2- ish.Gal’vanning ikkinchi tajribasi .
Ishni bajarish tartibi . Baqaning asab muskul preparati tayyorlanadi. Asab
muskul preparati muskulining bir qismini yuzalab kesib olinadi. Shisha ilmoqchalar
yordamida preparat asabini ko`tarib muskulning jarohatlangan va jarohatlanmagan
qismlariga bir vaqtda tegiziladigan qilib tashlanadi. Bunda muskulning qisqarishi
kuzatiladi. Baqaning ikkinchi keyingi oyog`ining quymich asabi tizza bo`g`imigacha
boshqa to`qimalardan ajratiladi. Tizza bo`g`imi yuqorisidan son muskullari kesilib
taxtachaga qo`yiladi. Quymich asabi ajratilgan oyoq plastinka ustiga joylashtiriladi.
Asabni shisha ilmoqcha bilan ko`tarib kesib olingan son muskuli ustiga tashlanadi.
Bunda asab muskulning kesilgan va kesilmagan qismlariga bir vaqtda tegizilishi
kerak. Shundagina oyoq tinchlik toki ta`sirida harakatga keladi. Tirik to`qimalardagi
tinchlik tokini gal`vanometr yordamida kuzatish. Gal`vanometr zanjiri tayyorlanadi
va
elektrodlardan
birini
muskulning
jarohatlangan
yuzasiga,
ikkinchisini
jarohatlanmagan yuzasiga quyiladi. Shundan keyin tok zanjirining kalitini ulab,
tinchlik toki ta`sirida gal`vanometr strelkasining harakati kuzatiladi. So`ng
elektrodlar o`rnini almashtirib qo`yilsa, tok yo`nalishi gal`vanometr strelkasining
harakati bo`yicha o`zgaradi.
Topshiriq. Tajribalar sxemasini chizing. Gal`vanning birinchi va ikkinchi
tajribalaridagi muskul qisqarishining sabablarini tushuntiring. Savollarga javob
bering.
12
1.
Tinchlik toki nima uning kuchi qanday ?
2.
Tinchlik toki va unga ta’sir etuvchi omillar.
3.
Gal`vani qanday elektr hodisasini kuzatgan ?