1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Topshiriqlar
.
Tajriba sxemasini chizing.
 
8- Laboratoriya mashg`ulot. 
Muskul qisqarishini yozib olish.
 
1- ish. Skelet muskulini yakka qisqarishini yozib olish.
 
Ishdan maqsad
: Muskullarning yakka qisqarishini va uning fazalarini aniqlash.
 


14 

Ish uchun kerakli jihozlar
:
baqa, katta–kichik qaychilar, anatomik–jarrohlik 
pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to`g`nag`ich ninalar, kimograf, miograf, 
universal shtativ, Ringer eritmasi, paxta, salfetka. 
Ishni bajarish tartibi
. Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Odatdagi usul 
bo`yicha baqaning asab muskul preparati tayyorlanadi va miografga o`rnatiladi. 
Miograf perosi kimografning tez aylanadigan barabani yuzasiga tegizib qo`yilib, 
muskulning maksimal qisqarishini hosil qiladigan tok kuchi aniqlanadi. So`ng mus-
kul qisqarishining egri chizig`i yozib olinadi. Buning uchun kimograf barabanini 
yuqori tezlikda bir marta to`liq aylantiriladi. Bunda baraban birinchi g`altakdagi tok 
kalitini uzadi, natijada muskulga yakka induksion tok ta`sir etadi. Muskul yakka 
qisqarishining yoyiq egri chizig`i yozib olinadi. Egri chiziq tagida esa elektr magnitli 
kamerton yordamida sinusoid qayd qilinadi uning har bir tebranishi 0,01 sek ga teng. 
Normada baqa boldir muskulining yakka qisqarishi siklining hammasi taxminan 
0,11-0,12sek davom etadi. Latent davri (ta`sirlash vaqtidan muskul qisqarishigacha 
o`tgan vaqt) – 0,01 s. 
1.
Qisqarish fazasi – 0,05 s. 
2.
Bo`shashish fazasi – 0,05 s. 
Muskul yakka qisqarishining latent davri va qisqarish hamda bo`shashish 
fazasining muddati uning funksional holati o`zgarganda ortishi yoki kamayishi 
mumkin. Muskulning funksional holati esa, u charchay boshlaganda, harorat 
ko`tarilganda va boshqa omillar ta`sirida o`zgaradi. Kimogrammani chizib, latent 
davri, qisqarishi va bo`shashi fazalarini belgilang . 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin