Sanash kamerasi. Qonning shaklli elementlarini sanash uchun Goryaev
kamerasidan foydalaniladi. Bu kameralarning tuzilishi bir xil bo`lsa ham, katak
kvadratlarining soni turlicha bo`ladi. Goryaev kamerasi qalin oynadan iborat bo`lib,
uning o`rtasiga kvadrat shaklida mayda katakchalarga bo`lingan yupqa shisha
plastinka yopishtirilgan. Bu plastinkadagi kvadratlarning har bir tomoni 1/20 mm. ga
teng. Demak, har bir kvadratning sathi 1/20*1/20=1/400 mm
2
ga teng bo`ladi.
Kataklarga bo`lingan shisha plastinka ustini ikkinchi yupqa shisha plastinka qoplab
turadi. U birinchi shishadan 1/10 mm. ko`tarilib turadi. Shuning uchun har bir kichik
kvadratning hajmi (1/10*1/400 mm
2
)=1/4000 mm
3
ga teng bo`ladi. Goryaev
kamerasi 225 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo`lib, shundan 25 tasining har biri yana
16 tadan mayda kvadratlarga bo`lingan. Keyingi ikki laboratoriya ishi qonning shaklli
elementlari miqdorini aniqlashga ag`ishlangan. Bu ikkala ishni bajarishdan maqsad
odam qonidagi hujayralarning shakli, miqdorini aniqlash va ularni hisoblash usulini
o`rganishdan iborat.
10-rasm; Aralashtirgich. a) Eritrositlar uchun, b) Leykositlar uchun