1-Ma’ruza: Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming maqsadi, vazifalari, ta'lim- tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ulaming amaliy va ekologik yo‘nalishi



Yüklə 25,45 Kb.
səhifə3/9
tarix16.05.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#114033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Ma’ruza Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming maqsadi

Guruh mashg'ulotlari. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo'lib o'tkaziladigan shakllaridan biri to'garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o'rganish imkoniyatini beradi. To'garakka a'zo bo'lish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o'z zimmasiga aniq reja bo'yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Rejaga o'quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlar kiritilishi lozim. O'qituvchining asosiy vazifasi- amaliy natijalar beruvchi faol ishlarni ta'minlashdir. Ishda har xil: o'qituvchi va o'quvchilaming tabiiy yoki tasviriy ko'rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og'zaki bayon qilishi, amaliy o'quv va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o'quvchilaming ijtimoiy-foydali mehnati va boshqa metodlar to'g'ri uyg'unlashtirilishi lozim.
Shuningdek, to'garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. Qoidalar quyidagicha:

  • ishda faol qatnashish;

  • barcha topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish;

  • har bir ishni nihoyasiga yetkazish;

  • kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish;

  • o'rtoqlariga yordam berish;

  • mashg'ulotlarga muntazam qatnashish.

To'garak ishiga o'qituvchi rahbarlik qiladi. Davomatni sardor yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg'ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o'tkaziladi.
Birinchi mashg'ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak. O'quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki ular to'garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug'ullanishlari haqida dastlabki (taxminiy) tasawurlarga ega bo'lsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko'rish, tabiatshunoslik mazmunidagi ilmiy-ommabop adabiyot o'qish bilan boshlash ma'qui.
Har bir yosh tabiatshunos yoki uch-to'rt o'quvchidan iborat kichik guruh o'qituvchi yordamida o'zlari uchun muayyan mavzuni tanlaydilar. To'garak rahbarining vazifasi har bir ishtirokchini u uddalaydigan foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To'garakda o'tkaziladigan ish xilma-xil bo'lishi, lekin umumiy maqsadga - jonajon tabiatni o'rganishga birlashtinlishi zarur. “Hamma narsani bilishni istayman to'garagining” (3-4- sinflar) ishini quyidagi reja bo'yicha tashkil qilish mumkin:

  • kirish mashg'uloti;

  • tabiatga ekskursiya “Kuz in'omlari” mavzusi;

  • “Jonajon o'lkaning qushlari”, “Yilning har xil fasllarida o'simliklar” , “Yilning har xil fasllarida hayvonlar” diafilmlarini ko'rish;

  • “Tabiat ustaxonasi”, “Soat gullar”, “Ularni muhofaza qilish kerak”kabi otkritkalar turkumi bilan ishlash;

  • “Oltin kuz” ertaligi;

  • “Qanotli do'stlarga yordam” operatsiyasi;

  • tabiat (o'lkashunoslik) muzeyiga ekskursiya;

  • “Qizil kitoblar” to'g'risida suhbat; bu kitoblarga kiritilgan o'simlik va hayvonlarni tomosha qilish;

  • tabiatga ekskursiya mavzu “Sehrli dorixona”; - to'garak ishlarini yakunlash.

Mashg'ulotlarda xilma-xil: o'qituvchi va o'quvchilar hikoyasi, suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash, tajribalarga tayyorlanish va o'tkazish), tabiatda o'tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi.
O'qitishning texnika vositalari hamda qiziqarli material to'garak ishlarining majburiy elementidir.

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin