.
  • 11. Globallashuv – raqamli iqtisodiyotda, bilim asosiy resursga aylanganda, tashkiliy tuzilmalar o‘z hududlarida faoliyat yuritsa ham, faqat bitta jahon iqtisodiyoti mavjud. Globallashuv yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rag‘batlantiradi va amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, tashkiliy tuzilmalar ko‘p millatli emas, balki global.
  • 12. Kelishmovchilik – har bir yangi taraqqiyot ortidan bir o‘zgarish keladi, shuningdek, ular bilan qarama-qarshiliklar va sekin moslashish ham. Natijada mojaroli vaziyatlar yuzaga keladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologik jihatdan savodli mutaxassislar va texnologiyaga kirish imkoniga ega bo‘lmagan mutaxassislar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqda va kelajakda jamiyat uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 453,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin