1-guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlarkiradi. Ommaviy mashg'ulotlarda kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchilar ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosilkuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar) ni o'tkazishni nazarda tutadi.
2-gurahga cheklangan o'quvchilar doirasida olib boriladigan to'garak ishlari kirib, guruh mashg'ulotlariga yosh geograflar, yosh tabiatshunoslar kabi klub ishlari kiradi. 3- guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi. Individual mashg'ulotlar devoriy gazetalar, albomlar chiqa-rishni; tirik tabiat burchagi va maktaboldi o'quv-tajriba maydonidagi, tabiatdagi ishlarni; darsdan tashqari o'qish va axborot burchagi uchun tabiatshunoslik mazmunidagi materiallar tanlashni, bolalar ilmiy-ommabop kitoblariga taqriz yozishni o'z ichiga oladi.
Individual ishlar.Tabiatni bilishga moyillik yoki hech bo'lmaganda qiziqishga ega bo'lgan o'quvchilar bilan tabiatshunoslik bo'yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o'qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va munosabati, o'quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o'ynaydi. Uning 1- sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishning zararligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o'qitishni qanday yo'lga qo'yishiga o'quv-chilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog'liqdir.
Individual topshiriqlarning mazmuni o'quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'quvchini nimaiki qiziqtirmasin - xona o'simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o'simliklar tasvirlangan marka yoki otkritkalarni to'plashmi, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar va kuzatishlar o'tkazishmi - u o'qituvchi tomonidan ma'qullanishi va quwatlanishi lozim. Individual topshiriqlar o'quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o'qituvchi tomonidan sinchiklab o'ylangan bo'lishi kerak (o'rganish obyekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo'qotmasligi uchun individual topshiriqlar bajarilishida o'qituvchi o'quvchilarga muntazam yordam ko'rsatib borishi zarur. Sinov individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida uning natijalari bilan o'quvchilarni tanishtirish zarur. Individual ishlarning amaliy ahamiyati faqat o'quvchilar uni amalga oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta'minlanadi. Shunga ko'ra bajarilgan ish to'g'risida vaqt-vaqti bilan (tabiatshunoslik darslarida yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlarda) hisobot tinglab borish foydalidir.
Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o'quvchilarning boyligi bo'lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdan tashqari ishlarga qiziqishni rag'batlantiradi, o'qituvchining tabiatga oid bilimini to'ldiradi va kengaytiradi, ularni sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.