23
9-rasm: Qon olish uchun ishlatiladigannina (A)ga nina tig`inini almashtirish (B)
Topshiriqlar:
IV- barmoqdan qon olishning afzalligini tushintiring
15-Laboratoriya mashg’ulot.
Qonning fizik va kimyoviy xossalari.
1-ish: Sanash kameralari bilan tanishish.
Qonning shaklli elementlariga qizil qon tanachalari-eritrotsitlar, oq qon
tanachalari-leykotsitlar va qon plastinkalari-trombotsitlar kiradi. eritrotsitlar bilan
leykotsitlarni sanash uchun maxsus qon aralashtirgich (melanjir) va shisha
kameralardan foydalaniladi. Qon suyultirgich o`rtasi tuxumsimon kengaygan shisha
naychadan iborat bo`lib, unda 0,5; 1,0 va 101 belgilari bor. 0,5 belgisi shisha
naychaning o`rta qismida, tuxumsimon kengaymaning tagida 1,0; yuqorisida 101
belgisi bo`ladi. Kengaygan joy ichida yumaloq shisha munchoq bo`lib, u qonni
yaxshi aralashtirish uchun hizmat qiladi. Leykotsitlarni sanash uchun ishlatiladigan
aralashtirgich ham yuqorida aytilgan aralashtirgich singari tuzilgan, lekin belgilari
boshqacha (0,5; 1,0 va 11,0) va kengaygan joyi bir oz kichikroq bo`ladi; chunki,
eritrotsitlarni sanashda qon 100 yoki 200 marta suyultirilsa, leykotsitlarni sanashda
esa qon 10-20 marta suyultiriladi.
Dostları ilə paylaş: