1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
14-MAVZU: IJODKORLIK MASALALARINI HAL QILISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Bo‘lajak texnologiya ta’lim o‘qituvchilari pedagogik va muhandislik bilimlariga ega bo‘lishlari kerakligi malaka talablari va davlat ta’lim standartlarida belgilab qo‘yilgan.
Bir tomondan tayanch kompetensiyalarni belgilash bo‘yicha nazariy tushunchalarni tahlil etish, taqqoslash va umumlashtirish va, ikkinchi tomondan, texnologik ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish orqali kompetensiyalarning belgilangan barqaror guruhlarini quyidagicha birlashtirishga erishildi.
mehnat bozori va texnologiya ta’limi sohasida vaziyatni tahlil qilish va baholay olish ko‘nikmasi, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsata olish, huquqiy me’yorlar va mehnat munosabatlari etikasini bilish kabilarni ta’minlaydigan umumkasbiy kompetensiya;
psixologikpedagogik kompetensiya;
texnologiya ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari darajasiga mos keladigan sohaga oid kompetensiya.
Tizimli kompetensiya, mazkur kompetensiyani egallash natijasida insonning ham kasbiy jihatdan, ham shaxsiy va ijtimoiy hayotda mustaqil ravishda bilim olish faoliyatiga, refleksiyaga, ijodkorlikka, jismoniy va psixik jihatlardan o‘zo‘zini boshqarishga, rivojlantirishga va takomillashtirib borishga qodirligi va tayyorligi shakllantiriladi.
Tizim bu – ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni echish maqsadiga qaratilgan funksiya tuzilmasi. Tizimli-tuzilmaviy (amaliy, asosli) yondashuv ob’ektning tuzilish xususiyatlarini yaxlit, tarkibiy qismlarga berilgan vaqt oralig‘i bo‘yicha bo‘laklangan holatda qarab chiqishni ko‘zda tutadi.
Ijodkorlikni tadqiq qilish mustaqil ta’lim olish va ijodiy individuallikni rivojlantirish maqsadida ijodkorlik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarishning ijodiy jarayonni innovatsion amaliyotda modellashtirish (aynan yaratuvchanlik faoliyatida shaxsning kreativ potensiali rivoj topadi) bilan bog‘liq maqbul shakllarini aniqlash imkonini berdi. Bu o‘rinda yuzaga keladigan murakkablik ijodiy hamkorlik faoliyatini yaxshiroq tashkil qilish hamda boshqarish bilan belgilanadi, zero, bunda ongli ijodiy individuallikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglanmaydigan jarayonlari ham shakllanadi
Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko’zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko’rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o’rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo’yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko’rinishlarda bo’ladi, buni quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin.
1-misol.Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatasion sarf xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinasiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati- berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, - ] ko’rinishdagi to’liq bo’lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to’liq bo’lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [ -, H ]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol.Masalaning qo’yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg’i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo- yonilg’ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo’nalishi belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni bo‘lajak o‘qituvchi individualligini, ya’ni ayni sharoitda ijtimoiy ta’sir ob’ekti bo‘lgan psixologik xislat va sifatlarni rivojlantirish uchun imkoniyat beradi. Bunga birinchi navbatda bo‘lajak o‘qituvchining maqsadni qo‘ya olish, bilim olish motivatsiyasi, erishgan yutuqlari va boshqa motivatsiyalari, bilish qobiliyatlari, o‘quv-pedagogik vazifalarni hal qila olish usul va yo‘llarini egallaganlik darajasini qamrab oluvchi o‘quv jarayoni kiradi. SHu bilan birga atrofdagilar ta’sirida boshqa kasbiy va hayotiy jihatdan muhim jarayonlar (o‘zligini anglash, o‘z-o‘zini baholash) ham rivoj topishi mumkin.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari kasbiy-pedagogik ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – talabalar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanlik, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish bilan; ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarning izchilligini va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo‘lajak mutaxassislarning fan asoslarini o‘zlashtirishi, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqilgan model o‘quvchilar kasbiy ahamiyatli shaxsiy sifatlarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsad bo‘lajak mutaxassis shaxsi tuzilmasining motivatsion-maqsadli darajasini, umuminsoniy va kasbiy ahamiyatli maxsus sifatlarini shakllantirish, individual-tipologik xususiyat, layoqat va xarakter xislatlarini rivojlantirish orqali amalga oshirishni nazarda tutadi