Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish



Yüklə 251,8 Kb.
səhifə7/7
tarix24.10.2023
ölçüsü251,8 Kb.
#160759
1   2   3   4   5   6   7
307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich

3.4.4-jadval
Sug‘orish usullarini tarvuz ekin maydonlaridagi fitosanitar holatiga ta’siri (2021-yil)

“Shirin” navi

Sug‘orish usullari

2021-yil

О‘rtacha

Soni, dona

Og‘irligi, gr

Soni, dona

Og‘irligi, gr

Egatlab sug‘orish (nazorat)

110

700

96,5

656,5

Tomchilatib sug‘orish

43

460

45,5

490

Begona о‘tlarning kamayishi

dona/m2

67

-

51

-

%

60,9

-

52,8

-

kg/m2




240




166,5

%




34,3




25,3

“Sharq nemati” navi

Egatlab sug‘orish (nazorat)

110

700

96,5

656,5

Tomchilatib sug‘orish

43

460

45,5

490

Begona о‘tlarning kamayishi

35

-

51

-

-

42,0

-

52,8

-

-




240




166,5

170




34,3




25,3

24,5

“Dolbi F1

Tomchilatib sug‘orish

118

765

102

695

46

500

49

525

Begona о‘tlarning kamayishi

dona/m2

72

-

53

-

%

61,0

-

52,0

-

kg/m2

-

265




170

%

-

34,6




24,5



Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanish tarvuz ekinlarida begona о‘tlar sonini kamaytirishga, shu orqali dalalarning begona о‘tlar bо‘yicha fitosanitariya holatini yaxshilashga yordam berishi isbotlandi. Tarvuzning “Shirin” va “Sharq nemati” navlarida ekinlarida farq 52,8%, “Dolbi F1” duraqayida bu farq mos ravishda 52,0% ni tashkil etdi.

4. Tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun avtonom tizimlarini tashkil etish.
O‘zimizning kundan-kunga ishlatadigan iste’mol suvimiz haqida o‘ylab ko‘ring. Ichish yoki kir yuvish va shunga o‘xshash ehtiyojlar. Ammo haqiqat shundaki, odamlar ichish yoki maishiy ehtiyojlar uchun ishlatishdan ko‘ra ko‘proq suv iste’mol qilishadi. O‘rtacha odam kuniga 2- 4 litr suv ichsa-da, kuniga o‘rtacha iste’mol qiladigan oziq-ovqatni ishlab chiqarish uchun 2000…5000 litr suv talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi suv tanqisligi yuqori bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Masalan, bu haqda Dunyo resurslari instituti (WRI) tomonidan jami 164 ta mamlakatdagi vaziyat o‘rganilib, 2019 yil 6-avgust kuni e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston suv tanqisligi bo‘yicha 25- o‘rinni egallagan.
Hisobotda aytilishicha bu mamlakatlar suv resurslarining 80 foizi qishloq xo‘jaligi, sanoat va shaharlarni ta’minlashga sarflanmoqda. Dunyo bo‘yicha chuchuk suvlarning 70 foizi va chuchuk suv iste’molining 80-90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi.
Suv tanqisligi Markaziy Osiyoda yaqin 10 yillikdagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. O‘zbekistonda nafaqat sug‘orish, balki ichimlik suvi yetishmovchiligi ham kuchaymoqda.
Mintaqada nafaqat dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishi natijasida muzliklar erishi tezlashmoqda hamda chuchuk suvlar parlanib ketmoqda, bu esa qishloq xo‘jaligida suvdan tejamli foydalanish mexanizmi shakllantirish, tejamkorlikni ta’minlovchi yangi texnologiyalar joriy qilish uchun katta mablag‘ va davlat e’tiborini talab qiladi. Shu sababli yuqoridagi masalalarni hisobga olgan holda suv tejamkor texnologiyalarni jadallashtirish lozim. Bu tejamkor texnologiyalardan biri tomchilatib sug‘orish tizimi hisoblanadi.
Tomchilatib sug‘orish usuli o‘zining yuqori samaradorligi, ya’ni suv rеsurslari chеklanganlik sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olish imkonini bеrishi bilan ajralib turadi. Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga teng miqdordagi suvni uning ildiz qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan sug‘orish tarmog‘idir.
Tomchilatib sug‘orishni boshqa sug‘orish usullaridan farqi shundaki, suv ekinning ehtiyojiga mos ravishda ildiz bo‘ylab bir tekisda beriladi. Dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi. Sug‘orishning sifati va suvdan tеjamli foydalanish, sug‘orishda ish unumdorligini oshirish, tuproqning qulay suv, havo, tuz va oziq rеjimlarini, mеliorativ ahvolini ta‘minlash, tuproq unumdorligini oshirish ko‘p jihatdan sug‘orish usulini to‘g‘ri tanlanganligi hamda sug‘orish tеxnikasini to‘g‘ri tashkil etilganligi va amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘lib, bularning barchasi ekinlardan yuqori va barqaror hamda sifatli hosil yеtishtirishdir.
O‘simliklarni muntazam va o‘z vaqtida sug‘orish o‘ta muhim masala hisoblanadi. Bunday sug‘orishga faqatgina sug‘oruvning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalangan holda erishish mumkin (2-rasm). Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning bu usulida sug‘orish suvi maxsus mikro suv chiqaruvchilar (tomchilatuvchilar) bilan o‘simlikning ildiz turadigan zonasiga oz sarf bilan bevosita uzatiladi, butun vegetatsiya davomida tuproq namligini qulay darajaga yaqin darajada ushlab turadi. Bundan tashqari suv bilan birga zarur bo‘lganda oziqlantirish elementlari va zaxirali kimyoviy moddalar beriladi.

2-rasm. Tomchilatib sug‘orish tizimi sxemasi.

Xulosa
Tomchilatib sug’orish usulining quyidagi afzaliklari bor:
O’simlik ildiz qatlaminining faol (aktiv) rivojlanishi va tuproqda havoning yaxshi almashinuvi hisobiga ozuqa moddalarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi tezlashadi.
Ekin dalasida ekinlarga dala ishlov ishlarining olib borishidan qat’iy nazar, kunning istalgan vaqtida sug’orish amalga oshirilishi mumkin.
Qator oralig’i tuproqning sug’orilmay qolishi, istalgan vaqtda tuproqqa va o’simlikka ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olishga imkoniyat yaratadi. Tomchilatib sug’orishning quyidagi ustunliklari mavjud:
Kam suv sarflanadi.
Suvning bug’lanishga, faol qatlamdan foydasiz isrof bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Shamol kuchi sug’orish jarayoniga ta’sir ko’rsatmaydi.
Qiyin re’lefli maydonni ham sug’orish imkoniyati mavjud.
Namlik (sug’orish suvi) bir tekis taqsimlanadi.
Sug’orish ishlarini 24 soatning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.
Begona o’tlar boshqa usulga qaraganda kam chiadi.
Yomg’irlatib, tuproq ustidan sug’orish usullariga nisbatan tuproqdagi harorat yuqori bo’lishi buning oqibatida qishloq xo’jalik ekinlari erta yetiladi.
Suvning tuproqqa shimilishi, asosan kapillyar printsipida amalga oshadi. Sug’orish jarayonida o’simlik ildiziga sug’orish suvi bilan birgalikda mineral o’g’itlar kiritim imkoniyati mavjud.
Sug’orishlar orasidagi muddatlarning kichik (1-3 kun). Bunda o’simlik ildiz qatlamidagi namning keskin o’zgarishi kamayadi.
Tomchilatib sug’orishning quyidagi kamchiliklari mavjud:
Tomizg’ichlar suvdagi tuz cho’kmalari va loyqa zarrchalari bilan tiqilib qolishi.
Quvurlarga kemiruvchilar tomonidan ziyon yetkazilishi.
Qimmatligi.
Tomchilatib sug’orish tiziminining qo’llanish shart-sharoitlari cheklanganligi.
Tomchilatib sug’orish tizimini qurish katta mablag’larni tabal qiladi. Shuning uchun bu usulni yuqori rentabelli qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda, shu bilan bir qatorda boshqa sug’orish usullarini qo’llash imkoniyati bo’lmagan va katta nishabli (0,03 dan katta) yonbag’ir, suv resurslari tanqis, qiyin yer relefli, mexanik tarkibi yengil va suv eroziyasiga moyil bo’lgan tuproqlarda hamda kichik debitli toza suv manbali maydonlarda qo’llash tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Mirziyoyev SH.M. “O‘zbekiston Respublikаsini 2020-2030 yillаrdа rivojlаntirishning Hаrаkаtlаr strаtegiyasi” 2019-yil 23- oktabrdаgi PQ-5853 sonli qаror.

  2. Mirziyoyev SH.M. “Qishloq xo‘jаligidа suvni tejаydigаn texnologiyalаrni joriy etishni yanаdа jаdаl tаshkil etish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” 2020-yil 11-dekаbrdаgi PQ-4919-sonli qаror.

  3. Mirziyoyev SH.M. “Qishloq xo‘jаligidа suv tejovchi texnologiyalаrni joriy etishni rаg‘bаtlаntirish mexаnizmlаrini kengаytirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” 2019-yil 25-oktabrdаgi PQ-4499-son qаror.

  4. S.A. Mamatov. Tomchilatib sug‘orish tizimi. – Toshkent. 2016: – 12 b.

  5. R.T. Gaziyeva, A.M. Usmanov, E.O. Ozodov. Sug‘orish tizimlarini avtomatlashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi. – Toshkent. 2017, 107 b.

  6. B.S. Serikbaev, F.A. Barayev, A.G. Sherov, E.B. Serikbaev, G.E. Omarova, A.T. Djumanazarova. Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish, darslik. – T.: TIMI, 2014: – 295 b.

  7. M.X. Xamidov, I.A. Begmatov, S.X. Isayev, S.A. Mamatov. Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari, Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: TIMI, 2014: – 245 b.

Yüklə 251,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin