Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish 1. Tomchilatib sug‘orishning о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishiga, o‘simliklarning biomassa va oziq-ovqat organlarining shakllanishiga ta’siri
2. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda tarvuz ekinini sug‘orishning maqbul rejimlarini о‘rganish
3. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasining o‘simliklarning fitosanitar holatiga ta’sirini aniqlash (begona о‘tlar, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish)
4. Tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun avtonom tizimlarini tashkil etish.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Butun dunyoda boʼlgani kabi yurtimizda ham suvni tejab ishlatish muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi eʼtiborga olinsa, bu beminnat neʼmatdan tejab-tergab foydalanish samarali usuldir. Shu maqsadda qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa, hosildorlik oshishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Respublikamizda 4,3 mln. gektar sugʻoriladigan ekin maydonlari mavjud boʻlib, shundan 291,2 ming gektarida (7 foiz) suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Jumladan, 120,5 ming gektar tomchilatib, 3,5 ming gektar yomgʻirlatib va 4,2 ming gektar maydon diskret usulida sugʻoriladi. 163 ming gektar maydonlarda esa egiluvchan quvurlar orqali sugʻorish joriy qilingan.
Prezidentimizning “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 2021-yilda suvni tejovchi texnologiyalarni besh barobarga oshirish va 430 ming gektarga yetkaziladi. Bunda 230 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda 200 ming gektar ekin maydonlarini lazer uskunalar yordamida tekislash koʻzda tutilgan.
2019-yilda respublikamizda 34,5 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan boʻlib, mahalliy korxonalar barmoq bilan sanarli boʻlganligi uchun texnologiyalarning 90 foiz uskunalari va butlovchi qismlari xorijiy davlatlardan keltirilgan edi. Oʻtgan yilda esa suv tejovchi texnologiyalar asbob-uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar soni 10 taga yetkazildi. Yil davomida 43 ming gektarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgan boʻlsa, shundan 30 foizi, yaʼni 13 ming gektari mahalliy korxonalar mahsulotiga toʻgʻri keldi.
Ushbu texnologiyalarga talab ortar ekan, bugungi kunda suvni tejovchi texnologiyalarning uskunalari va butlovchi qismlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 30 taga yetdi. Bu bilan 2021-yilda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinadigan maydonlarning 50 foizini mahalliy korxonalar mahsuloti qamrab olishga imkon yaratildi.
Bugungi kunga qadar respublikamizda jami 9 830 ta fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari bilan quruvchi pudrat korxonalari oʻrtasida 363,7 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha pudrat shartnomalari rasmiylashtirilib, shundan 84,7 ming gektar maydon boʻyicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Yil yakuniga qadar mamlakatimizda shu turdagi mahalliy korxonalar sonini 100 taga yetkazish, sogʻlom raqobat muhitini yuzaga keltirish va sifat bosqichiga katta eʼtibor qaratish moʻljallangan. Natijada yurtimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari yana-da kengayadi.
Mamlakatimiz miqyosida suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni, jumladan tomchilatib sug’orish, egatga plyonka to’shab hamda o’q ariqlar o’rniga egiluvchan ko’chma quvurlar yordamida sug’orishni keng joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Faqatgina oxirgi yillarning o’zida 7,6 ming gektardan ortiq maydonda tomchilatib sug’orish tizimi qurilib, muvaffaqiyatli tarzda ishlatilmoqda. Egatga plyonka to’shab va ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish texnologiyasi 4 ming gektarga yaqin maydonda qo’llanilib, uning asosiy qismi paxta maydonlarini sug’orishda ishlatilmoqda. Suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishda suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, davlatimiz tomonidan ushbu yo’nalishni rivojlantirish qo’llabquvvatlanmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi «2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda egatga plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q ariqlar o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy etilishi belgilangan. Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari, ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, yer ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi, tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha kamayadi, egat olinmaydi.