Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari



Yüklə 72,21 Kb.
səhifə1/7
tarix08.11.2022
ölçüsü72,21 Kb.
#68018
  1   2   3   4   5   6   7
Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari[1]


Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari

Yadroga kelib tushayotgan neytron energiyasiga bog’liq holda har xil turdagi yadro reaksiyalari sodir bo‘lishi mumkin. Neytronlami ener­giyasiga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. Bu guruhlar 2.1-jad- valda keltirilgan.


Bu reaksiyalar bilan tanishib o‘tamiz. Neytronlar ishtirokidagi reak- siyalar turlari neytronlar energiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Neytronlarning radiatsion qamrashi. Neytronlar ta’siri ostida yuz beradigan yadro reaksiyalari ichida eng ko‘p tarqalgani bu radiatsion qamrash reaksiyasi, ya’ni (n,y)
(t4,Z) +и-> (Л+ 1,Z) +/ (2.30)
Bu reaksiya natijasida ^-radioaktiv (A+J, Z) yadro hosil bo‘ladi va u quyidagi sxema bo‘yicha parchalanadi:
(A +1, Z) -> (A +1, Z 4-1) + e~ + v (2.31)
Yadro reaksiyalarida neytron yutilishi va undan keyin y-kvant chi- qishi bilan yuz bergani uchun bu reaksiyalar (n,y) ko‘rinishdagi radiat­sion qamrash reaksiyasi deyiladi. Radiatsion qamrash reaksiyasi katta ehtimollik bilan energiyasi 0ch500 keVgacha bo'lgan sekin neytronlar ta’siri ostida yuz beradi. Shuning uchun ham ushbu reaksiya neytronlar- ni qayd qilish uchun keng qo‘llaniladi.


2.1-jadval.
Neytronlarni energiya bo ‘yicha guruhlash.

Radiatsion qamrash reaksiyasiga misol qilib, issiqlik neytronlaming indiy yadrosi tomonidan qamrab olishi jarayonini keltirish mumkin:
'"In + n In + y
(2.32)
Bu jarayon natijasida hosil bo‘lgan 49 In radioaktiv izotopning yarim parchalanish davri T)/2= 54 min va u quyidagi sxema bo‘yicha parchalanadi:
In-^Sn + e' +v
(2.33)
Protonlar hosil bo‘lishi bilan yuz beradigan reaksiyalar. Ener­giyasi T *0,5+10 MeV bo‘lgan neytronlar ishtirokida ko‘pincha (n,p) turdagi reaksiya yuz beradi:
(4Z) + n->(4Z-l) + p (2.34)
Odatda (n,p) turdagi reaksiya energiya yutilishi bilan yuz beradi, ya’ni Q<0, agar Q<0 bo‘lsa, u holda I Q I«1 MeV. Bunda reaksiya na­tijasida hosil bo'ladigan protonlar Kulon to‘sig‘ini yengib, yadrodan chiqib ketishi uchun neytronlar yetarlicha katta energiyaga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 72,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin