1-Машғулот


  2-ish. Sutkalik ovqat ratsionini tuzish



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
 


47 
2-ish. Sutkalik ovqat ratsionini tuzish. 
Nazariy tushuncha.
 
Organizm o`zining hayot faoliyati uchun zarur energiyani 
ovqat tarkibidagi oqsil, yog` va uglevodlardan oladi. Ovqat rasionlarini tuzish uchun 
ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va miqdorini aniq bilish zarur bo`ladi. 
ovqatlanishning fiziologik iqlim sharoiti, geografik joylashishi, shuningdek
bajaradigan ishining xarakteriga qarab turli kishilarda turlicha bo`ladi. Sutkalik ovqat 
rasioniga qo`yiladigan talablar quyidagicha: a) ovqat rasionining kaloriyasi sutkalik 
energiya sarfini qoplashi zarur; b) ovqat etarli miqdorda uglevodlar, oqsillar va 
yog`lar, shuningdek, vitaminlar, mineral tuzlarga boy taqsimlangan bo`lishi lozim. 
Uch mahal: ertalab, tushda va kechqurun ovqatlanishning oralig`i 6-7 soatdan 
oshmasligi zarur. Sutkalik kaloriyaning 30 prosenti ertalab, 50 prosenti peshinda, 20 
prosenti kechqurun olinishi kerak; g) kattalarning kasb kori, bolalarining yoshi, 
sportchilarning esa jismoniy ish harakati hisobga olinishi shart; d) iste`mol qilingan 
ovqat hajmi to`yganlik hissini yuzaga keltiradigan bo`lsin; e) iste`mol qilinadigan har 
galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar rasional taqsimlangan bo`lishi kerak: 
oqsil va yog`larga boy ovqatlar kunduzgi soatlarda, sutli va o`simlik mahsulotlaridan 
tayyorlangan ovqatlarni kechqurun tanovul qilish tavsiya qilinadi.
Ishdan maqsad
:
ovqat rasionlarini tuzishda tamoyillarga rioya qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar
:
ovqat maxsulotlarining ximiyaviy tarkibi va 
kaloriyasi aks ettirilgan jadvallar. 
Ishni bajarish tartibi
.
Ovqat rasionini tuzish uchun eng avval sutkalik energiya 
sarfi aniqlanadi. Buning uchun kun rejimi xronometriya bo`yicha tuziladi. Har xil 
ishlarda sarflanadigan energiya sarfini 13-jadvaldan topiladi. Jadvalda keltirilgan 
ko`rsatkichlardan foydalanib kun rejimi tuzib chiqiladi. Kun rejimi tuzib 
chiqilgandan keyin ularning 3-grafada belgilangan soatlari qo`shiladi, ular yig`indisi 
24 soat bo`lishi kerak. 4-grafadagi raqamlar yig`indisi bir sutkada 1 kg vaznga 
sarflanadigan energiya miqdorini ko`rsatadi. Organizmning bir sutkada sarflaydigan 
hamma energiyasini bilish uchun 4-grafadagi raqamlar yig`indisini gavda vazniga 
ko`paytirish kerak bo`ladi, bunda sutkalik sof energiya sarfi kilo kaloriyalarda 
ifodalanadi. Bu miqdorga organizmning ovqat moddalarini o`zlashtirish uchun 
sarflaydigan, ya`ni ovqatning spesifik dinamik ta`sirini qoplash uchun ketadigan 
energiya miqdori sof energiya sarfining 7 foizi qo`shiladi va shu bilan birga bir 
sutkada sarflanadigan energiya miqdori aniqlanadi. Sutkalik energiya sarfi aniqlan-
ganidan keyin sutkalik rasionda oqsil, yog` va uglevod qancha bo`lishi kerakligi 
topiladi. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin