Urganch davlat pedakokika instituti pedagokika fakulteti,,Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi (sirtqi)


Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi



Yüklə 329,16 Kb.
səhifə2/2
tarix17.04.2023
ölçüsü329,16 Kb.
#99364
1   2
Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun rasmlarni ko’z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, undan bo’g’inni aytishni talab qiladi. O’quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha, o’qish jarayoni sustlashadi.
2. Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni qayta o’qishiga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni butunligicha idrok eta boshlaydi.O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkuri va nutqini o’stirishga katta e’tibor berish kerak.Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. SHu bois savod o’rgatish davrida eshitish idrokini o’stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o’tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlashni, daftarni to’g’ri qo’yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo’ylab qo’lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig’ish-sig’masligini mo’ljallashi lozim.
Yozuv jarayonida o’quvchi ruchkani qog’oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to’xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto’g’rilarini bo’yab, to’g’rilaydi.
Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning “hijjai qadimiy” deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin:1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”). Bu metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo’lgan: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan.
2-bosqich. Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, bo’g’in hosil qilishga, ya’ni “zeru-zabar” ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda “zeru-zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar ﺏ (be, zabar-ba), be-zer-bi, be-pesh-bu, te-zabar-ta va hok. kabi o’rgatsalar, boshqalari be zabar ba, te zabar ta kabi, yana birovlari be-zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a, zer-i, pesh-u va hok. deb o’rgatganlar.
Maktabxonada “zeru zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg’u belgisiga o’xshash chiziqcha bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi; zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu undoshga i unli tovushini qo’shib aytish kerakligini bildiradi; pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib, shu undosh tovushga u unlisini qo’shib aytish zarurligini
3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so’zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so’zni birin-ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so’zi alifga zabar qo’yib, bega urishtirilsa ab, jimga zabar qo’yib, dolga urishtirilsa jad, bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan.
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan “Haftiyak”ka o’tilgan. “Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaganlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich
-sinflarda-savod-o-rgatish-metodikasi-savod-o-
rgatish-metodikasi-tarixi-va-uning-qiyosiytanqidiy
-tahlili
https://fayllar.org/pars_docs/refs/757/756963/756963.pdf
Yüklə 329,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin