URGANCH DAVLAT PEDAKOKIKA INSTITUTI PEDAGOKIKA FAKULTETI ,,Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi (sirtqi) ,,Mutaxassislikka kirish’’ fanidan tayorlagan Mustaqil ishi MAVZU:Savod o’rgatishda qo’lanadigan metodlar REJA: 1. O’qish va yozish ko’nikmasi 2. O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.
Savod o’rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari O’qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish ko’nikmasini egallaydilar. Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi. Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi. O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur. O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O’zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o’qishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So’z bo’g’inga bo’linadi, bo’g’indan kerakli - o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o’rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o’qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o’zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so’ng kelsa, uni cho’zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so’ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo’llashga doir ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. O’qishning dactlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so’zlar oldin orfografik, so’ngra orfoepik o’qib beriladi va ularning o’qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O’quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng orfoepik o’qish mashq qilinad O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O’qish ham, yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.