1-rasm. Gal`van tajribasi. 6-Laboratoriya mashg`ulot. To`qimaning harakat tokini aniqlash. 1-Ish. Matteuchi tajribasi. Ishdan maqsad : Tirik to`qimalarda harakat toki borligiga ishonch hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar : baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar tok
manbai, tok kaliti, Ringer eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta.
Ishni bajarish tartibi : Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Baqaning
keyingi oyoqlaridagi quymich asabi tizza bo`g`imigacha ajratilgan ikkita preparat
reoskopik oyoq tayyorlanadi va quruq taxtacha ustiga joylashtiriladi. Birinchi
preparatning asabi elektrodlar ustiga qo`yiladi. Ikkinchi preparat asabi birinchi
preparatning boldir muskuli ustiga uzunasiga tashlanadi. So`ngra birinchi preparat
asabi kuchi o`rtacha induksion tok bilan ta`sirlansa, har ikkala preparat muskulining
qisqarishi kuzatiladi. Birinchi preparat muskulida yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida
ikkinchi preparat muskuli ham qisqaradi ya’ni ikkilamchi tetanus sodir bo`ladi.
2-rasm. Ikkilamchi tetanus hosil qilish.
13
2-Ish. Ishlab turgan yurakning harakat tokini aniqlash. Ishdan maqsad : Tirik to`qimalarda harakat toki borligini tajribada kuzatish.