11
3. Induktsion tokni muskulga bevosita yoki vositali ta`sirlaganda pog`ona
kuchini solishtiring.
Topshiriq.
Kuzatilgan ma`lumotlarni rasmiylashtiring va xulosa chiqaring.
Savollarga javob bering.
a. To`qimalarning qo`zg`aluvchanligi qanday o`lchanadi?
b. Nerv va muskullarning qo`zg`aluvchanligi har xilmi?
v. Pog`ona, submaksimal va maksimal ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi?
g. Adekvat ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi?
d. Nerv va muskul uchun qaysi ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deb ataladi?
5-Laboratoriya mashg`ulot.
To`qimaning tinchlik tokini aniqlash.
1- ish. Gal’vanning birinchi tajribasi.
Ishdan maqsad
: Gal`van tajribalari bilan tanishish
va tinchlik tokini aniqlab
unga ishonch hosil qilish.
Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar
: gal`vanometr,
tok kaliti, sim,
baqa, katta kichik qaychilar, pinsetlar, zond,
shisha ilgakcha, taxtacha, to`g`nag`ich
ninalar, paxta,
salfetka, Gal`van pinseti, Ringer eritmasi.
Ishni bajarish tartibi
.
Bu tajriba mis va rux plastinkalaridan iborat gal`vanik
pinset yordamida o`tkaziladi. Baqaning
bosh va orqa miyasi buziladi, bel umurt-
qalaridan tanasi ikkiga bo`linadi. Tajribaga
tananing keyingi qismi olinib, terisi
shilinadi, gal`van pinsetning mis plastinkasi quymich
asabining ildizlari tagiga
kiritiladi va preparatni osiltirgan holatda ko`tarib turiladi. Bunda baqa oyog`i rux
plastinkaga tekkanida har gal oyoq muskullari qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: