14
Ish uchun kerakli jihozlar
:
baqa, katta–kichik qaychilar, anatomik–jarrohlik
pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to`g`nag`ich ninalar, kimograf, miograf,
universal shtativ, Ringer eritmasi, paxta, salfetka.
Ishni bajarish tartibi
. Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Odatdagi usul
bo`yicha baqaning asab muskul preparati tayyorlanadi va miografga o`rnatiladi.
Miograf perosi kimografning tez aylanadigan barabani yuzasiga tegizib qo`yilib,
muskulning maksimal qisqarishini hosil qiladigan tok kuchi aniqlanadi. So`ng mus-
kul qisqarishining egri chizig`i yozib olinadi. Buning uchun kimograf barabanini
yuqori tezlikda bir marta to`liq aylantiriladi. Bunda baraban birinchi g`altakdagi tok
kalitini uzadi, natijada muskulga yakka induksion tok ta`sir etadi. Muskul yakka
qisqarishining yoyiq egri chizig`i yozib olinadi. Egri chiziq tagida esa elektr magnitli
kamerton yordamida sinusoid qayd qilinadi uning har bir tebranishi 0,01 sek ga teng.
Normada baqa boldir muskulining yakka qisqarishi siklining hammasi taxminan
0,11-0,12sek davom etadi. Latent davri (ta`sirlash vaqtidan muskul qisqarishigacha
o`tgan vaqt) – 0,01 s.
1.
Qisqarish fazasi – 0,05 s.
2.
Bo`shashish fazasi – 0,05 s.
Muskul yakka qisqarishining latent davri va qisqarish hamda bo`shashish
fazasining muddati uning funksional holati o`zgarganda ortishi yoki kamayishi
mumkin. Muskulning funksional holati esa, u charchay boshlaganda, harorat
ko`tarilganda va boshqa omillar ta`sirida o`zgaradi. Kimogrammani chizib, latent
davri, qisqarishi va bo`shashi fazalarini belgilang .
Dostları ilə paylaş: