5
1-Laboratoriya mashg`ulot
Fiziologik tekshirishlarda qo`llaniladigan asboblar
.
Umumiy fiziologiyani o`rganishda talabalar turli xildagi apparat va asboblardan
foydalanadilar. Ularni ilgari ximiya va fizika laboratoriya ishlarida ishlatganlar.
Ayniqsa keyingi yillarda kompyuterlarni kirib kelishi talabalar
hayotida inqilobiy
o`zgarishlar kiritdi. Lekin ba`zi apparat va asboblar esa maxsus fiziologik
tekshirishlar uchun mo`ljallangan.
Fiziologik laboratoriya jihozlari oddiy richaglardan tortib, o`lchash va
jarayonlarni qayd qilishni bajara oladigan elektron apparatlargacha bo`lgan
sistemalarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham talaba o`zining diqqat e`tiborini
o`rganilayotgan fiziologik
jarayonga jalb eta olishi, tajribada ishlatilayotgan apparat
yoki asbobning ishlash darajasini aniqlay bilishi, hamda
fiziologik jarayonlarning
ko`rsatgichini qayd qila olishi kerak.
Tirik to`qimalarning faoliyatini kuzatish uchun ularga ta`sir etish kerak.
Fiziologiya
mashg`ulotlarida
biror
organni
kuzatish
uchun
turli
sun`iy,
ta`sirlovchilardan foydalaniladi. Bular mexanik (igna sanchish, zarba), kimyoviy
(ishqorlar, kislotalar va hokazolar), issiqlik omillari va elektr toki bo`lishi mumkin.
Laboratoriya mashg`ulotlarida qo`llaniladigan eng qulay ta’sirlovchilar
elektr toki
hisoblanadi, chunki uning kuchini va ta`sir etish vaqtini o`lchash mumkin. Eng asosiysi
elektr toki o`rganiladigan to`qimani shikastlamaydi.
To`qimalarni ta`sirlash uchun asosan doimiy tok laboratoriya sharoitida
akkumulyatordan yoki maxsus xildagi gazotronli va katodli o`tkazgichlar elektr
tarmoqlariga ulanadi. Biroq ta`sirlovchi tokning kuchi bo’sag’a kuchidan oshmasligi
lozim. To`qimalarga elektr toki bilan ta`sir etish uchun elektrodlar ishlatiladi. Ular
odatda platina va kumushdan yasaladi.
Fiziologiyadan laboratoriya mashg`ulotlarini hayvon ustida o`tkaziladigan
tajriba
yoki jarrohlik vaqtida jarrohlikda ishlatiladigan asboblardan foydalaniladi. Lekin
laboratoriya sharoitida o`tkaziladigan ba`zi tajribalarda maxsus asboblardan ham
foydalaniladi.
Fiziologiyaning amaliy mashg`ulotlarini o`tkazishda hayvonlardan foydalaniladi.
Ko`pincha laboratoriya ishlarida baqadan foydalaniladi. Ba`zi
hollarda issiq qonli
hayvonlar ustida ham tajriba o`tkaziladi. Bunda oq sichqon, kalamush, dengiz sichqoni,
quyon, itlar ustida tajriba olib boriladi. Hayvonlar ustida tajriba o`tkazish uchun ularni
harakatsizlantirish lozim. Harakatsizlantirish bir necha usullar bilan amalga oshiraladi.
1. Hayvonlarni o`rgatish. Masalan, itlarni maxsus stanoklarga o`rgatish yo`li bilan
turli tajribalarni amalga oshirish mumkin.
2. Hayvonlarni bog`lab quyish. Masalan, quyon, mushuk, itlarni maxsus jarrohlik
stoliga yotqizib oyoqlarini stol atrofiga arqon bilan bog`lab tortib qo`yiladi.
3. Narkoz (efir, spirt, uretan). berish yo`li bilan tinchlantirish. Fiziologik
amaliyotda narkoz kamdan kam ishlatiladi. Baqani narkozlash uchun 10% spirt
eritmasi yoki 2% efir eritmasi ishlatiladi. Shisha idishga
efir yoki spirt eritmasiga
namlangan paxta solinadi va baqani 10-5 minut quyib yuboriladi. U bo`shashib
harakatsizlanib qoladi. 5%uretan preparatidan 1 mm teri ostiga yuboriladi. Uning
ta`siri 15-20 minutdan so`ng boshlanadi.
6
4. Hayvonlarning nerv sistemasini shikastlantirish yo`li bilan tinchlantirish.
Masalan, baqani harakatsizlantirish uchun uning orqa miyasi shikastlantiriladi. Buning
uchun baqani yuqori jag`i nog`ora pardaning orqa qismidan o`tkir qaychi bilan
tezlikda olib tashlanadi. Pastki jag` saqlab qolinadi. Hamma ish bajarib bo`lgandan
keyin
zond orqa miyaga kiritilib, orqa miya buziladi. Yirik hayvon (quyon, mushuk,
it)larni harakatsizlantirish uchun esa bosh miyadan uzunchoq miya ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: