Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar: Stimulyator, elektrodlar,
preparovka asboblar yug`indisi, jomcha, paxta, Ringer eritmasi, baqa.
Ishning borishi: Baqaning ikkita orqa oyoq pereparati tayyorlanadi.
Sonning orqa satxidagi mushaklar ikki tomonga siljitilib, quymich asabi topilpdi.
Shisha ilgakcha yordamida quymich asabi 1 smga mushaklardan ajratiladi. Asabga
stimulyatordan ulangan elektrodlar joylashtiriladi. Asab ta`sirlanganda son va
boldir mushakning qisqarishi kuzatiladi.
Topshiriqlar : Tajriba sxemasini chizing. Qo’zgalishni ikki tomonlama tarqalish
sababini tushuntiring.
4-Laboratoriya mashg`ulot. Nerv muskul preparatiga har xil ta`sirlovchilarning ta`siri. Ishning maqsadi: Muskullarga turli xil ta’sirlovchilarni vositali va vositasiz
yo`l bilan ta`sirlashning natijalarini kuzatish.
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar: Induktsion apparat, vilkada
elektrodlar, simlar, kimograf, universal shtativ qayd qiladigan qismlar bilan/ jarrohlik
asboblar yig`indisi, shisha tayoqcha, ipakli ip, spirtovka, osh tuzi kristali, spirt, 1 %
sul’fat kislotasi, sovuqqonlilar uchun fiziologik eritma, paxta, baqa.
Ishni bajarish tartibi. A)
muskullarni mexanik ta`sirlovchilar bilan ta`sirlash: 1. Nerv uchini ip bilan bog`lash.
2. Nina bilan nerv va muskulga sanchish.
3. Nerv uchini pintset bilan qisish.
4. Qaychi bilan nerv uchini qirqing.
b) muskullarni kimyoviy ta`sirlovchilar bilan ta`sirlash. 1. Nervga osh tuzining kristalini qo`ying.
2. Nervga kislota, spirt tomchisini tekkizing. Effektni kuzatgandan so`ng
kimyoviy ta`sirlovchini fiziologik eritma bilan yuvib tashlang. Olib borilgan
ishlarning hammasini mustaqil qaytarish.