52
Ishni bajarish tartibi
.
Ishni boshlashdan oldin daftarga perimetrik blank chizish
kerak. Perimetr auditoriyadagi yorug`lik yaxshi tushadigan stolga o`rnatiladi.
Tekshiriluvchini yorug`likka orqasini o`girib o`tkazib, engakni doira ro`parasidagi
maxsus taglikka qo`yib, tekshiriluvchi ko`z plastinkasining o`yma nishoniga to`g`rilab
qo`yaladi. Ikkinchi ko`zni gardish qo`l
bilan emas, bilan berkitib,
perimetr yoyiga
gorizontal holatda qo`yib, ko`rish maydonini tekshiriladi. Tekshirishning asosiy sharti
bo`lib yoyning markazidagi oq nuqtaga ko`zni harakatsiz qilib to`g`rilashdir.
Ko`rish o`tkirligini aniqlash. Golovin jadvali. 21-jadval
53
Tekshiruvchi yoyning ichki yuzasi bo`ylab markazdan
chetga qarab oq va rangli
markani sekin chetga surib harakatlantiradi. Tekshiriluvchi ko`zni harakatsiz holda
ko`rayotgan rangli markalarning
rangini aytishi kerak, tekshiruvchi perimetr yoyining
graduslariga mos keladigan nuqtalarni perimetrik blankka tushiradi, qachonki u maxsus
rangdagi markani ko`rsa. Perimetr yoyini 90
0
Sga aylantirib, yuqori va pastki ko`rish
o`tkirligi o`lchanadi. Xuddi shunday usul bilan yoyni o`ng va chapga 45
0
S aylantirib,
ko`rish maydonini o`lchaydi. Blanka tushirilgan nuqtalar o`ziga mos rangdagi chiziqlar
bilan birlashtiriladi. Olingan ko`pburchaklar tekshiriluvchining ko`rish
maydoni-
chegarasini ko`rsatadi.
Topshiriq
.
Olingan perimetrik rasmni plakatda berilgan oq, qora va rangli ko`rish
ko`rsatkichlari, normal ko`rish maydonining chegaralari bilan solishtiriladi.
a. Ko`rish maydoni deb nimaga aytiladi?
b. Nima uchun to`r qavatning periferik bo`limlari ranglarni qabul qilmaydi?
Dostları ilə paylaş: