1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1-Laboratoriya mashg`ulot 
Fiziologik tekshirishlarda qo`llaniladigan asboblar

Umumiy fiziologiyani o`rganishda talabalar turli xildagi apparat va asboblardan 
foydalanadilar. Ularni ilgari ximiya va fizika laboratoriya ishlarida ishlatganlar. 
Ayniqsa keyingi yillarda kompyuterlarni kirib kelishi talabalar hayotida inqilobiy 
o`zgarishlar kiritdi. Lekin ba`zi apparat va asboblar esa maxsus fiziologik 
tekshirishlar uchun mo`ljallangan. 
Fiziologik laboratoriya jihozlari oddiy richaglardan tortib, o`lchash va 
jarayonlarni qayd qilishni bajara oladigan elektron apparatlargacha bo`lgan 
sistemalarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham talaba o`zining diqqat e`tiborini 
o`rganilayotgan fiziologik jarayonga jalb eta olishi, tajribada ishlatilayotgan apparat 
yoki asbobning ishlash darajasini aniqlay bilishi, hamda fiziologik jarayonlarning 
ko`rsatgichini qayd qila olishi kerak. 
Tirik to`qimalarning faoliyatini kuzatish uchun ularga ta`sir etish kerak. 
Fiziologiya 
mashg`ulotlarida 
biror 
organni 
kuzatish 
uchun 
turli 
sun`iy, 
ta`sirlovchilardan foydalaniladi. Bular mexanik (igna sanchish, zarba), kimyoviy 
(ishqorlar, kislotalar va hokazolar), issiqlik omillari va elektr toki bo`lishi mumkin. 
Laboratoriya mashg`ulotlarida qo`llaniladigan eng qulay ta’sirlovchilar elektr toki 
hisoblanadi, chunki uning kuchini va ta`sir etish vaqtini o`lchash mumkin. Eng asosiysi 
elektr toki o`rganiladigan to`qimani shikastlamaydi. 
To`qimalarni ta`sirlash uchun asosan doimiy tok laboratoriya sharoitida 
akkumulyatordan yoki maxsus xildagi gazotronli va katodli o`tkazgichlar elektr 
tarmoqlariga ulanadi. Biroq ta`sirlovchi tokning kuchi bo’sag’a kuchidan oshmasligi 
lozim. To`qimalarga elektr toki bilan ta`sir etish uchun elektrodlar ishlatiladi. Ular 
odatda platina va kumushdan yasaladi. 
Fiziologiyadan laboratoriya mashg`ulotlarini hayvon ustida o`tkaziladigan tajriba 
yoki jarrohlik vaqtida jarrohlikda ishlatiladigan asboblardan foydalaniladi. Lekin 
laboratoriya sharoitida o`tkaziladigan ba`zi tajribalarda maxsus asboblardan ham 
foydalaniladi. 
Fiziologiyaning amaliy mashg`ulotlarini o`tkazishda hayvonlardan foydalaniladi. 
Ko`pincha laboratoriya ishlarida baqadan foydalaniladi. Ba`zi hollarda issiq qonli 
hayvonlar ustida ham tajriba o`tkaziladi. Bunda oq sichqon, kalamush, dengiz sichqoni, 
quyon, itlar ustida tajriba olib boriladi. Hayvonlar ustida tajriba o`tkazish uchun ularni 
harakatsizlantirish lozim. Harakatsizlantirish bir necha usullar bilan amalga oshiraladi. 
1. Hayvonlarni o`rgatish. Masalan, itlarni maxsus stanoklarga o`rgatish yo`li bilan 
turli tajribalarni amalga oshirish mumkin. 
2. Hayvonlarni bog`lab quyish. Masalan, quyon, mushuk, itlarni maxsus jarrohlik 
stoliga yotqizib oyoqlarini stol atrofiga arqon bilan bog`lab tortib qo`yiladi. 
3. Narkoz (efir, spirt, uretan). berish yo`li bilan tinchlantirish. Fiziologik 
amaliyotda narkoz kamdan kam ishlatiladi. Baqani narkozlash uchun 10% spirt 
eritmasi yoki 2% efir eritmasi ishlatiladi. Shisha idishga efir yoki spirt eritmasiga 
namlangan paxta solinadi va baqani 10-5 minut quyib yuboriladi. U bo`shashib 
harakatsizlanib qoladi. 5%uretan preparatidan 1 mm teri ostiga yuboriladi. Uning 
ta`siri 15-20 minutdan so`ng boshlanadi. 



4. Hayvonlarning nerv sistemasini shikastlantirish yo`li bilan tinchlantirish. 
Masalan, baqani harakatsizlantirish uchun uning orqa miyasi shikastlantiriladi. Buning 
uchun baqani yuqori jag`i nog`ora pardaning orqa qismidan o`tkir qaychi bilan 
tezlikda olib tashlanadi. Pastki jag` saqlab qolinadi. Hamma ish bajarib bo`lgandan 
keyin zond orqa miyaga kiritilib, orqa miya buziladi. Yirik hayvon (quyon, mushuk, 
it)larni harakatsizlantirish uchun esa bosh miyadan uzunchoq miya ajratiladi. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin