3-ish: Baqa yuragini turli bo`limlarining avtomatizm darajasini o`ganish. (Stannius tajribasi). Ishning maqsadi: Avtomatiya markazlarining joylashuvini va yurak
avtomatiyasida sinus tuguni boshqaruvchi rol’ o`ynashligini isbot etish.
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar: Jarrohlik asboblar yig`indisi,
preparoval taxta, ipakli iplar, sovuq qonlilar uchun fiziologik yoki Ringer eritmasi,
baqa.
Ishni bajarish tartibi; Baqaning bosh va orqa miyasini jarohatlab, harakat-
sizlantirilgan baqa tayyorlang va uni jarrohlik taxtaga qornini yuqori qo`yib shu
taxtaga mustahkamlab qo`ying. Qornini ko`krak qismidan qirqib, yuragi topiladi va
perikarddan ajratiladi.Yurakning har minutda qisqarish soni aniqlanadi. Yurakning
uchidan ushlab sekin yuqoriga ko`tariladi va uning bog`lami qirqiladdi, venoz sinusini
yurak bo`limlaridan ajratib turgan oqroq qismini topiladi. Aorta yoyining ostidan ipakli
ipni o`tkazib, yurakni tepaga ag`darib, venoz sinusi bilan bo`limlar o`rtasidagi
chegaradan ligatura o`tkaziladi. Ligatura o`tkazilgandan so`ng yurak diastola
fazasidan to`xtaydi, venoz sinusi bo`lsa o`zining ilgarigi ritmidek ishlayveradi.
Ikkinchi ligaturani bo`lmalar bilan qorinchalarnnng o`rtasidan oq yo`lli joydan
o`tkaziladi. Yurak o`zining qisqarishini qaytadan tiklaydi, lekin qisqarish ritmi ikki
marta kamayadi. Yurakning qisqarish sonini aniqlanib, uchinchi ligaturani yurakning
uchidan o`tkaziladi. Lekin bu holatda yurak uchi qisqarmaydi.
8-jadval Yurak bo`limlari
Ligatura o`tkazgandan so`ng yurak qisqarish chastotasi
1
2
3
Venoz sinusi
Bo`lmalar
Qorinchalar
Yurak uchi
Topshiriq: Baqa yuragidan ligatura o`tkazish sxemasini chizing va kuzatilgan
holatni jadvalga yozing:
1. Stannius tajribasi nimani tasdiqlaydi?
2. Baqa yuragining avtomatiya gradienti qanday?