35
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Kimograf, yurak qisqarishini
yozib olish uchun jihozlar, jarrohlik asboblar yig`indisi,
jarrohlik taxta, lineyka, kaliy
xlorid va kal’tsiyning 1 % eritmasi, adrenalinning 0,1 % eritmasi ampulada, Rengel
eritmasi, iplar, paxta, baqa.
Ishni bajarish tartibi;
Orqa miyasi jarohatlangandan so`ng baqa jarrohlik taxta-
chasiga yotqizilib, ko`krak-qorin qismi qirqilib, yuragi ochiladi. Yurakning uchi serfin
bilan qisilib, Engel’man richagiga ulanadi va kardiogramma yozib olinadi. Yurak
faoliyatini yozishni davom ettirib, uning venoz sinusiga bir necha tomchi 1 % kaliy
xlorid eritmasidan tomiziladi. Yurak qisqarishining sekinlashishi va amplitudasining
kamayishini kuzatiladi. Kimografni richagdan nariroq siljitib, yurak Ringer eritmasi
bilan yuviladi va yana yurak qisqarishi yozib olinadi. Yozishni davom ettirib, venoz
sinusiga bir necha tomchi 1 % kal’tsiy xlorning eritmasidan tomizing. Yurakning tez
qisqarishi va muskul qisqarishining kuchayishini kuzating. Kal’tsiy eritmasini
yurakdan yuvib tashlab yana uning normal ishlashini yozib oling. Yurakning venoz
sinusiga bir necha tomchi adrenalinning 1:1000 suyultirilgan eritmasidan tomizing.
Yurak muskullar qisqarishini kuzating. So`ng yurakka 1–2 tomchi asetilxolin
eritmasidan (1:10000) tomizilib yozish davom ettiriladi va yurakning har 15 s dagi
qisqarishi soni sanaladi.
Topshiriq:
Kardiogrammani chizing va savollarga javob bering:
1.Gumoral boshqarilish deganda nimani tushuniladi?
2.Yurakning faoliyatiga adrenalin va atsetilxolin qanday ta`sir ko`rsatadi?
3. Yurak faoliyatiga kaliy va kal’tsiy ionlari qanday ta`sir ko`rsatadi?
Dostları ilə paylaş: