1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
miograflar
 
ishlatiladi. Miograflar deyarli qarshilikka ega 
bo`lmagandan ularni izotonik miograflar deyiladi a). Bundan tashqari, muskul 
qisqarganda rivojlanadigan muskul tonusini (tarangligi) qayd qilish uchun 
qo`llanadigan miograflar bo`lib, ular izometrik miograflar deb ataladi. 
Kimograf
 
-fiziologik laboratoriyalarda keng qo`llaniladigan yozib oluvchi 
asbob. Fiziologiya mashg`ulotlarida har xil harakatlarni (yurak qisqarishi, muskul 
qisqarishi va hokazolar) yozib olish uchun kimografdan foydalaniladi. Kimograf 
asosan uch qismdan: 1) shtativ, 2) soat mexanizmi, 3) barabandan tuzilgan. Kimograf 
tayanch qismi o`qga joylashtirilgan baraban (D=15, N=18), soat mexanizmi bo’yicha 
ishlaydi. Barabanni gorizontal o`qda joylashgan muft aylantiradi. Baraban yuzasiga 
oq qog`oz lenta tortilib qog`oz uchlari elim bilan yopishtirib qo`yiladi. So`ngra 
kerosinli chiroq alangasi ustida 1- 2 sm balandda ushlab bir tekisda dudlanadi. Bu 
ishni juda extiyotlik bilan bajarish lozim. Chunki qog`oz alanga uchiga tegib ketishi, 
yaqin tursa sarg`ayib qolishi, natijasida qayd qilinadigan jarayon aniq ko`rinmay 
qolishi mumkin. Dudlangan qog`ozga kimogramma yozilgandan keyin uni kesib 
barabandan ajratiladi va stolga qo`yib ingichka uchli shisha tayoqcha bilan 
tushuntirish belgilari yoziladi. So`ng qog`ozning bir uchidan pinset bilan tutib 
kimogrammali yuzasini yuqoriga qaratgan holda kanifolning 96
0
spirtdagi 5% li 
eritmasi qo`yib qo`yilgan foto vannaga tushiriladi. Keyin qog`oz quritish uchun osib 
qo`yiladi. Miografning chizg’ichi kimografga yaqinlashtiriladi va olingan natijalar 
yozib olinadi 
Mariya kapsulasi yordamida turli xil harakatlarni istalgan baraban qog`ozga 
yozish mumkin. Vaqtni belgilaydigan asbob sim o`ralgan elktromagnit g`altakdan 
tuzilgan. G`altak ustida yozadigan prujinali pero bor. Bu asbob yordamida to`qima 
ta`sirlangandan boshlab javob berguncha o`tgan vaqtni, organizmga turli moddalar 
yuborganda ularning ta`siri yuzaga chiqquncha ketgan vaqtni o`lchash uchun 
qo`llaniladi. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin