5– amaliy mashg’ulot Dаvriy ish rejimidа ishlаydigаn elektr texnologik qurilmаlаrning quvvаt isroflаrini hisoblаsh vа tаqsimlаsh.
Nazariy malumotlar: Elektr kontaktli payvandlash yuqori unumdorli, ko’p hollarda esa metallarni yagona va tejamkor payvandlash usuli hisoblanadi. Kontaktli payvandlash mashinalari umumsanoat va maxsus payvandlash mashinalariga bo’linadi.
Kontaktli payvandlash qurilmalarida asosiy element bo’lib payvandlash transformatori hisoblanadi, u elektrotexnik po’latdan yig’ilgan o’zak va epoksid kompaund quyilgan chulg’amlardan iborat bo’ladi. Shungdek kontaktli payvandlash qurilma tarkibiga integral sxemalar asosida qurilgan boshqarish apparaturasi kiradi, bularda tokni uzib-ulash uchun tiristorlar qo’llaniladi. Qurilma takibidagi pnevmatik va gidravlik apparatlar ham yuqori unumdorlikka ega va ishonchli bo’ladi.
Tok turi, energiyani o’zgartirish va to’plash bo’yicha payvandlash mashinalari quyidagilarga bo’linadi:
o’zgarmas tokli, buda ikkilamchi konturidagi tok to’g’rilanadi;
uch fazali, past chastotali tiristorli o’zgatgichlar bilan;
energiya to’plash xususiyati bilan (kondensatorli, elektromagnit tizimli, aylanuvchi qismlardan iborat qurilmali).
5.1 – rasm: Kontaktli payvandlash mashinalarini elektr qismini struktura sxemalari:
1- detal, 2- ikkilamchi kontur, 3- transformator, 4- ulab-uzgich; 5- kontaktor; 6- to’g’rilagich; 7- kommutator; 8- energiya to’plovchi; 9- transformator; 10- boshqarish appatrasi.
Payvandlash mashinasini prinsipial sxemasi. Past chstotali payvandlash mashinalarida 3 fazali 50 Gts sanoat chastotasini past chastotali(5-20 Gts) tok impulsiga aylantiruvchi o’zgartgichlar qo’llaniladi. Bunda T payvandlash transformatorini birlamchi chulg’amiga qisqa vaqt davomida kuchli ignitron to’g’rilagich ulanadi(5.2-rasm). Bunday mashinalar quyidagi avfzalliklarga ega: payvandlash toki impulsining silliq ortishi va kamayishi, kichik iste’mol quvvatlarda uch fazali tarmoq yuklamasini turg’unligi, quvvat koeffitsientini yuqoriligi.
5.2 – rasm. Past chastotali to’g’rilagichning sxemasi:
T – payvandlash transformatori; PP – paketli ulab-uzgich.
Kontaktli payvandlash mashinalarni unumdorligini oshirish va payvandlash sifatini yaxshilash uchun payvandlash tokini oqib o’tish vaqtini nazorat qilib turish zarur bo’ladi, bu payvandlash qurilmalarni boshqarish sxemasidagi elementlari yordamida bajariladi: payvandlash tokini uzgichlari, vaqt regulyatorlari va boshqalar. Payvandlash tokini uzgichlarini bir necha turi mavjud: asinxron elektromagnit kotaktorlar, sinxronlashtirilgan elektromagnit kotaktorlar, ignitron uzgichlar va h.q.
Kontaktli payvandlash mashinalarini transformatori bir fazali bo’lib, uning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanishi pog’onali o’zgartirilishi mumkin. Osma RTAR-150 tipli kontaktli payvandlash mashinasining quvvati 150 kVA, nominal payvandlash toki 10kA, ikkilamchi kuchlanish 8,67 Vni tashkil etadi, ulanishni nisbiy davomiyligi PVn = 50%, 380V kuchlanish tarmog’idan ta’minlanadi. Payvandlash transformatorini quvvatini hisoblash uchun mashinani turli qalinlikdagi metall listlarni payvandlashga sarflangan quvvatini aniqlab chiqamiz: