1-Машғулот


-rasm; Markaziy tormozlanish. (Sechenov tajribasi)



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
7-rasm; Markaziy tormozlanish. (Sechenov tajribasi) 


21 
Topshiriqlar.
Tajriba sxemasini chizing va savollarga javob bering.
1. Bosh miyaning qaysi bo`limini ta`sirlash orqa miya reflekslarini tormozlaydi ? 
2. I.M.Sechenov ixtiro qilgan tormozlanishining mexanizmi qanday ?
 
 
13- Laboratoriya mashg`ulot. 

Oliy nerv faoliyati. 
Oliy nerv faoliyati nerv sistemasining yuqori bo`limlari faoliyati bo`lib, 
hayvonlar va odamning tashqi hamda ichki muhitning o`zgaruvchan sharoitlariga 
moslashuvini ta`minlaydi. Shartli refleks bosh miyadagi ikkita nerv markazining bir 
vaqtda qo`zg`alishi va ular o`rtasida vaqtincha bog`lanish hosil bo`lishi natijasida 
yuzaga keladi. Oliy nerv faoliyatida bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`ining 
boshqa bo`limlar bilan o`zaro ta`sirlari muhim axamiyatga ega. 
1 - ish. Odamda ko’zni yumishga shartli refleks hosil qilish.
Ishdan maqsad
: ko`zni yumishga shartli refleks hosil bo`lishini kuzating. 
Ish uchun kerakli jihozlar
: sekundomer, elektr qo`ng`iroq, ko`zga havo 
purkaladigan moslama. 
Ishni bajarish tartibi
. Eksperementator bilan sinaluvchi kishi bir biriga qarama 
qarshi o`tiradi. Sinaluvchiga havo oqimi yuboriladigan nay o`rnatilgan ko`zoynak 
ramkasi taqiladi. Nayning uchini esa ko`zning shox qavatiga to`g`rilab qo`yiladi. 
Hamma narsa tayyor bo`lgach, qo`ng`iroq chalinadi va uning ovoziga ko`z yumish 
bilan javob berilmasligiga ishonch hosil qilinadi. Shundan keyin qo`ng`iroq 
chalingach 1-2 sekund o`tar o`tmas rezina nokni qisib naydan ko`zga havo purkaladi. 
Tajriba 15-20 sekund oralatib 5-6 marta takrorlanadi. So`ng havo oqimi yubormasdan 
faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinsa ham ko`z o`z o`zidan yumilaveradi. Demak, shartli 
refleks hosil bo`ladi. keyin refleksni so`ndiriladi, ya`ni yo`qotiladi. Buning uchun 
ko`zga havo purkamasdan bir necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinadi.
 Topshiriqlar.
Tajribadan xulosalar chiqaring va savollarga javob bering:
1. Shartli va shartsiz ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi? 
2. Shartli refleks deb nimaga aytiladi? 
3. Shartli reflekslarni hosil qilish qoidalarini sanang. 
4. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ?

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin