Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalar. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, ulardan olinadigan mahsulotlar.
Qora va rangli metallar. Qora metallar. Temirtosh rudalari: magnitli, qo‘ng‘ir, qizil temirtosh. Ulardan temir eritib olish. Rangli metallar: oltin, mis, aluminiy. Ulardan yasalgan buyumlar.
Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar. Marmar. Granit. Ohaktosh. Qum va gil. Ularning ishlatilishi.
Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish. Foydali qazilmalarni nima uchun tejash kerak? Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish va ularni tejash.
BOB. TUPROQ
(2 soat) Tuproq, uning tuzilishi. Tuproqning tarkibi va tuzilishi. Undagi jonzotlar. Tabiatdagi qattiq jismlarning parchalanishi, tuproqning hosil bo‘lishi. Tuproqning unumdorligi va ahamiyati.
Tuproq unumdorligi. Tuproqning inson uchun ahamiyati. Tuproq–Ona zamin. Uning inson uchun ahamiyati, tuproqni muhofaza qilish.
BOB. O‘SIMLIKLAR DUNYOSI
(9 soat) Tabiiy o‘simliklar. O‘tlar, butalar, daraxtlar. O‘simliklarning nafas olishi va oziqlanishi, ularning rivojlanishi.
Madaniy o‘simliklar. G‘o‘za, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori, ularni parvarish qilish va hosilini yig‘ish. Foydali va zararli o‘simliklar.
Kartoshka. Sabzavotlar. Kartoshka. Sabzavotlar: piyoz, sabzi, karam va pomidor.
Qulupnay. Ularni parvarish qilish va hosilini yig‘ish.
Begona o‘simliklar. Begona o‘simliklar haqida tushuncha. Zarpechak, g‘umay, machin, salomalaykum. Ekin maydonlarni begona o‘tlardan tozalash.
Poliz ekinlari. Poliz ekinlari: tarvuz, qovun, pomidor, bodring va qovoq, ularni parvarish qilish.
Mevali daraxtlar. Mevali daraxtlar butalar. Tok.
Manzarali o‘simliklar. Manzarali daraxtlar va butalar, ularni ko‘paytirish va parvarish qilish. Gullar, ularni ko‘paytirish va parvarish qilish. Maktab gulzorida gullarni ekish va parvarish qilish.