1-ma’ruza “Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya " fanining predmeti va vujudga kelish tarixi. "Metrologiya haqida" O`zbekiston respublikasi qonunilari. Tayanch so`zlar
1-MA’RUZA “Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya " fanining predmeti va vujudga kelish tarixi. "Metrologiya haqida" O`zbekiston respublikasi qonunilari.
Tayanch so`zlar: metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlash-tirish, o`lchash, antropometrik o`lchash birliklari.
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari Metrologiya fan sifatida o`lchashlar, ularga bog`liq va tegishli bo`lgan qator masalalarni o`z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo`lib, o`lchash, o`lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma`nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo`lsak, metrologiya - o`lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o`rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo`nalishini olmaylik, albatta o`lchashlarga, ularning turli usullariga, o`zaro bog`lanishlariga duch kelamiz. Bu o`lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o`lchashni talab etilgan aniqlikda ta`minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo`nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo`lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog`liq. Inson qo`li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o`lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o`rganilgan, izlangan hamda ko`zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo`lgan birorta yo`nalish yo`q. Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o`z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo`llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo`nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo`lib hisoblanadi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo`nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o`tilishi lozim bo`lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta`lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo`yicha zarur va yetarli bo`lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini o`rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo`jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste`mol bilan bog`liq bo`lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo`yicha masalalar bilan shug`ullanish, hamda me`yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta`lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo`yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o`lchash va sertifikatlashtirish bo`yicha fundamental ma`lumotlar o`rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo`lishidan qat`iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko`satkichi) bo`lishi kerak. Agarda har bir inson o`z ishiga yuqori ma`suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko`rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo`ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko`taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.