Ishning maqsadi: Gemoglobin miqdorini aniqlash usuli bilan tanishish.
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar: Sali gemometri, detsinormal
(0,1 N) gidroxlorid kislota, nina, distillangan suv, spirt, yod, pipetka, shisha tayoqcha,
paxta.
Ishni bajarish tartibi; Buning uchun Sali gemometridagi bo`sh probirkaning eng
tubidagi birinchi belgisiga qadar 0,1 normal xlorid kislota eritmasi quyiladi. CHap
qo`lning nomsiz barmog`i spirt bilan artilib, unga nina sanchiladi va maxsus pipetka
bilan 20
mm 3 qon olinad. Olingan qon tezda probirkadagi xlorid kislotaga
aralashtiriladi.
Kislotali
muhitga
tushgan
eritrotsitlar
gemolizga
uchraydi
(parchalanadi), tarkibidagi gemoglobin xlorid kislota bilan aralashadi. Natijada to`q
qo`ng`ir rangli eritma hosil bo`ladi. Bu eritmaning rangi ikki yon tomondagi
probirkalardagi eritma rangiga mos kelguncha ko`z pipetkasi yordamida tomchilatib
distillangan suv qo`shiladi. Darajali probirkadagi suyuqlikning yuzasi qaysi raqamni
ko`rsatsa, o`sha daraja gemoglobinning miqdorini bildiradi. Sog`lom odam qonidagi
Gemoglobin miqdori deyarli turg`un bo`ladi. 100
g. qonda 16,67
g. gemoglobin bor
(qondagi gemoglobinning absolyut miqdori). Masalan, probirkadagi eritma 100 ni
ko`rsatsa, gemoglobin miqdori 16,67 ga teng bo`ladi, 80 ni ko`rsatsa, gemoglobin
miqdori:
100 % – 16,67
80 % –
x x =
100
67
,
16
*
80
= 12,8
g ga teng bo`ladi
Topshiriq: Qoningizdagi gemoglobin miqdorini aniqlab bo`lgach, natijasini
dafta-ringizga yozib qo`ying. Savollarga javob bering.
1. Gemoglobin deb nimaga aytiladi?
2. Gemoglobinning ahamiyati nimada?