Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Mustaqil ish



Yüklə 461,13 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü461,13 Kb.
#154298
Bahrom Patan

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Mustaqil ish

Fan : Patalogik anatomiya

Mavzu:Oʻlim haqida tushunchalar

Bajardi: Abdumannobov Bahromjon

Tekshirdi: Sheraliyev I.I

Oʻlim

  • Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir .Oʻlim — organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayonOdam va issiq qonli hayvonlar oʻlimi dastavval nafas olish va qon aylanishining toʻxtashiga bogʻliq.

Oʻlim turlari

  • 1.Klinik oʻlim
  • 2.Biologik oʻlim
  • Klinik oʻlim, hayot funksiyalarini tiklash imkoni qolmaguncha, yaʼni biologik oʻlimgacha boʻlgan davr. Bunda hayotning tashqi belgilari (yurak urishi, nafas) 3—5 daqiqa yoʻqoladi, markaziy nerv sistemasi funksiyalari soʻnadi, lekin moddalar almashinuvi jarayoni saqlanadi. Agarda klinik oʻlim holatida bemorga tez yordam koʻrsatilmasa biologik oʻlim holatiga oʻtadi.

Klinik o’limdan so’ng, to’qimalar va hujayralardagi barcha fiziologik funktsiyalar va jarayonlar to’liq to’xtashi bilan tavsiflanadigan biologik o’lim sodir bo’ladi. Tibbiy texnologiyalar rivojlanib borishi bilan, insonning halokati yanada oldinga siljiydi. Biroq, bugungi kunda biologik o’lim – qaytarib bo’lmaydigan holat.Organizmning o’limini aniqlash erta va kech belgilarning kombinatsiyasi bilan sodir bo’ladi.

Insonning biologik o’limining belgilari klinik boshlanishdan keyin paydo bo’ladi, ammo darhol emas, balki bir muncha vaqt o’tgach. Biologik o’lish miya faoliyatini to’xtatish paytida, klinik o’limdan keyin taxminan 5-15 daqiqada sodir bo’lishi, odatda qabul qilinadi.

  • Biologik o’limning aniq belgilari – bu miya yarim korteksidan elektr signallari to’xtatilishini qayd etgan tibbiy asboblarning o’qishlari.

Apoptoz bu rejalashtirilgan oʻlim yoki “hujayraning oʻz joniga qasd qilishi”dir. Bu hujayralar shikastlanish tufayli nobud boʻladigan nekrozdan farq qiladi.

Apoptoz – bu keraksiz hujayraning tarkibiy qismlari immun hujayralar tomonidan “yigʻish” uchun mayda membrana qadoqlariga oʻraladigan tartibli jarayon.

  • Apoptoz rivojlanish jarayonida (ortiqcha) hujayralarni yoʻq qilish, xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan saraton va virus bilan infeksiyalangan hujayralardan organizmni tozalash va odam tanasida muvozanatni taʼminlash vazifasini bajaradi.
  • Nekroz (yun. Nekrosis — oʻlish) — 1) tirik organizmdagi hujayra, toʻqima, butun aʼzo yoki uning bir qismi nobud boʻlishi. Kimyoviy yoki fizik taʼsirlar (harorat, elektr toki, kuchli kislota yoki ishqorlar, nur energiyasi va boshqalar), shikastlanish, toksinlar (bakte-rial infeksiyalarda) sabab boʻladi. Koʻpchilik hollarda mahalliy qon aylanishining (tromb, emboliya, infarqt, gangrena), shuningdek, toʻqimalar innervatsiyasining buzilishi N. Uchun qulay sharoit tugʻdiradi.
  • Gangrena (yunoncha: γάγγραινα — irish), qorason — tirik tana, aʼzo yoki toʻqimalar bir qismining irib nobud boʻlishi, nekrozning bir turi. Barcha toʻqima va aʼzolarda (teri, teri osti yogʻ qatlami, muskullar, ichak, oʻt pufagi, oʻpka), koʻpincha qoʻl-oyoq va qorin boʻshligʻidagi aʼzolarda uchraydi. G. Asosan qon tomirlari kam boʻlgan soha va aʼzolar (mas, barmoqlar, qoʻl-oyoq panjasi, quloq chigʻanogʻi) da tez rivojlanadi[1].

Hujayra alteratsiyasi

  • Bu hujayra zararlanishining sabablari va patogenizi hisoblanadi.
  • Gipoksiya
  • Kimyoviy birikmalar
  • Tabiiy omillar
  • Biologik omillar
  • Immun reaktsiyalar
  • Irsiy kamchiliklar
  • Ovqatlanishning buzilishi

Gipoksiya

1)Tomir devorida boshlangan patalogik jarayon tufayli yoki tromb yoxud emboliya tiqilib tomir yoʻlining bekilib qolishi natijasida qon bilan taʼminlanishi kamayishi.

2) Nafas akti buzilganda havoda kislorod miqdori kamayib ketganida qonning metgemoglobinga yoki karboksi gemoglabinga aylanishi

3)Anemiya boʻlishi gemoglabin holatining oʻzgarishi ,gemoglabinning karboksigemoglabinga aylanishi .

Kimyoviy birikmalar va dorilar

  • Kimyoviy va dorilar hujayra zararlanishining ancha koʻp uchrab turadigan sabablari qatoriga kiradi.
  • Membranalar zararlanishining mexanizmi erkin radikallar hosil boʻlishi bilan bogʻlangan.
  • Hujayralar ichida erkin radikallar 1)stress taʼsiri ostida 2)radiatsion energiya tutilganda 3) ekzogen kimyoviy moddalar taʼsir qilganida 4) qarish jarayonida hosil boʻlishi mumkin

Hujayra distrofiyalari

  • Distrofiya ,asosan hujayra metabolizmi izdan chiqishi tufayli hujayra tuzilishida sezilarli oʻzgariahlar roʻy berishi bilan davom etadigan murakkab patalogik jarayondir.Distrofik jarayon avj etib boradigan boʻlsa hujayra funktsiyalarini izdan chiqaradi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Yüklə 461,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin