1-Машғулот


Ish uchun kerakli jihozlar



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Ish uchun kerakli jihozlar
: baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar, Ringer 
eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta. 
 Ishni bajarish tartibi:
Baqaning bosh miyasi kesib tashlanadi, parafinli 
taxtacha ustiga chalqanchasiga yotqizilib, oyoqlari ninalar bilan to`g`nab qo`yiladi. 
Baqaning ko’krak qafasi ochilib, yuragi topiladi va perikarddan bo’shatiladi. Ikkinchi 
bir baqadan asab muskul preparati tayyorlanadi. Preparatning asabi baqaning 
ishlayotgan yuragi ustiga tashlab qo`yiladi. Ammo bunda asab baqa yuragi 
bo`lmachalari bilan qorinchalariga tegib turishi kerak. Shundagina yurak har gal 
qisqarganda asab muskul preparati muskullari ham qisqaradi. Bu hodisa yurak 
qisqarishidan yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida sodir bo`ladi. 
 
Topshiriq

Tajribani o`tkazish sxemasini laboratoriya daftaringizga chizing va 
muskullarning qisqarish sababini tushuntirib ering. Savollarga javob bering 
1.
Harakat toki nima va u qanday yuzaga keladi ? 
2.
Harakat tokining qandqy fazalari bor? 
3.
Refrakterlik va uning fazalari. 
4.
Parabioz va uning fazalari. 
7-Laboratoriya mashg`ulot. 
Muskulning ta’sirlash usullari.
 
Mushakni vositali va vositasiz ta`sirlash

Ishning maksadi
: Asab va mushakning qo’zg’aluvchanligini taqqoslash. 
 
Ish uchun kerakli jihozlar
: baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar Ringer 
eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta. 
Ishning borishi

Asab mushak pereparati tayyorlanadi. Boldir mushagi 
miografga mustahkamlanadi. Elektrodlar stimulyatorning klemmalariga ulanadi. 
Asabga uzluksiz davom etadigan masalan: 0,5 ms yakka ta`sirlar yuborib, uning 
darajasi asta sekin oshiriladi va mushakning ko’zga ko’rinuvchi qisqarishni yuzaga 
keltira oladigan minimal ta`sirlash kuchi topiladi. Bu asab uchun ta`sirlash bo’sag’asi 
hisoblanadi. Mushakni ta`sirlash bo’sag’asini aniqlash uchun unga stimulyator bilan
ulangan miografning o’tkazuvchi zanjiri orqali to’g’ridan to’g’ri tok yuboriladi. 
Ta`sirlash bo’sag`asi vositasiz ta`sirlashdagi kabi aniqlanadi. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin