2- ish. Targ’il muskullarning tetanik qisqarishi Ishdan maqsad : tishli va tekis tetanusning hosil bo`lishini tekshirish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa, miograf, universal shtativ, kimograf, Ringer
eritmasi, zond, qaychilar, pinsetlar, taxtacha, ninalar, salfetka paxta.
Ishni bajarish tartibi . Induksion tok zanjiri yig`iladi. Odatdagi usul bilan asab
muskul preparati tayyorlanadi va miografga o`rnatiladi. Miograf perosi kimograf
barabani yuzasiga tegizib qo`yilib baraban harakatga tushiriladi. Muskulning
maksimal qisqarishini yuzaga keltiradigan tok kuchi aniqlanadi. So`ng sekundiga 20
martagacha tok ulanadi va uziladi, binobarin tishli tetanus hosil bo`ladi. Silliq tetanus
hosil qilish uchun esa preparatga 1 sekundda 20 martadan ortiq ta`sir beriladi. Bunda
muskul to`liq qisqargan yoki tekis tetanus holatini oladi, ya`ni muskul maksimal
qisqaradi richag perosi esa maksimal ko`tarilgan vaziyatda to`g`ri chiziq chiziladi.
Tetanus - yunoncha so`zdan olingan bo’lib kuchlanish, zo`riqish, tirishish,
taranglanish ma`nosini beradi, ya’ni muskullarning uzoq vaqt tonik qisqarishini
ifodalaydi.
Topshiriqlar . Tajriba sxemasini chizing. Savollarga javob bering.
1. Muskulning yakka qisqarishi qanday sharoitda yuzaga keladi ?
2. Muskulning yakka qisqarish fazalarini ta`riflab bering ?
3. Tetanusni qanday turlari tafovut qilinadi va ular qanday hosil bo`ladi ?
4. Nima uchun tetanik qisqarish yakka qisqarishga nisbatan kuchli ?
15
9-Laboratoriya mashgulot. Muskul kuchini aniqlash .