17-MAVZU: TEXNIKA OB’EKTLARNI KONSTRUKSIYALASH VA BADIIY MODELLASHTIRISH
Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirish muammosi bo‘yicha quyidagi ilmiy natijalar olingan: bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarda texnik ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Monodzukuri” texnologiyalari ishlab chiqilgan (AICHI university of Education); kompetentli yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning kognetiv, affektiv va psixomotorik asoslari takomillashtirilgan (National Institute Of Technical Teachers Training And Research); o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy didaktik vositalari asosida talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishning integrativ texnologiyalari ishlab chiqilgan (Shaansi Normal University); bo‘lajak o‘qituvchilarda texnik ijodkorlikni shakllantirish jarayonini loyihalash (modellashtirish) metodlari tizimlashtirilgan va uning loyihaviy-konstruktiv mazmuni takomillashtirilgan (Princeton university); innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual va psixoemotsional rivojlantirish tizimi yaratilgan (Belfield pedagogical university); mediatexnologiyalar va t’yutorlik tizimini joriy etish orqali talabalarda ijodiy-tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan (National Advice on pedagogical technology); ta’lim jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish asosida ijodkorlikni rivojlantirishning intellektual tizimlari ishlab chiqilgan (Rossiya); o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy didaktik vositalari asosida talabalarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishning integrativ texnologiyasi, “Smart University” loyihasi va pedagogik ta’lim klasterlari yaratilgan (O‘zbekiston).
Texnik loyihalash jarayoni.Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o‘z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis ob’ektidan kelajak tomon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruksiyasini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Loyihalashda dastlab bosqichida erishilishi lozim bo‘lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So‘ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g‘oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo‘llash yo‘nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi. Bunda model ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi.
Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastlabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashinaning prinsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari; avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi; uni tayyorlovchi korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo‘yilgan texnik talablar.