Ning “Boshlang’ich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologyasidan foydalanish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga taqriz



Yüklə 34 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü34 Kb.
#134918
02 tashqi taqriz Umida


Namangan davlat universiteti 5A111701-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi Po’latova Umidaning Boshlang’ich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologyasidan foydalanish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga


TAQRIZ

Respublikamizda ta’lim-tarbiya sifati, xususan, boshlangʻich ta’lim samaradorligini oshirish, raqobatbardosh boshlangʻich ta’lim oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, boshlangʻich ta’limning integratsion oʻquv-uslubiy tahminotini mustahkamlashga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, integrallashgan ta’lim texnologiyalarini qoʻllashning metodik mexanizmlarini aniqlashtirish, integratsion mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga alohida zarurat mavjud. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va roʻyobga chiqarish, bolalar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa boshlangʻich ta’lim samaradorligini oshirishda integrallashgan oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, didaktik va metodik talablarni, tashkiliy faoliyat shakllarini aniqlashtirishni taqozo etadi.


Mazkur ish ana shunday dolzarb mummo tadqiqiga bag’ishlangan bo’lib, tadqiqot obyekti sifatida boshlangʻich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologiyasidan foydalanish jarayonlari olingan.
Tadqiqotning predmeti: Boshlangʻich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologiyasidan foydalanish mazmuni va metodik shart-sharoitlaridan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keluvchi muammoga doir falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar qiyosiy tahlil qilindi. Oʻquv dasturlari, darslik va ta’limga oid hujjatlar oʻrganilgan; sotsiologik-pedagogik (kuzatish, suhbat, anketa, soʻrovnoma); pedagogik eksperiment, matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot maqsadi boshlangʻich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologiyasidan foydalanishga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat etib belgilangan.
Mazkur ishda boshlangʻich ta’lim jarayonida integrativ ta’lim texnologiyasidan foydalanishga doir texnologiyalarning didaktik xususiyatlari, tayanch tushuncha va bilimlar, koʻnikma, malakalar kompetensiyalarni ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) bilan integratsiyasi asosida aniqlashtirilgan; integratsiyalashgan oʻqitish orqali boshlangʻich ta’lim samaradorligini baholash mezonlari ona tili va oʻqish savodxonligi, tarbiya, matematika, tabiatshunoslik (atrofimizdagi olam) fanlarining integratsiyasini qoʻllash asosida oʻrganilgan; boshlangʻich ta’limda integratsiyalashgan oʻqitish jarayonlarini tashkil etishga doir didaktik modelning metodik komponenti oʻquv harakatlari izchilligining (tayyorlov, loyihalash, amalga oshiruvchi, yakuniy) integrallashgan dars tuzilmasi (adaptiv, amaliy, umumlashtirish, refleksiya) bilan qayta aloqasi intensivlash darajasiga muvofiq takomillashtirilgan; integratsiyalashgan darslarda qoʻllaniladigan texnologiyalardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatilgan barcha talablarga mos keladi. Bu ishni rasmiy himoyaga tavsiya etaman va bu ishni yuqori baholashga arziydi deb hisoblayman.


Farg‘ona davlat pedagogika
instituti (PhD) Sh.Sh.Qalandarov
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin