17
harakatlantiruvchi nerv oxirlari; 9-orqa shoxcha; 10-oldingi shoxcha; 11-tayanch neyron;
12-orqa shox; 13-oldingi shox; 14-oraliq zona; 15-yon shox; 16-markaziy kanal;
Topshiriqlar.
Somatik refleksining relektor yoyi sxemasini chizing, xulosa
chiqaring va savollarga javob bering:
1. Refleks deb nimaga aytiladi?
2. Reflektor yoyi ayrim bo`limlarining roli qanday?
3. Somatik va vegetativ reflekslarning relektor yoylarini chizing.
2-ish: Tyurk bo`yicha refleks vaqtini aniqlash.
Ishning maqsadi:
Tyurk bo`yicha refleks vaqtini aniqlashni o`rganish va refleks
vaqtining ta`sir kuchiga bog`liq
E
kanligini aniqlash.
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Shtativ ilmoqchasi bilan
jarrohlik asboblar, katta va kichik qaychilar, pintsetlar va zond, 0,1; 0,3; 0,5 va 1,0 %
li sul’fat kislota eritmasi solingan stakanchalar, baqani yuvish uchun suv solingan
stakan, sekundometr.
Ishni bajarish tartibi;
Bosh miyasi olib tashlangan baqani shtativning
ilmog`iga iling. Turli kuchga ega bo`lgan ta`sirlovchilar bilan ta`sir etish uchun
sul’fat kislotasining turli qontsentratsiyali eritmasidan foydalaning: 0,15 %, 0,35 %,
0,50 % va 1,00 %.
Baqa orqa oyog`I panjasini 0,1 % kislota eritmasiga botiring va shu bilan birga
sekundometr tugmasini bosing. Baqa oyog`ini kislota eritmasidan tortib olishi bilan
sekundometrni to`xtating va refleks vaqtini ya`ni ta`sirlovchi ta`sir etish boshlangan
vaqtdan to javob reaktsiyasi sodir bo`lgan vaqtni aniqlang. Kuzatishni sul’fat kislotasi
eritmasining yuqoriroq qontsentratsiyasi bilan ta`sir etishni davom ettiring va refleks
vaqtining qisqarishini aniqlang. Har bir tajribadan so`ng baqa oyog`ini suv bilan
yuvib tashlang. O`tkazgan tajribangiz natijasini quyidagi jadvalga yozib boring.
Dostları ilə paylaş: