Dizayn tushunchasi. Dizayn - ingliz tilidan olingan bo‘lib chiroyli, shinam, yaxshi chiroyli loyiha degan ma’noni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom - konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog‘liq. Baho berish funksional, estetik, ijtimoiy nufuzli bo‘lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug‘ullanadigan kishi o‘zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim.
Badiiy modellashtirishning mazmuni. Buyumning tashqi formasi geometrik shakllar parallelepiped, prizma, silindr, konussimon. Nisbatlar- bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan mustahkam bog‘liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarni, ranglarni). Hajmi fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o‘lchovga ega bo‘lib, bu o‘lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. SHu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristika uning asosiy o‘lchovlariga bog‘liq bo‘ladi. Material-ob’ekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik forma go‘zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proporsional va ritmik bo‘lib, u odamga va atrofdagi bo‘limlarga mos plastik bo‘ladi, rangi ko‘zni quvontiradi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan ob’ektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.
Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi. YAratilayotgan har qanday ob’ekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Ob’ektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga mazmuni va tashqi qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi.