18
So`ng bolg`acha bilan sonning to`rt boshli muskuli payiga, ya`ni tizza kosasi tagiga
sekin urilsa, tizza bo`g`imidan oyoqni yozish refleksini yuzaga keltiradigan sonning
to`rt boshli muskuli qisqaradi. Bu tajribani ikkinchi oyoqda ham qilib ko`rib, har
ikkala oyoq reflekslari qiyoslanadi. Bu reflekslar reflektor yoyining markaziy
neyronlari orqa miyaning 3-4 bel segmentlari balandligida joylashgan.
b) Axillov refleksini hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi
. Sinaluvchi kishi stulda tizzalab o`tiradi; har ikkala oyoq
kaftlari esa osilib turadi. Pay reflekslari tekshiriladigan bolg`acha bilan Axillov
payiga sekin urilsa, oyoq kafti to`piqdan yoziladi. Bu hodisa boldirning uch boshli
muskuli qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Buni ikkinchi oyoqda ham sinab ko`rilib,
har ikkala oyoq reflekslari qiyoslanadi. Bu refleks reflektor yoyining markaziy
neyronlari orqa miyaning 1–2 dumg`aza segmentlari balandligida joylashgan.
Tajribada sinab ko`rilgan reflekslarga quyidagicha sxema shaklida ta`rif bering.
Dostları ilə paylaş: