34
kaliy, simlar, jarrohlik asboblar yig`indisi, sovuq qonlilar uchun fiziologik eritma,
marli, paxta, baqa.
Ishni bajarish tartibi;
Baqaning bosh va orqa miyasi shikastlantirilib, jarrohlik
taxtachaga yotqiziladi, ko`krak qafasi ochilibyuragi topiladi va yning o`zagi bog`lab
qirqiladi. Serfen yordamida yurakning uchi Engel’man
richagiga ulanadi va
kimograf apparatiga ulanib, kardiogramma yoziladi. Elektr toki bilan ta`sir etish uchun
elektr zanjiri yig`iladi. Yurak qorinchalarining asosi bo`ylab uning ikki tomoniga
elektrodlar qo`yiladi va uning qimirlamasligi uchun mustahkamlanadi.
Yurakning
qisqarishini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlab olinadi. Yurak faoliyatining turli
fazalarida ta`sir beriladi. Sistola davrida tok kuchi bilan ta`sir
etganda yurakning
faoliyatini kuzating, agar ta`sir diastola davriga to`g`ri kelsa,
uning qisqarishini,
ekstrosistolani kuzating. Qorinchalarning ekstra-sistolasidan so`ng uzaygan fazaning
hosil bo`lishiga kompensator pauza e`tibor bering.
Topshiriq:
Yurakni ekstrasistolasini chizing va
quyidagi savollarga javob
bering:
1. Refrakterlik deb nimaga aytiladi?
2. Nima uchun yurakning diastola fazasida ekstrosistola yuz beradi?
3. Kompensator pauza nima?
Dostları ilə paylaş: