QAZIB OLUVCHI KOMBAYN ISH UNUMDORLIGINI HISOBLASH REJA
1. Kon lahimlarini o’tish kombaynlari, ularning turlari, qo’llanilish va ishlatilish shart-sharoitlari.
2. Lahim o’tish kombaynlari, ularning klassifikatsiyasi, asosiy qismlari va ish bajaruvchi mexanizmlari.
3. Qazib oluvchi kombayn ish unumdorligini hisoblash
Lahim o’tish komplekslari funktsional mashinalari o’zaro turli bog’likliklarga ega bo’ladi. Tanlab qaziydigan davriy ishlaydigan kombaynli lahim o’tish kompleksi struktura formulasi (V+P – K) ko’rinishga, uzluksiz ishlaydigan burg’ilovchi printsipli kombaynli lahim o’tish kompleksi struktura formulasi ko’rinishga ega bo’ladi.Yuqorida ko’rib chiqilgan tizimli tahlil bazoviy formulasiga binoan barcha mashinalar komplekslari to’plamini 21 ta guruhga, mashinalar orasidagi o’zaro bog’liklik o’zgarishlariga asosan esa 123 ta guruhga bo’lish mumkin.
Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: yer osti konlarida – tayyorlov lahimlarini o’tish, shpurlar hosil qilish; ochiq konlarda – qoplama tog’ jinslarini olib tashlash, qazib olinuvchi bloklarda skvajinalar hosil qilishdan iboratdir. Bu texnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga ega bo’lgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab etiladi. Xuddi shuningdek, foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish ishlarida ishlatilayotgan elektromexanik vositalar ham kon korxonasi texnologik zanjiriga mos kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy qilib quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, qazib-yuklash va tashish tizimini olib qaraylik. Foydali qazilmani qazib olayotgan kombayn yoki ekskavator katta unumdorlikli bo’lsada, tashish mashinasi kichik quvvatli yoki unumdorlikka ega bo’lsa, bunda tashish ishlari orqada qolib ketadi, kon mashinasi esa bo’sh turib qoladi va aksincha. SHuning uchun kon korxonasida ishlatilayotgan har bir mashina o’z texnologik zanjirida har taraflama bir-biriga mos kelishi talab etiladi. Tog’ jinsini qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib olingan foydaliqazilmani iste’molchiga jo’natishgacha bo’lgan uzluksiz texnologik tsikldan iborat bo’lib, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funktsional belgilarga qarab bir nechta toifalarga bo’linadi.
1. Yer osti lahimlarini o’tuvchi mashina va kompleks uskunalari.
2.Foydali qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari.
3. Yer osti va usti transport mashinalari va komplekslari.
4.Yuk ko’taruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnevmoenergiyaberuvchi turgun mashinalar.
5. Boyitish korxonalarining mashina-mexanizmlari.
6. Energetik uskuna va apparatlar.
Kon mashinalari. Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o’tishning quyidagi texnologik sxemalari va uskunalari qo’llaniladi:
- Burg’ilab-portlatish usulida lahim o’tish texnologik sxemasi va uskunalari.
- Tanlab qaziydigan kombayn bilan lahim o’tish usulining texnologik sxemasi va uskunalari.
- Qalqon tagida himoyalangan uskunalar bilan tor yoki keng kavjoyli lahim o’tish texnologik sxemasi va uskunalari.
- Burg’ilovchi printsipli-tutashtiruvchi kombaynar va mashinalar yordamida lahim o’tish texnologik sxemasi va uskunalari.
- Gidromexanizatsiya usulida lahim o’tish texnologik sxemasi va uskunalari.
Gorizontal kon lahimlarini o’tishda shpurlar burg’ilash BUE 1, BUE1M, BKG 2, BUEZT, elektr yuritgichli va BU 1, BU1M, BUR2, 1SBU 2 pnevmo yuritgichli burg’ilash qurilmalari yordamida bajariladi. Ushbu burg’ilash qurilmalari gorizontal va qiyaligi 100 gacha bo’lgan lahimlarni qattiqlik koeffitsienti 16 dan kam bo’lgan jins yoki foydali qazilma yotqizig’i orasidan o’tishda qo’llaniladi.Gorizontal va yotiq (qiyaligi 10o gacha bo’lgan) lahimlarni yumshoq jins yoki ko’mirdan o’tish lahim o’tuvchi kombaynlar yordamida bajariladi. Lahim o’tuvchi kombayn – bu lahim o’tishda yoki kon jinsini kavjoy massivdan ajratib olib, uni yig’ishtirib olish va transport vositalariga yuklab berishni bajaruvchi kombinatsiyalashgan mashinadir. Lahimlarni kombayn bilan o’tishda jinslarni lahim kavjoyidan ajratib olish va uni yuklash jarayonlari bir vaqtda, parallel bajarilishi tufayli lahim o’tish tezligi burg’ilab-portlatish usuliga nisbatan 3-5 barobar katta, mehnat unumdorligi 2-3 barobar ko’p, lahim o’tish qiymati 50-60% gacha kam bo’lib, lahim o’tish ishlarining xavfsizlik darajasi yuqori bo’lishi ta’minlanadUzluksiz ishlaydigan mashinalar (2PNB2 ,1PNB2B va boshqalar) o’rmalovchi mashinalar bo’lib, ikkita sidirg’ich «qo’llar» ularning ish organi hisoblanadi. Mashina qo’llari uzluksiz yon tomondagi maydalangan jinslarni (ko’mirni) sidirib, sidirg’ichli yoki plastinkali konveyerga tushirib beradi va jinslar konveyer orqali transport vositalariga yuklanadi.Yuklash mashinasini tanlab olishga qator omillar ta’sir etadi, asosiylari: yuklanadigan kon jinsining tavsifi; lahim ko’ndalang kesim yuzasining o’lchamlari; lahimning qiyalik burchagi; shaxtaning gazdorlik holati va boshqalar. SHaxtalarda qiya kon lahimlarini burg’ilab-portlatish usulida o’tish uchun maxsus lahim o’tuvchi komplekslar yaratilgan. Masalan, «Sibir-1» kompleksi MDX mamlakatlari ko’mir shaxtalarida keng qo’llanilmoqda. Bu kompleks konstruktiv texnologik jihatdan o’zaro bog’langan uskunalar tizimi ko’rinishida bo’lib, chig’ir (lebedka) yordamida relsda harakatlanadi.Karьerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositalariga yoki kon jinslari ag’darmalariga eltib berishni o’z ichiga oladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan ekskavatorlar bajaradi. SHu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo’lib, qazish-yuklash ishlari deb yuritiladi. Karьer (razrez)larda qazib-yuklash ishlari uzlukli(tsikli) va uzluksiz printsipda ishlaydigan ekskavatorlar yordamida bajariladi. Bir cho’michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g’ildirakli skreperlar, buldozerlar va shu kabi mexanizmlar tsiklli qazib-yuklovchi mashinalar hisoblanadi. Bu mashinalarning ishchi organi davriy ravishda xarakatlanuvchi faqat bitta cho’mich yoki qirqish unsuri (buldozer pichog’i-lemexi) dan tashkil topadi. Uzluksiz printsipda ishlaydigan mashinalar (ko’p cho’michli zanjirli va rotorli ekskavatorlar) ishchi organi (cho’michli, qirg’ichli) xalqasimon traektoriya bo’yicha xarakatlanishi tufayli kon jinslarini qazib olib yuklash ishlarini uzluksizligini ta’minlaydi.
Kon lahimini o’tish mashinalariga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) iqtisodiy talablar – ularni barpo etish sharoiti va ishlatish sharoiti; 2) sotsial talablar-ishlatilayotganda va ta’mirlashda to’la xavfsizlik; 3) texnik talablar-yuqori darajada mustaxkam, ishonchli, yuqori quvvatli, kam energiya sarf qilish, ixcham, unumdorli; 4) maxsus talablar –ish joyi torligi, namlik, gaz xavfi, portlash xavfi va h.k.Lahim o’tish va kon-qazish ishlari kon-texnik sharoitlariLahim o’tish va kon-qazish ishlarikon-texnik sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Foydali qazilma maydonini ochish sxemasi: vertikal, qiya stvol va shtolьnyalar yordamida;
2. Kon maydonini qazib olishga tayyorlash sxemasi: qavatli, panelli va blokli sxemalar;
3. Qazib olish tizimi;
4. Yerosti lahimlarining ko’ndalang kesim yuzasi va ularni mustaxkamlash;
5. Yerosti lahimlari uzunligi, egriligi va profili;
6. Kon qanotlarining va alohida qazib oluvchi uchastkalarining ishlash muddati;
7. SHaxtaning ish rejimi.
Lahim o’tish kompleks uskunalari
Lahim o’tuvchi komplekslar – lahim o’tish texnologik jarayonidagi asosiy va yordamchi ishlarni to’la mexanizatsiyalashtirishni ta’minlovchi kon va transport mashinalari va mexanizmlarining bir-birlarini to’ldiruvchi tizimidir.
Lahim o’tuvchi komplekslar quyidagi asosiy belgilari bo’yicha sinflanadi:
- lahimni o’tish usuliga ko’ra – kombaynli yoki burg’ilab-portlatish bilan o’tuvchi; lahimning qiyaligiga ko’ra – 10° gacha, 11 dan 20° gacha va 35° gacha qiyalikdagi lahimlarni o’tuvchi;
- doimiy mustahkamlagichning o’rnatilish joyiga ko’ra – ish joyidan orqaroqda va kovjoyda joylashadigan; lahim yuzasining shakli bo’yicha – aylana, arkasimon, trapetsiyali, to’g’ri burchakli, oval shakldagi va h.;
- lahim turi bo’yicha – konveyer o’rnatiladigan, bir yo’lli va ikki yo’lli temir yo’lga mo’ljallangan;
- mustahkamlagichlar turi bo’yicha – ankerli, yog’ochli, metall, tyubingli, sochma betonli, monolit betonli;
- lahimning ishga mo’ljallanishi bo’yicha – ko’mir va slanetsdan o’tuvchi qirquvchi (pech, prosek va boshq.) lahimlar, ko’mir va aralash zaboylardan o’tuvchi tayyorlov lahimlari, qoplama jinslardan o’tuvchi asosiy (polevoy shtreklar, kvershlaglar) lahimlarni o’tuvchi.
Lahim o’tish usuliga ko’ra komplekslar uchta asosiy guruhga bo’linadi: lahimlarni kombayn bilan o’tuvchi , lahimlarni burg’ilash-portlatish va gidromexanizatsiya usullari bilan o’tuvchi komplekslar.
Lahimlarni burg’ilash-portlatish usuli bilan o’tuvchi komplekslarni adabiyotlarda va ishlab chiqarishda “lahim o’tish komplekt uskunalari” deb yuritiladi. Lahim o’tish komplekt uskunalari tarkibida shpur burg’ilovchi burgilash qurilmasi, shpurlarni zaryadlash va portlatish uskunalari, yuklash mashinasi yoki uskunasi, zaboyni shamollatish qurilmalari texnologik ketma-ketlikda ishlatiladi. Lahim o’tish tsiklida barcha mashina va uskunalar texnologik bog’liqlikda ma’lum vaqt intervalida ishlatiladi.Hozirgi vaqtda ko’plab lahim o’tish komplektlari yaratilgan bo’lib, Rossiyada “Sibirь” lahim o’tish komplekti ko’p ishlatiladi.“Sibirь” lahim o’tish komplekti gaz va changdan xavfli bo’lgan shaxtalarda qattiqligi f=16 gacha bo’lgan kon jinslaridan kesim yuzasi 12 dan 25 m2 gacha, 25 gradusgacha bo’lgan qiyalikdagi kon lahimlarini o’tishni mexanizatsiyalashtirish uchun mo’ljallangan. Komplekt tarkibidagi uskunalar zaboyda shpurlarni burg’ilash, kon jinslarini skipga, vagonchaga yoki konveyerga yuklash, doimiy metall tyubing yoki arkali mustahkamlagichlarni o’rnatish ishlarini mexanizatsiyalashtiradi. “Sibir” lahim o’tish komplekti (18.1-rasm) g’ildirak-relьsli yurish uskunasiga ega bo’lgan va qiya lahimda lebedka kanatlariga osilgan platforma 1, platformaga o’rnatilgan ikkita yon tarafga yuk to’kuvchi gidravlik yuklovchi mashina 2 va 3 lar, bunkeli qayta yuklagich 6, ikkita burg’ilash mashinalari 4 va 5 va mustahkamlagichlarni o’rnatuvchi uskuna Komplekt tarkibidagi burg’ilash, yuklash va mustahkamlagichlarni o’rnatuvchi mashina va uskunalar alohida boshqaruv pulьtlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari komplekt tarkibiga zaboydagi suvni chiqarib tashlovchi nasos va gidroyuritmali gaykovertlar ham kiradi. “Sibirь” lahim o’tish komplekti yordamida bir oyda 140 m qiya lahimni o’tish mumkin. Komplektning massasi 40 t, uzunligi 16,7 m, kengligi 3 m, balandligi 3,16 m ni tashkil etadi.